Qidir Siyosiy partiyalar



Yüklə 66,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.11.2022
ölçüsü66,82 Kb.
#69402
  1   2
Siyosiy partiyalar - Vikipediya



Qidir
Siyosiy partiyalar
Siyosiy partiyalar, ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini
birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim qismi, ular
davlatning siyosiy yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi
muassasalarini shakllantiradi. Dastlabki Siyosiy partiyalar 17—18-asrlar inqiloblari davrida paydo
boʻla boshlagan boʻlsada, Siyosiy partiyalarga oʻxshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud
edi. Afina geteriyalari, Rim optimat va populyarlari antik davrda Siyosiy partiyalar vazifasini
bajargan. Sp.ning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari bilan boglangan kishilar guruhi va
maxfiy tashkilotlar boʻlgan (Yorklar va Lankasterlar — oʻrta asrlar Angliyasida; Ali tarafdorlari —
oʻrta asrlarda Arabistonda). Osiyo davlatlarida hozirgi kunda ham qarindoshlik va yurtdoshlik
tamoyillarining Sp.ning shakllanishi va faoliyat koʻrsatishida ahamiyati katta.
Markaziy Osiyoda Sp. tuzish uchun tarixiy-ijtimoiy vaziyat 19-asrning oxiri — 20-asrning
boshlarida yuzaga kela boshladi. Jadidlar va maʼrifatparvarlarning xalq orasida maʼrifatni yoyib,
uning siyosiy faolligini oshirish, ommani chor Rossiyasi tarkibida muxtoriyatga erishishga daʼvat
qilish, oʻlkada mustaqil milliy davlat yaratish masalasini oʻrtaga qoʻyish borasidagi harakatlari
shundan dalolat berardi (qarang 
Jadidchilik
). Lekin ularning intilishlariga chor hokimiyati va
mahalliy hukmdorlar boshdan qarshilik qildi. Oqibatda, mintaqada 1917-yilgacha boʻlgan davrda
siyosiy, nazariy va tashkiliy jihatdan yetuk Sp. shakllanib ulgurmadi. Okt. toʻntarishi arafasida va
undan keyin oʻzini namoyon eta boshlagan siyosiy tashkilotlar va ularning rahbarlari qatagʻonga
uchradi, badargʻa va surgun qilindi (qarang 
"Milliy ittihod"

Yosh buxoroliklar

Yosh xivaliklar
).
Shoʻrolar davrida esa hukmron kommunistik partiyadan boshqa bironbir partiyani tuzish
taqiqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng Sp.ning shakllanishi va faoliyat olib
borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya (Oʻzbekiston Xalq
demokratik partiyasi, Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy


tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal-
demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi) mavjud. Bu Siyosiy partiyalar oʻz faoliyatini
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8 dekabr), Oʻzbekiston Respublikasining
"Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonuni (1996-yil 26 dekabr), boshqa qonun hujjatlari, shuningdek,
oʻz ustavi asosida amalga oshiradi. Siyosiy partiyalar tashkil etish huquqi Konstitutsiyaning
34moddasida mustahkamlangan. Konunga koʻra, Sp. fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga
oshirish maqsadida, xohishirodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan
chiqish, aʼzolarining teng huqukliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida
tuziladi va faoliyat koʻrsatadi. Lekin konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad
qilib qoʻyuvchi; 
Oʻzbekiston Respublikasi
suvereniteta, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning
konstitutsiyaviy hukuq va erkinliklariga qarshi chiquvchi; urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy
adovatni targʻib qiluvchi; xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy
ruhdagi partiyalarni tuzish va ularning faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi. Siyosiy partiyalar
toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni boʻyicha, huquqni muhofaza qiluvchi
organlarda xizmat qiluvchi shaxslar (sudyalar, prokurorlar va prokuratura tergovchilari); ichki
ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari, harbiy xizmatchilar, xorijiy davlatlarning
fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Siyosiy partiyalarga aʼzo boʻla olmaydilar. Siyosiy
partiyalarga aʼzolik faqat yakka tartibda qayd etiladi. Bir partiyaningaʼzosi ayni vaqtda
2partiyaga aʼzolikka qabul qilinmaydi. Siyosiy partiyalarni tuzish uchun kamida 8 ta hududiy
subʼyektda (viloyatda), shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida
yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida boʻlgan kamida 20 ming fuqaroning imzosi
boʻlishi talab etiladi. Siyosiy partiyalar saylab koʻyiladigan davlat organlaridagi oʻz vakillari orqali
tegishli qarorlarni tayyorlashda, qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etadi. Oʻz partiyalarining siyesatini
uyushqoklik bilan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Siyosiy partiyalarning
fraksiyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati
vakillik organlarida partiya guruhlari tuziladi. "Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida"gi qonunda Siyosiy
partiyalar faoliyatining kafolatlari, ularni tuzish, roʻyxatga olish, partiyalar mulki, ular faoliyatini
toʻxtatish tartibi va boshqa masalalar toʻliq koʻrsatib berilgan
[1]
.
== Yana q. ==Дима
Parlament
1. Akmal Saidov. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar



Yüklə 66,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin