Kim Zukko” musobaqasi
bayonnomasi
2015 yil 16-fevral kuni 15-umumiy o’rta ta’lim maktabida matematika va informatika “Fan oyligi”rejasiga ko’ra maktabning V va VI sinf o’quvchilari o’rtasida matematikadan“Kim Zukko” tadbiri bo’lib o’tdi.Dastlab O’zbekiston Respublikasi madhiyasi ijro etildi.Musobaqa oldidan maktabning matematika o’qituvchisi Anapiyayev Foziljon musobaqa qatnashchilari va mehmonlarga fan oyligi uning maqsad va vazifalari haqida qisqacha ma’ruza qildi va har ikkala guruhga omadlar tiladi.Shundan so’ng tadbir shartlarini bajarilishini haqqoniy baholab borish uchun maktab o’qituvchularidan iborat hakamlar hay’ati saylab olindi.
Hakamlar hay’ati raisi: Maktab direktori: N. Rahmonov
A’zolari: Boshlang’ich sinf o’qituvchisi: M.Tojiboyeva
Informatika o’qituvchisi: M. Rahmonov
O’tkazilayotgan musobaqa shartlari:
Tabrik tanishuv
Ko’rgazmali qurollar konkursi
Matematik atamalar musobaqasi
Viktorina
Sardorlar musobaqasi
Tadbir soat 14-00 da boshlanib 16-00 da tugadi.Har bir shart 5 ball bilan baholandi.
Shartlar raqami
|
“Al-Beruniy”
V-sinf
|
“Al- Xorazmiy “ guruhi
VI- sinf
|
1
|
4
|
5
|
2
|
5
|
5
|
3
|
3
|
5
|
4
|
4
|
5
|
5
|
5
|
4
|
Jami
|
21
|
24
|
Hakamlar hay’ati raisi: Maktab direktori: N.Rahmonov
A’zolari: Boshlang’ich sinf o’qituvchisi: M.Tojiboyeva
Informatika o’qituvchisi: M. Rahmonov
Ana shu yuqoridagi 5 shart bo’yicha ikkala guruh a’zolari o’zaro bellashdilar.Bu tadbirda V sinf o’quvchilaridan iborat “Al-Beruniy” guruhi 21 ball va VI sinf o’quvchilaridan iborat “Al- Xorazmiy “ guruhi 24 ball to’pladilar.
Yakuniy hisob bo’yicha VI sinfning “Al-Xorazmiy” guruhi 24 ball bilan g’olib deb topildi.Tadbir so’ngida tadbirda faol qatnashgan ishtirokchilar taqdirlandilar.Tadbirga matematika fani o’qituvchilari Anapiyayev Foziljon va Toshmatova Nazokatlar homiylik va ma’sullik qildilar.
Metodbirlashma rahbari: M. Tursunova
Dostları ilə paylaş: |