Matematika aql charxi” nomli musobaqasi
bayonnomasi
2022 yil 19-fevral kuni 14-umumiy o’rta ta’lim maktabida matematika va informatika “Fan oyligi”rejasiga ko’ra maktabning IX-A va IX-B sinf o’quvchilari o’rtasida matematikadan“Matematika aql charxi” tadbiri bo’lib o’tdi.Dastlab O’zbekiston Respublikasi madhiyasi ijro etildi.Musobaqa oldidan maktabning matematika o’qituvchisi Jo’rayeva Dilafruz musobaqa qatnashchilari va mehmonlarga fan oyligi uning maqsad va vazifalari haqida qisqacha ma’ruza qildi va har ikkala guruhga omadlar tiladi.Shundan so’ng tadbir shartlarini bajarilishini haqqoniy baholab borish uchun maktab o’qituvchularidan iborat hakamlar hay’ati saylab olindi.
Hakamlar hay’ati raisi: maktab direktori A.Eshonqulova Maktab O’.I.B.D.O’ D.Rahmonova
A’zolari: Matematika fani o’qituvchisi: D.Jo’rayeva
R.Soliyev
N.Madrahimova
Informatika o’qituvchisi: Z.Mashrapova
O’tkazilayotgan musobaqa shartlari:
Tabrik tanishuv
Ko’rgazmali qurollar konkursi
Matematik atamalar musobaqasi
Viktorina
Sardorlar musobaqasi
Tadbir soat 11-00 da boshlanib 13-00 da tugadi.Har bir shart 5 ball bilan baholandi.
Shartlar raqami
“Al-Beruniy”
9-A sinf
“Al- Xorazmiy “ guruhi
9-B sinf
1
4
5
2
5
5
3
3
5
4
4
5
5
5
4
Jami
21
24
Hakamlar hay’ati raisi: Maktab direktori A.Eshonqulov
Maktab O’.I.B.D.O’ D.Rahmonova
A’zolari: Matematika fani o’qituvchisi: D.Jo’rayeva
R.Soliyev
N.Madrahimova
Informatika o’qituvchisi: Z.Mashrapova
Ana shu yuqoridagi 5 shart bo’yicha ikkala guruh a’zolari o’zaro bellashdilar.Bu tadbirda 9-a sinf o’quvchilaridan iborat “Al-Beruniy” guruhi 21 ball va 9-b sinf o’quvchilaridan iborat “Al- Xorazmiy “ guruhi 24 ball to’pladilar.
Yakuniy hisob bo’yicha 9-b sinfning “Al-Xorazmiy” guruhi 24 ball bilan g’olib deb topildi.Tadbir so’ngida tadbirda faol qatnashgan ishtirokchilar taqdirlandilar.Tadbirga matematika fani o’qituvchilari Jo’rayeva Dilafruz va Hilola Hamidjonova homiylik va ma’sullik qildilar.
Bayonnoma tayyorlovchi Hilola.Hamidjonova