Qiluvchi omillar va ularning mintaqa iqtisodiyotiga



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix30.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#151025
1   2   3   4   5   6   7
sanoat-korxonalari-innovatsion-faoliyatiga-ta-sir-qiluvchi-omillar-va-ularning-mintaqa-iqtisodiyotiga-ta-siri

ǀ
ISSUE 5 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 155
Korxonalar innovatsion faoliyatining shakllanishi va rivojlanishi yoki darajasi 
o‘zgarishi ma’lum bir omillar ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Korxona innovatsion 
faoliyatini boshqarishni obyektiv va har tomonlama tadqiq etish davomida, unga ta’sir 
o‘tkazuvchi omillarni aniqlash va tizimlashtirish muammosi dolzarb va yetarlicha ishlab 
chiqilmagan bo‘ladi. 
Innovatsion faoliyat omili deganda, korxona innovatsion o‘sishining jadalligi va 
tavsifiga ta’sir o‘tkazuvchi shartlar, sabab va ko‘rsatkichlarni tushunamiz. Bunda 
innovatsion jarayon, ko‘plab omillarning o‘zaro ta’siri natijasi sifatida maydonga 
chiqadi. 
Ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, innovatsion faoliyatga ta’sir 
o‘tkazuvchi omillarning tasnifi ayni vaqtda ishlab chiqilmagan. Ko‘plab mualliflar 
korxonaning innovatsion faoliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi omillarga o‘z e’tiborini 
qaratishgan. T.G. Filosofova o‘z asarida, sanoat korxonalarida innovatsiyalarga 
to‘sqinlik etuvchi quyidagi omillarni qayd etib o‘tgan: 
-iqtisodiy - moliyaviy resurslar bilan kam ta’minlanganlik, davlat tomonidan kam 
moliyalashtirilish, innovatsiyalarni targ‘ib qilishga yuqori sarf-harajatlar, iqtisodiy 
xavfning yuqori darajasi, innovatsiyalar qaytimlarining uzoq muddati; 
-ishlab chiqarish - malakali kadrlar yetishmasligi, yangi texnologiyalar, sotish 
bozorlari to‘g‘risida zarur ma’lumotlarning yo‘qligi, tashkilotning innovatsiyalarni 
tezda qabul qila olmasligi, boshqa tashkilotlar, korxonalar va ilmiy tashkilotlar bilan 
hamkorlikni yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi yoki yo‘qligi; 
-boshqa omillar - innovatsion mahsulotga iste’molchilar tomonidan past narxdagi 
talab, innovatsion faoliyatda yetarlicha qonuniy va meyoriy-huquqiy asoslarning, 
tartibga solishning yo‘qligi, davlat tomonidan innovatsion faoliyatni yetarlicha 
rag‘batlantirilmasligi, sust rivojlangan innovatsion infratuzilma, texnologiya bozorida 
rivojlanishning yo‘qligi. 
A.A. Bovin esa tashkilotning innovatsion muhitiga quyidagi ta’sir o‘tkazuvchi 
omillarni keltirib o‘tadi va tahlil qiladi: 
-ijtimoiy infratuzilma (ishchilarning ta’lim, tibbiy va madaniy inshootlardagi 
xizmatlardan foydalanish imkoniyati); 
-aloqa sohasi (aloqa, axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati mavjudligi); 
-tabiiy - geografik sharoitlar (transport, moddiy-texnik, energiya, yoqilg‘i va 
xomashyo resurslarining mavjudligi); 
-texnologik va ilmiy-texnik soha (ishlanmalar bozorining mavjudligi, ilmiy-
tadqiqot institutlari va boshqalarning mavjudligi); 
-iqtisodiy va moliyaviy soha (innovatsion faoliyatni davlat tomonidan milliy va 
mintaqaviy darajada qo‘llab-quvvatlanishi, innovatsion ishlanmalardan manfaatdor 
investorlarning mavjudligi); 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin