Page 156
-siyosiy-huquqiy soha (innovatsion va ilmiy-texnik sohani huquqiy tartibga
solishda milliy, mintaqaviy reja va dasturlarning mavjudligi);
-xo‘jalik yuritishning strategik qamrovi (bozorning muayyan segmentida
innovatsiyalarning paydo bo‘lish tezligi);
-mehnat resurslari bozori.
Bizning fikrimizcha, keltirilgan tasniflar, korxona innovatsion faoliyatiga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarning faqatgina kichik bir qismini qamrab olgan. Shuni ta’kidlash
joizki, ilmiy adabiyotlarda innovatsion faoliyatga bevosita ta’sir o‘tkazuvchi omillar
aniqlangan emas.
Tadqiqotimizning asosiy maqsadi korxona innovatsion faoliyatiга ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarni tasniflash asosida sanoat korxonalari faoliyatini mintaqa
iqtisodiyoti samaradorligiga ta’sirini aniqlash. Fikrimizcha, korxona innovatsion
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bir qator belgilariga ko‘ra tasniflash maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida boshqaruvchanlik darajasiga
ko‘ra korxona innovatsion faoliyatiga ta’sir o‘tkazuvchi omillarning quyidagi tasnifiy
belgilari taklif qilin mumkin.
Kelib chiqish manbalariga ko‘ra, omillar tabiiy-iqlimiy, ijtimoiy, moliyaviy-
iqtisodiy, sanoat-texnologik, ilmiy-texnik va tashkiliy-boshqaruv guruhlariga bo‘linadi.
Tabiiy-iqlimiy omillar sanoat korxonalari innovatsion faoliyati natijalariga katta
ta’sir o‘tkazadi. Mintaqada joylashgan sanoat korxonalari innovatsion faoliyati
rivojlanishi va innovatsion faoliyatning o‘sishiga suv ta’minoti, qulay iqlim, ish
sharoitlar va yirik yoqilg‘i va xom-ashyo manbalarining mavjudligi katta hissa qo‘shadi.
Tabiiy-iqlimiy sharoitning murakkabligi, ishchi kuchining yetishmasligi, ishlab
chiqarish kuchlari, transport rivojlanish darajasining pastligi, aksincha korxona
innovatsion faoliyati rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi bilan birgalikda, korxona
innovatsion faoliyat darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi yuqorida keltirilgan
muammolar yechimi uchun juda katta mablag‘ talab qiladi.
Ijtimoiy omillarga demografik vaziyat, ijtimoiy keskinlik darajasi, ishchilarning
yashash sharoiti, korxonada sog‘lomlashtirish, sport va madaniy xordik ishlarini
tashkillashtirish, kadrlarning madaniy, ta’limdagi umumiy darajasi va boshqalarni
kiritish mumkin. Bular korxona ishlab chiqarish resurslarining samarali va to‘laroq
ko‘llanishiga, inson kapitalining koorporativ rivojlanishi va shakllanishini ta’minlashga
xizmat qiladi.
Moliyaviy-iqtisodiy
omillar
mablag‘,
xom-ashyo,
materiallar
bilan
ta’minlanganlikni, qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari darajasini
aniqlaydi. Innovatsion faoliyatning moliyaviy-iqtisodiy omillarini tadqiq qilish, eng
avvalo, korxonaning innovatsion rivojida moliyaviy imkoniyatlarini tadqiq qilish
imkoniyatini, kornonaning hozirgi va kelajakdagi moliyaviy holatida innovatsion
strategiya rivojlanishining yo‘nalishini oldindan ishlab chiqish imkoniyatini beradi.