2 3 4 Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. 1 Aholisi. Sanoati Xo‘jaligi
Qirg‘iziston Respublikasining milliy mustaqilligi 1991-yilning 30-avgustida e’lon qilingan. U tipik baland tog‘ mamlakatidir.
Qirg‘iziston hududining 90 % idan ko‘prog‘ini, asosan, kenglik yo‘nalishida joylashgan tog‘lar egallaydi. Bular respublika hududining shimolida Tyanshan va janubi-g‘arbida Oloy tog‘laridir.
Tyanshan tog’i Oloy tog‘i
Qirg’iziston aholi soni.
19 oktyabr kuni Botken viloyatining Qizil-Kiye shahrida Qirg‘izistonning yetti millioninchi fuqarosi tug‘ildi, deya xabar beradi Qirg‘iziston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston aholisi soni ortib bormoqda. Mamlakatda so‘nggi yillarda sodir bo‘layotgan demografik jarayonlar aholi o‘sishining yuqori sur’atlari bilan tavsiflanadi. Tashqi migrasiya saldosi salbiy bo‘lib qolmoqda, biroq so‘nggi yillarda uning qiymati sezilarli darajada kamaydi.
Respublikaning doimiy aholisi soni 2022 yil 1 avgust holatiga 6 million 977 ming kishini, 2022 yil 1 oktyabr holatiga esa 6 million 995 ming kishini tashkil etdi. Mamlakatning olti millioninchi fuqarosi Aylin Qojosheva 2015 yil 25 noyabrda O‘sh shahrida, besh millioninchi fuqaro - Quramayev Tinishtiqbek 2002 yil 27 avgustda Bishkek shahrida, to‘rt millioninchi — Qayipova Qanikey 1985 yil 27 may O‘sh viloyati Qora-suv tumanida tug‘ilgan.
Etti millioninchi Qirg‘iziston fuqarosi mamlakatning olti millioninchi fuqarosi tug‘ilganidan 7 yil o‘tib tug‘ilgan va olti millioninchi va besh millioninchi fuqaro o‘rtasidagi farq 13 yosh, besh millioninchi va to‘rt millioninchi fuqaro o‘rtasidagi farq esa 17 yoshni tashkil qilgan.
Tabiiy resurslari xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ko‘mir zaxiralari mavjud.
Shuningdek, surma, simob bilan yaxshi ta’minlangan, istiqbolli polimetall, oltin konlariga ham ega. Ko‘mir Simob Polimetall Oltin
Gidroenergiya zaxiralariga ancha boy.
So‘nggi bir asr davomida uning aholisi 5 baravarga ko‘paydi va 2013-yilda 5,5 mln. kishini tashkil etdi.
Aholisining 70 % idan ko‘prog‘i balandligi 1500 m gacha bo‘lgan tog‘oldi tekisliklari va vodiylarda joylashgan. Aholining o‘rtacha zichligi har 1 km2 ga kishidir.
Xo‘jaligi agrar-industrial xarakterga ega. Yetakchi xo‘jalik tarmog‘i qishloq xo‘jaligidir.
Dehqonchiligining eng yirik tarmog‘i donchilikdir. Jami ekin maydonlarining 1/2 ga yaqinida donli ekinlar ekiladi.
Texnik ekinlardan paxta va tamaki (Janubiy Qirg‘iziston), qandlavlagi (Shimoliy Qirg‘iziston) ko‘proq ekiladi.
Chorvachiligining asosiy tarmoqlari mayin junli qo‘ychilikdir.
Sanoatining asosini yoqilg‘i-energetika tarmoqlari tashkil qiladi. Ular, asosan, ko‘mir hamda boy gidroenergiya quvvatlaridan foydalanish asosida tashkil topgan.
GES lar respublikada ishlab chiqarilayotgan elektroenergiyaning 9/10 qismini bermoqda. Yirik GES lari Norin daryosida qurilgan.
Ko‘plab turli qishloq xo‘jalik mashina va uskunalari, elektrotexnika mashinalari va elektr yoritkichlar kabilarni ishlab chiqaradi.
Relyefining tog‘lilik xarakteri tufayli Qirg‘izistonda temiryo‘l transporti yaxshi rivojlanmagan. Shu sababli respublikada eng yirik tarmoq sifatida avtomobil transporti xizmat qilmoqda.