Qishloq aholi


Aholi punktlari va inshootlari



Yüklə 128 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/77
tarix07.01.2024
ölçüsü128 Kb.
#203455
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish

Aholi punktlari va inshootlari
________________ _____________________
36-jadval
Bino, obyekt, muhandislik 
kommunikatsiya inshooti
Bino, obyekt, inshootdan yashil 
o'sim lik o'qigacha bo'lgan 
masofa, m
Daraxt
Buta
Bino va inshoot tashqi devori
5
1,5
Tramvay polotnosining chekkasi
5
3
Trotuar va bog' yo'lakchasining 
chekkasi
0,7
0,5
Ko'chaning qatnov qismi, yo'l 
chetining mutahkamlangan qismini 
yoki ariq chekkasi
2
1
Tramvay 
yoritish 
tarmog'ining 
machta va tayanchi, ko'prik asosi va 
estakada
4
-
Tayanch devorining etagi yoki ichki 
qirrasi
3
1
Yer osti tarmoqlari:
Gaz quvuri, kanalizatsiya, issiqlik
u. 
i.5
-
292


tarm og'i (kanal, tonnel devori yoki 
kanalsiz usulda yotqizilganida tonnel 
qobig'i)
Suv quvurlari, drenaj
2
-
Kuch kabeli va aloqa kabeli
2
0,7
Eslatma:
1. Keltirilgan normalar shoxlarining kengligi 5 metrgacha bo'lgan 
daraxtlarga taalluqli va diametri kattaroq bo'lgan daraxtlar uchun 
ko'paytirilishi mumkin.
2 .E lektr tokini uzatish havo liniyalaridan daraxtlargacha masofa 
elektr qurilmalam i o'm atish qoidalariga muvofiq belgilanadi.
3.B inolar yonida ekiladigan daraxtlar SHNK 2.08.01-05 «Turar 
jo y uylari» va SHNK 2.08.02-07 «Jamoat binolari va inshootlari» ga 
m uvofiq turar joy va jam oat imoratlarining quyosh tushishi va 
yoritilishiga to'sqinlik qilmasligi kerak.
SHNQ 2.07.01-03* «Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi 
punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish» 
normativ 
hujjatning 
XI 
bo'lim ining 
304-bandida 
keltirilgan 
tavsiyalarga muvofiq cho'I va yarim cho'l zonalarida joylashgan 
shahar va qishloq aholi punktlari atrofida shamol-changdan himoya 
qiluvchi daraxtzorlar barpo etish, eroziyaga uchrayotgan tepaliklar, jar 
va soyliklam i ko'kalam zorlashtirish choralarini ko'zda tutish lozim.
Park hududlarini hiyobonning asosiy kompozitsion elementlari hi­
soblangan kanallar, yirik ariqlar va sun’iy suv havzalari qirg'oqlarida 
loyihalashtirish lozim. Hiyobon hududini imkon qadar ixcham belgi­
lash zarur. Daraxtzorlardan to'liqroq foydalanish maqsadida ulami 
jam oat va turar-joy binolariga yaqinlashtirib, bevosita turar-joy guruh­
lari va komplekslariga kiritib, hiyobon va bulvarlar o'lcham larini 
qisqartirgan holda posyolka rejasida qayta taqsimlash kerak.
Posyolka hududini obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish va 
sug'orishni tashkil etishda yechim lam i tanlashga kompleks tarzda 
yondoshib, 
ham 
vohalarda, 
ham ch o 'l 
va sahrolarda qulay 
mikroiqlimiy sharoitlar yaratilishini ta ’minlash lozim.
Vohalarda yashil daraxtzorlar va suv yuzalari mujassamligining 
turli ko'rinishlaridan foydalanish mumkin.
C ho'l va sahro zonalarida bu kabi imkoniyatlar juda cheklangan, 
chunki maxsus agrotexnikadan foydalanishni talab qiluvchi suv
293


tanqisligi, noqulay tuproq sharoitlari hududni ko'kalam zorlashtirishni 
qiyinlashtiradi va serxarajat bo lishiga, daraxt va butalar navlari 
assortim entini cheklaydi. 

kishiga to ‘g ‘ri keiadigan umumiy 
foydalanishdagi daraxt yoki butaning miqdori minimal boMishi va 
o 'sim lik kultivatsiyasining real imkoniyatlari bilan belgilanishi lozim.
Vohalardagi hududlam i ko'kalam zorlashtirish masalasi sun'iy 
sug'orish tizimlari bilan birgalikda hal qilinishi zarur va quyidagi 
funksional zonalarni ajratish bilan bir m aromda joylashtirilishi lozim:
- tom orqa uchastkalarining dam olish va m aishiy jarayonlam i 
ochiq havoda bajarish uchun moMjallangan ko'kalam zor zonalari;
- sokin dam olish shiyponlari va bolalar maydonchalarini 
joylashtirish uchun moMjallangan turar-joy binolari guruhlari uchun 
umumiy bogMar;
-ja m o at markazi, ishlab chiqarish zonasiga yo'naltirilgan turar- 
jo y binolari orasidan oMkazilgan ko'kalam zorlashtirilgan piyoda 
yoMakchalari;
- posyolkaning 
jam oat 
m arkazida 
suvli 
yuzasi 
boMgan 
ko‘kalamzorlishtirilgan uchastkalar;
- posyolkaning ishlab chiqarish zonasida suvli yuzasi boMgan 
ko'kalam zorlishtirilgan uchastkalar;
Voha sharoitlarida posyolkaning ko'kalam zorlashtirish tizimi 
yashil daraxtzorlam i hudud bo'ylab bir maromda taqsimlanishini va 
barcha funksional zonalardagi ko'kalam zorlashtirilgan hamjmlarning 
yagona uzluksiz rejali tuzilmasi tashkil etilishini ta ’minlashi lozim.
K o'kalam zorlashtirilgan zonalarni uzviy ketma-ketlikda rejali 
rivojlantirish va ulami ko'kalam zorlashtirilgan ko'chalar tizimiga 
birlashtirish usulidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Sahro sharoitlarida posyolkalami ko'kalam zorlashtirish, asosan. 
quyosh radiatsiyasidan himoya qilish tizim laridan iborat boMadi. Bu 
tizim lar tom orqa uchastkalarini umumiy foydalanishdagi ixcham 
ko'kalam zorlam i bog'laydi.
Kishilam i, xususan, uylam ing devorlarini yozda ortiqcha quyosh 
radiatsiyasi va issiqlik ta ’siridan him oya qilishga alohida e ’tibor 
qaratish lozim: quyosh radiatsiyasini 50-80% ga kamaytirilishi qiyin 
ob-havo sharoitlarida ham insonga salbiy ta'sirlam i muvofiq tarzda 
kamaytirilishiga va, hattoki, butunlay istisno qilinishiga yordam 
beradi.
294


Ishlab chiqarish va turar-joy zonasidagi barcha funksional 
elementlami quyosh radiatsiyasining ortiqcha salbiy ta’siridan himoya 
qilish daraxtzorlar, kichik m e’moriy shakllar vositasida soya-salqin 
joylam i yaratish orqali amalga oshiriladi.
Binolar bo'ylab piyoda yo'lakchalari va kattalar dam olishi hamda 
bolalar o ‘ynashi uchun maydonchalar yozda uzoq vaqt soya 
tushadigan zonalarda joylashtirish tavsiya etiladi, bunda bino 
devorlarini aks qaytarilgan va uzun to'lqinli radiatsiyadan kunning 
ikkichi qismida himoya qilish uchun maxsus ekranlovchi qurilmalar 
o'm atishni ko'zda tutish lozim.
Bolalar maydonchalari va kechki hordiq uchun maydonchalami 
hovli 
markazida, 
aeratsiya 
sharoitlari 
eng 
yaxshi 
boMgan 
uchastkalarda joylashtirish tavsiya etiladi. Bunda shamol kam 
esadigan sharoitlar uchun maydon chegaralari va inshootlar o'rtasidagi 
masofa 1-3 metrdan yaqin bo'lm asligi, kuchli shamollar sharoitida 
imoratlar bilan to ‘silib kuchsizlangan «ikkilamchi» shamollar ta’siri 
zonasida esa 5 metrdan ortiq bo'lm asligi lozim.
Havo changligini kamaytirish va tuproqlaming ustki qatlami 
havoga uchib ketishini qisqartirish maqsadida tabiiy tuproqlaming 
ochiq yuzalarini imkon qadar kamaytirish, chang hosil boMadigan 
mahalliy o'choqlam i bartaraf etish, tuproqni ortiqcha qizib ketishdan 
va suvli eroziyadan himoya qilish lozim.
Posyolkalar hududlarini ko'kalam zorlashtirishda asfalt qoplamali 
m aydonlami imkon qadar kamaytirish zamr. Issiqlik sig'im i katta 
bo'lm agan materiallardan tayyorlangan qoplamlardan foydalanish 
tavsiya etiladi:
-piyoda yo ’lakchalari, dam olish maydonchalari, suzish va 
cho'm ilish basseynlari yonida - sement-beton yig'm a plitalar;
-kichik m e’moriy shakllar joylashgan uchastkalami qoplash 
uchun - sirlanmagan keramik plitalar va rangli betondan tayyorlangan 
kichik o'lcham li plitkalar:
-faol o'yinlar uchun m o'ljallangan maydonchalar, turar-joy 
guruhlari chegaralaridagi piyoda yo'lakchari uchun - bog'lovchi 
materiallar bilan ishlov berilgan shag'alli va chaqiq toshli qoplamlar;
-o'tish yo'llari, kirish yo'llari va xo'jalik maydonchalari u ch u n -
yig'm a va sement-beton plitalar;
-sport 
maydonchalari 
uchun - bosib 
tashlanishga 
nisbatan 
chidamli va o't-m avsalar bilan mustahkamlangan qoplamlar.
295


Dam olish va bolalar o'ynashi uchun moMjallangan maydon- 
chalarda foydalanishga tavsiya etilgan kichik m e’moriy shakllar 
tayanch devorlar, soya beradigan shiyponlar, issiqlik sig'im i kam 
bo'lgan 
material lardan 
tayyorlangan 
soyabonlar, 
shuningdek 
gorizontal va vertikal yuzalarini burish orqali soyali rejimni 
ta ’minlovchi quyoshdan himoya qilish ekranlari kabi turli statsionar 
qurilmalardan iborat bo'lishi mumkin. Piyodalar yo'lakchalari uchun 
«Р» va «G» shaklidagi galereyalardan - vohalar uchun panajarasimon 
shakllardan, ch o 'l va sahro sharoitlarida esa gorizontal sidirg'a 
ekranlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Odamlar 
gavjum 
bo'ladigan 
uchastkalarda 
m axsus 
suvli 
qurilmalardan foydalanish tavsiya etiladi:
-jamoat markazlari yonida - favvorali ochiq basseynlar va suv 
sachratuvchi moslamalar;
-faol o'y in lar va sport bilan shug'ullanishga moMjallangan 
uchastkalarda - c h o 'm ilis h va suzish basseynlari;
-ko'chalam ing piyoda uchastkalari va alleyalarda - ichimlik suvli 
faw orachalar;
-sport 
inshootlari 
hududlarida - ochiq 
basseynlari, 
suvni 
changlatish va yom g'irlatish qurilmalari;
-turar-joy guruhlarining b o g 'la rid a - ichimlik suvli faw orachalari 
va basseynlar.
K o'chalam i ko'kalam zorlashtirish ulam ing dunyo tomonlariga 
nisbatan joylashuvini hisobga olgan holda, binolam ing devorlari, 
trotuarlar va yo 'ln in g qatnov qism lariga soya tushishini ta ’minlash 
bilan amalga oshirilishi lozim.
Daraxtlar va butalami o'tqazilishi va joylashtirilishi uylar 
fasadlaridagi yorug'lik oraliqlari va xonalam i yozda quyoshdan 
himoya qilishni, devorlar va birinchi qavatdagi xonalam i issiqlik 
ta ’siridan 
saqlashi, 
cheklangan 
hajmlarda 
havoning 
optimal 
aylanishini ta ’minlashi zamr.
Sharq, jan ub va g'arb g a yo'nalishidagi turar-joy binolarining 
fasadlari bo'ylab shox-shabbalari tor piramidali ko'rinishga ega tez 
o'sadigan daraxtlam i past b o 'yli butalar bilan bir qatorda ekilishi 
tavsiya etiladi. Ufqning shimoliy tomoniga qaragan fasadlar bo'ylab 
past bo'y li va shox-shabbalari siyrakroq daraxtlar navini ekishga y o 'l 
qo'yiladi. Daraxtlar ekiladigan joylam i yorug'lik tushadigan oraliqlami 
qoplovchi soya harakatlanishini hisobga olib turib tanlash lozim.
296


Guruhlar ichidagi hajmlami ko'kalamzorlashtirish daraxtlar va 
butalaming yetakchi navlari tanlanishini hisobga olgan holda 
bajariladi, bunda imoratlaming rangi va m e’moriy yechimlariga 
alohida e ’tibor qaratish zarur. Daraxtzorlaming joylashuvi daraxtlar 
bilan soyalangan va ochiq uchastkalar ketma-ketligini ta’minlashi 
lozim. Bunda quyidagi tavsiyaiardan foydalanish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi:
-sokin dam olish va o'ynash maydonchalari, stol usti o'yinlari 
maydonchalari toMiq soyalanadi;
-o‘tish yoMlari, turar-joy binolariga kirish yoMlari yuzasiining 
yarmidan ko‘pi soyalanadi;
Hudud sun’iy sug'orilganida turar-joy maydonlari va ko'chalam i 
sug'orishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
-sug'orish tarm og'ini loyihalashtirishda relyefni hisobga olgan 
holda taqsimlovchi kanallar yotqizilishini imkon qadar suv ajratadigan 
marzalar bo'ylab bajarish;
•posyolka 
hududining 
vertikal 
rejalashtirilishini 
sug'orish 
kanallarini yotqizilishi sharoitlariga moslashtirish;
-baland daraxtlarni sug'orish ariqlari oqib o'tadigan zonalarda 
gumhlashtirilgan holda ekish;
-gulzor va gazonlami sug'orish suv bostirish, alohida marza 
olingan kartalar yoki yom g'irlatish qurilmalari yordamida amalga 
oshirish;
-daraxt va butalam ing trotuarlar bo'ylab bir qator qilib o'tqazi- 
lishini eni 2 metrdan kam bo'lm agan maxsus yo'lkalarda bajarish;
-posyolka ko'chalari, shuningdek ko'chalar va yo'Uardagi 
ko'kalam zorlishtirilgan taqsimlovchi yo'lkalam i irrigatsiya kanali 
yoki 
yer 
osti 
sug'orish 
qurilmalari 
bilan 
bogMiq 
ravishda 
loyihalashtirish.
Ko'kalam zorlashtirish 
va 
obodonlashtirishni 
tashkil 
qilish 
bo'yicha yuqorida ko'rib chiqilgan xususiyatlar 0 ‘zbekistondagi 
qishloq posyolkalarida yashash uchun qulay sharoitlami yaratish 
imkoniyatini beradi.
297


XU LO SA
M azkur o ‘quv qo'llanm ada ko‘rib chiqilgan 0 ‘zbekistondagi 
agrosanoat integratsiyasi sharoitlarida qishloq aholi punktlarini 
m e’m oriy-rejali tashkil etish masalalari ushbu muammo murakkab va 
ko ‘p qirrali xususiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Bu muammo, 
Respublika, uning viloyatlari va tumanlari hayotining ijtimoiy- 
iqtisodiy sohasida kechayotgan jarayonlam i aks ettirish barobarida, 
doimiy ravishda rivojlanm oqda va o'zgarib bormoqda.
Qishloq xo'jaligini rivojlantirish strategiyasining konsepsiyasida 
ferm er xo'jaliklari qishloq xo'jaligi sohasidagi ishlab chiqarishning 
asosi sifatida ko'rilm oqda. Shu sababli 0 ‘zbekistonning qishloq 
joylarida yirik qishloq xo'jalik ishlab chiqarish birlashmalari bilan bir 
qatorda mayda fermer xo'jaliklari ham tuzilayapti. Garchi, bu 
xo'jaliklar kichik va mayda bo'lsalarda, lekin tarkiblarida chorvachilik 
fermalari va qishloq xo'jalik tuzilm alari, bino va inshootlar mavjuddir. 
U lam ing samarali faoliyat ko'rsatishi uchun keng miqyosda tarqalgan 
va yetarlicha quvvatga 
ega 
xizmat 
ko'rsatish 
infratuzilmasi 
shakllanmoqda. Ushbu infratuzilma tarkibiga agrofirmalar, mashina- 
traktor parklari, ta ’mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq 
xo'jalik m ahsulotlami qayta ishlash bo'yicha kichik korxonalar va 
turli sohalar faoliyat yurituvchi boshqa tuzilm alar kirgan. Ana 
shunday tashkiliy-iqtisodiy asoslar o 'z navbatida qishloq x o'jalik 
ishlab 
chiqarishning 
tashkiliy 
shakllarini 
kengaytirish 
uchun 
mustahkam zamin yaratadi.
Yangi fazoviy tuzilm alar o 'zidan o 'zi paydo bo'lm aydi, ulam ing 
vujudga kelishiga shakllanib bo'lgan joylashuv tizimi doirasidagi aniq 
shaharsozlik vaziyati, 
muayyan 
shart-sharoitlar sabab bo'ladi. 
Joylashuvning qaror topgan shakllari va tizimlari qishloqdagi iqtisodiy 
m unosabatlar 
rivojlanishining 
bugungi 
kundagi 
tendensiyalari 
talablariga to'liq javob beradilar.
Ana shu holatlardan kelib chiqqan holda turli ko'rinish va 
hajmlarga ega bo'lgan turlicha joylashuv sh a k lla ri-a h o lisin in g soni 
100-500 kishi bo'lgan mayda va 3000-5000 kishi yoki undan ortiq 
bo'lgan yirik qishloq aholi punktlarining mavjudligini haqli ravishda 
qabul qilish va ulam ing tuzilm alarini tashkil etish m asalalariga jiddiy 
yondoshish talab etiladi.
298


Hozirgi kunda izchil rivojlanib borayotgan yangi iqtisodiy 
m unosabatlar sharoitida qishloqning ijtimoiy va iqtisodiy hayoti bilan 
bog 'liq masalalar ko'lam i yanada kengayib, yangi yo'nalishlar 
belgilanmoqda. Misol tariqasida qishloq aholi punktlarining bosh 
re ja la rin i 
«donalab» ishlab chiqishdan qishloq fuqarolar yig'ini 
hududini m e’moriy-rejali tashkil etish (HM RT) loyihasini kompleks 
tarzda ishlab chiqishga o'tilayotganini keltirish mumkin. Bu kabi 
yirik, respublika miqyosida hal qilinishi lozim bo'lgan masalalar 
bo'yicha eng optimal yechim lam i topishda umuman yangicha 
yondoshuvlar talab etiladi.
Uzoq yillar davomida tarixiy qaror topgan joylashuv tizimlarini 
keskin o'zgartirm asdan turib, ularning o'ziga xos xususiyatlarini 
chuqur o'rganib va tahlil qilgan holda, joylashuvning yagona tizimida 
samarali faoliyat ko'rsatishlarini ta'm inlash bo'yicha eng optimal 
yechim lam i topish qishloq joylar uchun bugungi kunning eng asosiy 
va dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Kichik va mayda qishloqlami saqlab qolish masalasi faqatgina 
iqtisodiy va gumanitar maqsadlardan kelib chiqmaganini ta ’kidlash 
zamr. Tarixiy qaror topgan va shakllangan qishloq aholi punktlarining 
aksariyati 
nafaqat mustaqil 
madaniy-tarixiy obyektlar sifatida 
qadrlanadi, ular landshaftning ajralmas qismi hisoblanib, joylashgan 
hududlarining tashqi qiyofasini belgilab beruvchi asosiy elementlari 
sifatida qabul qilinadi.
Bugun qishloq fuqarolari yig'inidagi ishlab chiqarish faoliyati va 
ijtimoiy hayotning yangi ko'rinishlari vujudga kelgan. Qishloq 
fuqarolar yig'ini hududida mustaqil shaklda yoki yem-xashak 
tayyorlash, paxta va go'sht yetishtirish, aholiga madaniy-maishiy 
xizmat ko'rsatish, qishloq xo'jalik texnikasini ta ’mirlash, ishlab 
chiqarish, turar-joy, jam oat binolarini qurish va ta’mirlash kabi 
ko'pgina 
faoliyat 
turlari 
bilan 
shug'ullanuvchi 
xo'jaliklam i 
birlashtirgan agrofirmalar tarkibida faoliyat ko'rsatayotgan ko'plab 
dehqon va fermer xo'jaliklari mavjud.
Shuning uchun ham, yangi iqtisodiy munosabatlar shaklla­
nayotgan va rivojlanayotgan, agrosanoat integratsiyasining yangi 
tashkiliy-iqtisodiy shakllari vujudga kelayotgan bugungi kunda 
qishloq aholi punktlarini m e’moriy-rejali tashkil etish kun tartibidagi 
eng muhim m asalalaming biri bo'lib kelmoqda.
299


Hozir qishloq fuqarolar y ig ‘inlarining joylashuv tizimlaridagi 
qishloq aholi punktlari uchun bosh rejalar sxemalarini ishlab chiqish 
bo'yicha yangi loyihaviy takliflam i ishlab chiqishga ehtiyoj katta. 
M uayyan qishloq aholi punkti uchun ishlab chiqiladigan loyiha 
m ahalliy om illar majmuasini (tabiiy-iqlim iy sharoitlar, qishloq aholi 
punktining joylashuvi mahalliy tizimdagi o ‘m i va sh.k.) hisobga olgan 
holda bajariladi. Shu bilan birga, ishlab chiqilayotgan loyihalarda har 
bir qishloq aholi punktining tashqi qiyofasi ushbu hududning tabiiy 
muhiti va landshaftiga uyg'un ravishda m os b o 'lib, faqat o'ziga xos 
betakror ko'rinishga ega bo'lishiga ham alohida e ’tibor qaratish talab 
qilinadi. Bunda qishloq aholi punkti tarkibidagi har bir turar-joy, 
jam oat va ishlab chiqarish binolarining joylashuvi va o'zaro 
bog'lanishi katta ahamiyat kasb etadi.
Qishloq 
arxitekturasi 
m asalasini 
m e’moriy 
muhitning bir 
ko'rinishdan boshqa ko'rinishga o'zg arib borishi, funksional zonalash 
sxem alarining nafaqat ikki o'lcham li, balki uch o'lcham li fazoviy 
m uhitda integratsiyasi sharoitlarida hal qilish zarur. Bugungi kunda, 
m ahalliy aholi uchun muloqot qilish joyining an ’anaviy ko'rinishi 
hisoblangan oddiy choyxona, agar u dehqon-ferm er xo'jaligining 
istiqomat-ishlab chiqarish zonasida qurilgan bo'Isa, atrofidagi ishlab 
chiqarish, turar-joy va jam oat binolaridan tarkib topgan m e’moriy 
m uhit integratsiyasini talab qiladi. Demak, qishloq binolarining turar- 
jo y , ishlab chiqarish, savdo, m aishiy xizm at ko'rsatish kabi 
funksiyalari integrallashtirilgan tuzilm asini yaratish masalasi hal 
qilinishi barobarida an’anaviy qishloq uyining betakror qiyofasini ham 
ta ’minlash talab qilinadi.
Bugunning o'zidayoq qishloq aholisining shaxsiy tomorqalardagi 
x o 'jalik yuritishi, ijara pudrati va kooperatsiya sharoitlarida ishlab 
chiqarish hamda ijtimoiy-madaniy sohalardagi m unosabatlaming 
qanday shakl, qaysi ko'rinishga ega bo'lishi masalasini belgilash 
zarur. Bunda har biri o'zining shaxsiy tom orqasiga ega bo'lgan turar- 
joylardan iborat ko'chalam ing an’anaviy tizim i saqlanib qolishi yoki 
yer m aydonlari, muhandislik inshootlari birlashtirgan qo'shni oila- 
lam ing kam qavatli komplekslari (turar-joy, xizm at ko'rsatish va qis- 
man ishlab chiqarish funksiyalari birlashtirilgan ixtisoslashtirilgan 
kooperativlar) tuzilishi mumkin. Shaxsiy tom orqa xo'jaligini yuritish 
funksiyalari bosqichma-bosqich posyolkaning ishlab chiqarish va xom­
ashyo zonalariga ko'chirilishi m umkinligini ham nazarda tutish lozim.
300


Agrosanoat qurilishi amaliyotiga ijtimoiy va ishlab chiqarish 
m aqsadlarida birlashtirilgan ko'p funksiyali turar-joy binolarini tatbiq 
etish bo'yicha izlanishlar ham dolzarb masalalar qatoriga kiritilgan. 
Bunda qishloq joylardagi turar-joy binolari loyihalarining mahalliy 
sharoitlarga mos va o'zgaruvchan, kelgusida shakl va tarkibiy jihatdan 
rivojlantirishga ino'ljallangan turli variantlari ishlab chiqilishi talab 
etiladi.
Qishloq aholi punktining yon-atrofdagi qishloq landshaftiga mos 
bo'lgan betakror milliy qiyofasini shakllantirish masalasi asosiy 
yo'nalishlardan biri bo'lib kelmoqda. Bu masala yechimini topish 
uchun milliy m e’morchilikning an’anaviy yo'nalishlariga murojaat 
qilish. qishloq landshaftiga yanada ko'proq e ’tibor qaratish talab 
etiladi. Har bir hudud, har bir mintaqa uchun eng maqbul, eng optimal 
yechim va variantlami tanlash esa, o 'z navbatida, O 'zbekiston 
m e’morchiiigi tarixi bilan shug'ullangan tadqiqotchilaming barcha 
ilmiy izlanishlarini diqqat bilan o'rganib chiqish, ulami hozirgi zamon 
sharoitlari va qishloq muammolari nuqtayi nazarida qayta ko'rib 
chiqish zaruratini shartlab beradi.
O 'ylaym izki, qishloq joylarga arxitektor sifatida ishlashga 
boradigan talabalar u yerda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan 
m uam molami hal qilish, eng maqbul yechimlami qabul qilishga 
bugunni o'zidayoq tayyorlanishlari kerak.
M ualliflar ushbu kitobda taqdim etilgan materiallar O 'zbekiston 
qishloqlarini 
o'zgartirish, 
ulami 
qayta 
qurish 
bilan 
bog'liq 
m uam molami o'rganish va anglashda ma’lum m a’noda yordam beradi 
deb umid qiladilar.
301


G L O S S A R IY
A pplikatsiya - (lotincha aplico) badiiy tasvimi yelimlash, 
yopishtirish orqali bajarish.
Kollaj - (fransuzcha collage) rangi bilan asosida ajralib turuvchi 
materiallami yelimlash.
Ritm (m a ro m )- elementlarning m a’lum bir maromda qaytarilib 
turishi.
T u ra r-jo y - aholi joylashgan, turar-joy hududi.
L and sh aft - (fransuzcha paysage) biron-bir jo y tasviri
T ashqi tra n s p o rt hududi - temir yo'l, havo, suv va avtomobil 
transporti.
T um anni rejalash tirish - mamlakat biron-bir hududida ishlab- 
chiharish kuchlarining rivojlanish istiqbollari va joylashtirishning ilmiy 
asoslangan kompleks rejasi.
Sham ol 
guli 
-
romb 
shaklida 
shamol 
kuchining 
asosiy 
yo'nalishining ifodasi. Shamol guli har oyda, har mavsumda va har 
yarim yil uchun tuzilishi mumkin.
K om pozitsiya - (lotincha compositio) o 'z mazmuniga, vazifasi, 
xarakteriga ko'ra yaratilgan, badiiy asar qurilishi.
Tuzilm a (stru k tu ra ) - obyektning yaxlitligini ta ’minlovchi qat’iy 
aloqalar jamlanmasi.
Nisbat - tabiatdagi uzunlik o'lcharnlari bilan chizma, reja va 
xaritadagi uzunlik o'lcham larining munosabati.
M odul - arxitektura va qurilishda majmualar, inshootlar va ulaming 
bo'linm alari o'lcham larining aw aldan qabul qilingan va qaytarilgan 
o'lchov.
Funksional h u d u d lar chizm asi - aholi yashash hududining 
funksional bo'laklarga bo'linishi.
Aholi joylashuvi - aholini va uning hayot faoliyati uchun zarur bino 
va inshootlar jam langan aholi yashaydigan hududlar yig'indisi.
Y erdan foydalanish chizm asi - aholi mehnat qiladigan dalalar. 
transport aloqalari, asosiy obyektlar ko'rsatilgan hishloh xo'jalik 
korxonalari hududi.
X izm at ko’rsatish radiusi - u yoki bu obyektga yetib borish 
yo'lining metrlarda ifodalangan ko'rsatgich.
A grom ajm ua - umumiy texnologik jarayon bilan birlashtirilgan 
ishlab-chiharish obyektlari va shu ishlab chiharishda band bo'lgan aholi 
yig'indisi.
302


E m b le m a
- (grekcha emblema ) g‘oya yoki tushunchaning shartli 
belgisi.
S h a h a r s o z lik g u r u h i 
- bevosita ishlab-chiharishda band boMgan 
odamlar soni.
L o y ih a la s h n in g s h a h a r s o z lik v o s ita la r i 
- aholi punktining hayot 
faoliyati elementlari.
Prognozlash - aniq rivojlanish istiqbollarining maxsus ilmiy 
tekshiruvchilari.
Birlam chi kom pozitsion gipoteza - tahliliy g‘oya tuzish.
T um anni rejalash tirish - Viloyat, ma’muriy tumanlar guruhi va 
m a'm uriy tuman hududi uchun tuzilgan shaharsozlik loyiha ishlari 
tizimidir.
Regional aholi joylashuvi tuzilmasi deganda 
- Iqtisodiy 
tumanlar, respublika miqyosida bajariladigan shaharsozlik ilmiy- 
loyihaiy ishlar tizimi tushuniladi.
S h a h a r bosh rejasi 
- shahar va uning shaharoldi qismi uchun 
tuziladigan, 20-2S yilga moMjallangan shaharsozlik loyiha hujjatidir.
A glom eratsiya - urbanizatsiya jarayonlari natijasida katta va yirik 
shaharlaming atroflaridagi aholi joylari bilan ishlab chiqarish, madaniy- 
maishiy, rekreatsion va boshqa aloqalar asosida yaxlit shaharsozlik 
majmuasini tashkil etish.
M egapolis - aglomeratsiyalar va urbanizatsiyalashgan tumanlar 
orasidagi aloqalaming kuchayishi va ulaming hududiy jihatdan bir-biri 
bilan birikib ketishi natijasida paydo b o lg an majmua.
H ududning tarxiy tarkibi - Turli xil xalq xo‘jaligi obyektlari va 
tabiiy Iandshaft eng muhim elementlarining o‘zaro bogMiq va bir vaqtda 
xizmat qiladigan modelidir.
H ududni funksional qism larga boMish - Deb obyektni maxsus 
usulda modellashtirishga aytiladi, buning natijasida uning barcha hududi 
alohida maydonlarga, ularga tavsiya etilgan xo'jalik yuritishning asosiy 
turlari va rejimlariga bo'linadi.
Aholi joylashuvi tizimi - maqsadli shakllantirilayotgan hududiy 
ishlab chiqarish aloqalari, injenerlik infrastrukturasi. yagona ijtimoiy- 
madaniy xizmat ko'rsatish markazlari va aholining ommaviy dam olish 
joylari bilan birlashgan turli kattalikdagi va turli xalq xo'jalik profilidagi 
shahar va qishloq aholi joylari guruhlari ko'zda tutiladi.
A v to tran sp ort vositalari saqlanish joyi - shaharda doimiy 
istiqomat qiluvchi aholiga tegishli avtotransport vositalarining ro'y- 
xatga olingan joyi bo'yicha saqlanishi.
303


A v to tran sp o rt vositalarini joylashtirilishi - turli funksional 
obyektlarga 
tashrif buyurgan 
shaxslarga 
tegishli 
avtotransport 
vositalarining vaqtincha turish joyi.
A vtom obillar turish joyi - avtomobillar saqlanishi yoki turishi 
uchun m o'ljallangan ochiq maydonchalar.
Avtomobillami saqlash uchun m o'ljallangan joylar soyabonlar, 
yengil to'siqlar bilan o'ralgan bokslar hamda ko'rikdan o'tkazish 
estakadalari bilan jihozlanishi mumkin. Avtomobillaming turish joylari 
ko'chadan tashqarida (shu jumladan, transport qatnaydigan yo'lning 
qisman kengaytirilgan joyida) yoki ko'chaning o'zida (transport 
qantaydigan yo'lning belgilar bilan ko‘rsatilgan qismida) tashkil 
qilinishi mumkin
A rx ite k tu ra
- yuksak saviyadagi qurilish san’ati. Qurilishda 
qurilish qurilmalari, bino va inshootlar shakllarining kompozitsiyasi, 
funksiyasi hamda hajmlar uyg'unligining badiiy yaxlitligiga erishish. 
Jamiyatning mafkuraviy g'oyalari, moddiy madaniyati, badiiy-estetik 
qarashlari 
va 
bunyodkorlik 
san’atini 
o'zida 
yaxlit 
tarzda 
mujassamlashtira olgan inson ijodining maxsuli - m e’moriy asar.
A rxitek turav iy 
kom pozitsiya 
- bino, inshoot va m e’moriy 
ansambllaming vazifasiga, g'oyaviy - badiiy mazmuni va qurilmaviy 
hususiyatlariga ko'ra yaratilishi, ulardagi alohida me’moriy qism va 
elementlaming mutanosibligi; bino, inshootlar va ansambllami ijodiy 
yaratish jarayonida qo'llaniladigan maxsus m e’moriy usullar va badiiy 
vositalami anturash bilan shug'ullanadigan va badiiy qonuniyatlami 
(yaxlitlik, monandlik, mutanosiblik, tektonika. marom, masshtablilik, 
rang va boshqalami) bayon qiluvchi va o'rgatuvchi fan.
A rx itektu raviy m asshtab - bino va inshootlar hajmining atrof- 
muhitga va inson parametrlariga mutanosiblik darajasi. me’moriy 
kompozitsiya yoki hajmning qismlarga bo'linganlik yoki bo'linmaganlik 
darajasi, holati.
A rx itek tu rav iy ritm
- m e’moriy obyektlardagi takrorlanuvchi 
qismlar, 
elementlar va 
shakllaming 
bir-biriga 
mos 
kelishligi, 
takrorlanish tartibi va takti, ulaming nazokati va maromi.
Aholi joylashuvi - m a’lum bir hududda shaharlar hududlarining 
joylashuvi.
Aholi zichligi - turar-joy tumani yoki kichik tumanda 1 ga 
maydonga to 'g 'ri keladigan aholi soni. Turar-joy bilan ta’minlanganlik 
darajasiga qarab bu ko'rsatkich o'zgarishi mumkin.
304


Aholi yashaydigan qism 
-
turar-joy 
tumanlari 
va 
kichik 
tumanlari hamda madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish muassasalari bilan 
band bo'lgan hudud.
Bosh reja 
-
obyekt 
rejasining 
asosiy 
chizmasi 
bo'lib, 
loyihachining fikrlarini ifodalaydi va ishchi loyiha uchun asos 
hisoblanadi.
G alereya 
- usti yopiq oldi ochiq, qator ustunli yoki ravoq, tarxi 
uzunchoq tor o'tish joyi tasviriy asarlar muzeyi, nigoriston.
G a ra jla r 
-
avtomobillar uzoq muddat saqlanishi, joylash­
tirilishi, ularga texnik xizmat ko'rsatish uchun moMjallangan binolar.
G u zar - Toshkentning (umuman O 'rta Osiyoning 
boshqa 
shaharlarida ham) eskidan shakllangan hududlarida jamoat hayotining 
zichligini tahlil etish natijalari mahallalar va dahalar jamoat markazidan 
tashqari yana bitta jamoat birligi - guzar borligini ko'rsatdi. Agar 
mahalla markazlari bir tekisda joylashib, 150-200 m xizmat ko'rsatish 
radiusiga ega bo'lsa, guzarlar uchun xizmat ko'rsatish radiusi atamasi 
o 'z ahamiyatini yo'qotadi. Guzarlar qoida bo'yicha radial va ko'ndalang 
ko'chalar 
kesishmasida; 
ikki 
yoki 
uchta mahalla chegarasida, 
ko'chaning ariq bilan tutashgan joyida (ariq bo'ylab ham ko'chalar 
o'tadi)joylashadi.
Daha - shahaming nisbatan mustaqil birligi va shu bilan bir qatorda 
uning bir qismi. Daha atamasining kelib chiqishi xususida quyidagicha 
taxminlar mavjud: so'g'diy tarixga ko'ra qishloq 
va qishloqlar 
m a’nosini; boshqa taxminga ko'ra “daha” so'zi o 'n kvartal ma’nosiga 
ega. Bir tomondan har bir daha shahaming tarkibiy qismi bo'lib, 
umuman shahar kompozitsiyasiga bo'ysungan va uning hududida 
umuinshahar ahamiyatidagi jamoat markazlari joylashgan. Boshqa 
tomondan, har bir daha o'zining jamoat markazlari, shaharsozlik 
xususiyatiga ega bo'lgan.
Y er uchastkasi - aniq belgilangan chegaralar (qizil chiziqlar)ga, 
maydonga, joylashuviga ega, huquqiy maqomi va boshqa jihatlari yer 
kadastrida va davlat ro'yxatiga olish hujjatlarida ko'rsatilgan yer 
yuzasining bir qismi.
Zina - lift boMimi - zina bo'lmasi va liftlaming tik kommunikatsi- 
yalarini joylashtirish uchun moMjallangan xona.
Kam qavatli tu ra r-jo y binolari - Mansarda qavatini ham qo'shib 
hisoblaganda 1-3 qavatli turar-joy binolari.
305


Kichik tum an - shahar aholi yashaydigan qismi tarxiy tarkibining 
birlamchi elementi boMib, bunda aholi uy-joy va kundalik xizmat 
ko'rsatish muassasalariga piyoda yetish darajasi ta'minlanadi.
K o'k alam zo rlash tirilgan h u d u d lar - tabiat majmuasi hududining 
bir qismi bo'lib, unda quyidagilar joylashadi: park, bog', hiyobon, 
bulvar kabi sun’iy yaratilgan bog'-park majmualari va obyektlar; 
yuzasining 70% dan kam qismi daraxtzor va o'sim liklar bilan qoplangan 
turar-joy, ijtimoiy-amaliy va boshqa zonalarning hududlari.
K o 'p xonadonli tu ra r-jo y binolari -xonadonlari qavatma-qavat 
joylashgan va ko'p xonadonli turar-joy binosining umumiy mulki 
hisoblangan yer uchastkasiga ega turar-joy binolari.
K o'ch a, m aydon -sh a h a m in g ko'cha-yo'l tarmog'ining qizil 
chiziqlari bilan chegaralangan umumiy foydalanish hududlari.
Yo‘l-ko‘cha tarm o g 'i -o d a td a , umumiy foydalanish uchun 
moMjallangan 
hududiy 
kommunikatsiya 
obyektlari 
(maydonlar. 
ko'chalar, tor ko'chalar, qirg'oq bo'yi ko'chalar, bulvarlar)ning o'zaro 
bog'langan tizimi.
L and sh aft - Yer sathi.
Lodjiya - Erkeming teskarisi, ya’ni tashqi devoming bino hajmi 
ichkarisiga kirgan qismi, ichki ayvon. U kichik yozgi ochiq xona yoki 
yaxlit ochiq zal sifatida foydalaniladi.
M avze - a h o li punkti rejaviy tuzilmasining asosiy elementi hi- 
soblanib, magistrallar yoki turar-joy ko'chalari va o'tish yo'llarining 
qizil chiziqlari, shuningdek shahar rejaviy tuzilmasining boshqa 
elementlaridan 
shaharsozlikka 
oid 
muvofiqlashtirishning 
boshqa 
chiziqlari bilan chegaralanadi.
M ag istrallararo hudud - turli sinfdagi magistral ko'chalar bilan 
chegaralangan hudud.
M aydon - jam oat maqsadlarida foydalaniladigan kenglik.
M ikroiqlim - bir joyda chegaralangan doirada yuz beruvchi iqlimiy 
hodisa (shahar, shahaming bir qismi); 
katta bo'lmagan hudud yoki 
hududning bir qismi iqlimiy sharoitlari majmuasi.
M ikrorelyef - park, bog' landshaftida mezorelyef detallari 
hisoblanib, katta bo'lm agan 1-1.5 m maydonni egallovchi relyefning 
mayda elementlaridir. Masalan, tirgak devor bilan bezatilgan baland- 
pastlik, kichik tepalik shaklidagi gul klumbasi relyefi, soylik relyefi va 
h.k.
O riyentatsiya - loyihalashning alohida elementlarini dunyo 
tomonlariga nisbatan joylashtirish: shimol-janub (SHJ), sharq-g'arb
306


(SHG‘); bolalar maydonchalari ni loyihalash, yo'laklarda daraxtlami 
joylashtirish, sport majmualarini joylashtirish va h.k.larda katta 
ahamiyatga ega.
Piyodalar uchun moMjallangan zona -p iy o d a lar harakatlanishi 
uchun mo'ljallangan hudud, ushbu hududga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus 
transportdan tashqari boshqa transport vositalarining harakat-lanishi 
taqiqlanadi.
Rekreatsion hudud 
- dam olish va sog'liqni tiklash uchun 
moMjallangan shaharda, shahar atrofida maxsus ajratilgan hudud. 
BogMar, 
ko'ngil 
ochish 
bogMari, 
hiyobonlar 
hamda 
bogMi 
yodgorliklardagi bufer zonalar rekreatsion maqsadlar uchun xizmat 
qilishi mumkin.
Sanitar-him oya qismi - sanoat korxonasi, omborlar, kommunal va 
transport inshootlarini aholi yashaydigan qismdan ajratib turuvchi 
ko'kalamzor yoMak.
Sanoat hududi - sanoat korxonalari, ulaming transport va ombor 
xo'jaliklari. yordamchi inshootlar va muassasalar bilan band boMgan 
hudud.
S tru k tu ra
- qurilmalar yoki elementlarning tuzilishi, tarkibiy 
qismlaming o'zaro bogMiqligi, yaxlitligini belgilovchi tushuncha.
Tabiiy landshaft - asosiy landshaft komponentlari - Yer yuzi, 
havo, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi o'zaro uyg'un va o'zaro 
bogMiq boMgan birlikni tashkil etgan hududiy majmua, fazoviy muhitdir. 
Tabiiy landshaft rivojlanishida inson qoMi tegmagan.
T um anni rejalash tirish - iqtisodiy yoki ma’muriy tumanni 
kompleks hududiy-xo'jalik tuzilishini loyihalash va uning xalq xo'jaligi 
tarmoqlarini, shaharlar va qishloqlami optimal joylashuvini hamda aholi 
mehnati va dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishni 
ta’minlovchi tarxiy tarkibni shakllantirish.
T u rar-jo y tum ani - bir nechta kichik turar-joy tumanidan iborat 
shahar aholi yashaydigan qismi tarkibining asosiy elementi.Aholiga 
doimiy ravishda xizmat ko'rsatishga moMjallangan umumiy markazga 
ega boMgan mikrotumanlar va mavzelar guruhi.
U rbanizatsiya 
- ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy muloqot 
shakllarining rivojlanishi va konsentrlanishi, shahar hayot tarzining 
barcha aholi joylariga yoyilishi bilan bogMiq boMgan ko'p qirrali, ulkan 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayon; jam iyat rivojlanishida shahar ahamiyatining 
ortib borish jarayoni.
307


Sokol qavati 
- xonalar polini sathi, tekislangan yer sathidan 
pastligi xona balandligini yarmidan ko‘p bo'lm agan qavat va qavat 
yopmasini sathi yerdan balandligi kamida 2m.
S h a h a r bosh rejasi - shahaming kelajak m e’moriy-kompozitsion, 
funksional-makoniy, transport-injenerlik rivojlanishini belgilab beruvchi 
loyihaviy hujjat.
S h a h a r, qishloq aholi punkti chegarasining chizig‘i - shahar yoki 
qishloq aholi punktlari yerlarini 
boshqa toifaga mansub yerlardan 
ajratib turadigan tashqi chegara.
S h a h a r landshafti - shahar hududidagi tabiiy (relyef, o‘simlikIar, 
suv havzasi) va antropogen (injenerlik inshootlari, binolar, yo‘llar) 
omillaming hosilasi.
S h a h a m in g
rejaviy 
tuzilm asi - uning 
hamma 
stmktura 
elementlarini birlashtirgan holda qamrab olingan hududning rejaviy- 
hududiy jihatdan hududlarga ajratilishi.
S h a h a m in g funksional tuzilm asi - sanoat, turar-joy, kommunal, 
transport va boshqa funksional hududlaming joylashishini va ulaming 
o'zaro aloqasini aks ettiruvchi tuzilmadir.
Shaharsozlik - shaharlar, aholi joylari, aholi joylashuvini 
loyihalash va qurilish nazariyasi va amaliyoti. U m e’moriy-badiiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy, sanitar-gigiyenik, muhandislik-transport masalalarni 
majmuaviy hal etishga qaratilgandir.
Shaharsozlik tala b la ri 
- obyektlar qurilishi va loyihalashning 
asosiy me’yorlari va qoidalaridir, shu bilan birga landshaft arxitekturasi 
ham qonunlar va tavsiyalar majmuasini aks etadi va ular QMQ (Qurilish 
m e’yorlari va qoidalari) ga kiritilgan.
Qizil chiziq - ko'cha, park, maydon, magistral bilan qurilmalar 
o'rasidagi ajratib turuvchi, chegaralovchi chiziq.
Q urilish chizig4i - qurilayotgan hududning chegarasini belgilaydi. 
Ba’zan yuqorida keltirilgan chiziqlar mos tushishi mumkin, ammo 
odatda qurilish chizig‘i kichik tuman va kvartallar ichiga (qizil chiziqdan 
kamida) 3 - 6 m ichkariga joylashtiriladi.
A ntropogen landshaft - u yoki bu darajada inson tomonidan 
o'zgartirilgan; unda tabiiy komponentlar, dastlab o ‘simlik, tuproq, 
fauna, suv rejimi o‘zgargan; unga antropogen komponentlar - har xil 
inshootlar, madaniy o‘simliklar, o'zgargan tuproq va boshqalar 
qo'shilgan. Antropogen landshaftning ko'zga ko'ringan xususiyatlaridan 
biri - tabiiy o ‘z-o‘zini boshqarish jarayoni va inson tomonidan 
boshqarilishning murakkab birikmasidir.
308


Aholi joylashuvi 
- ma’lum bir hududda shaharlar joylarining 
joylashuvi.
Aholi yashaydigan qism -
turar-joy tum anlari v a kichik tum anlari 
h am d a m ad an iy -m aish iy xizm at k o 'rsa tish m uassasalari bilan band 
boMgan hudud.
Aholi yashash joylarining regional tizimi (ART) -aholi yashash 
joylari bir-birlaridan uzoq joylashgan, ular o'rtasidagi kommuni­
katsiyalar rivojlanmagan, funktsional aloqalar kuchsiz va turg'un emas.
Aholi yashash joylarining guruhli tizimi (AGT) - aholi yashash 
joylari guruh tashkil etadi. Bir-birlari bilan rivojlangan kommunikatsiya 
turi va turg'un funktsional aloqalar bilan bog'langan.
G idrogeologik sh art-sh aro itlar - yer osti suvlarining suv eltuvchi 
gorizontlari, ulaming tarqalishi, chuqurligi, suvga to'yinganligi, 
kimyoviy tarkib va agressivligi kabi tavsiflari majmui.
Izoterm a - xaritalarda yozgi o'rtacha harorati bir xil boMgan 
hududlami birlashtiruvchi chiziqlar.
K ichik arxitekturav iy shakllar - bog'-park kompozitsiyasining 
sun My elementlari: besedkalar, rotondalar, pergolalar, trelyajlar, arkalar, 
kioskalar, pavilonlar, skameykalar, umalar, haykallar va h.k.
K om m unikatsion k o rid orlar - (polimagistrallar) har xil turdagi u 
yoki bu yo'nalishdagi magistral laming (temir yoMlar, avtomobil yo'llari, 
quvur o'tkazgichlar hamda energiya uzatish va aloqa kanallari liniyalari) 
mos tushishi. Bunday koridorlar polosasining eni bir necha yuz metrdan 
bir necha kilometrgacha bo'lishi mumkin.
Kom pozitsion k ark as - asosiy magistral ko'chalar, umumshahar va 
tuman markazlari hamda boshqa ajoyib arxitekturaviy majmualar, 
maydonlar tizimlari, ko'kalamzorli hududlar bo'lib, ular shahar 
kompozitsion tuzilmasining bosh ya’ni asosiy tashkil etuvchilari deb 
hisoblaniladi. Kompozitsion karkas elementlaridan biri bu ochiq 
kengliklar karkasidir.
K o'kalam zorlashtirish - landshaftni qayta tiklash, qishloq 
joylarida, sanoat muassasalari atrofida himoya o ‘rmon chiziqlarini 
yaratish, ko‘cha va magistrallar bo'ylab, turar-joy va kichik tuman 
chegaralarida, bog‘ va parklarda ekinlar ekish bo'yicha muhandislik va 
agrotexnik tadbirlar yig'indisi.
K o 'k alam zo rlashtirish m e’yori - shahaming bitta aholisiga to 'g'ri 
keladigan ko'kalamzorlashtirilgan maydonni ifodalovchi ko'rsatkich 
(m2 da).
309


M ag istrallararo hudud - turli sinfdagi magistral ko'chalar bilan 
chegaralangan hudud.
M aydon - jam oat maqsadlarida foydalaniladigan kenglik.
M akroiqlim - mahalliy, region, mamlakat, materik iqlimi;
dendrologik rayonlashtirishda hisobga olinadi.
M a k ro re ly e f- yirik shakl bilan xarakterlanadigan - tog4 massivlari, 
tizmalari, plato, tepaliklar, kanonlar, chuqurliklar hududining relyefi.
M ayatnikli m igratsiya - aholining uyidan ish joyiga, madaniy- 
maishiy xizmat muassasalariga, dam olish va boshqa ehtiyojlami 
qondirish uchun borib kelishi.
M ahalla - kichik shaharsozlik bo'linmalari.
M egapolis - aglomeratsiyalaming o ‘sib, bir-biri bilan qo‘shilib 
ketishidan hosil boMgan. katta urbanizatsiyalashgan hududlami qamrab 
olgan birikma.
M ezorelyef - makro- va m ikrorelyef o'rtasidagi o ‘rta relyef. Unga 
daryo terrasasi, chuqurlik, katta boMmagan dara, katta boMmagan tepalik 
relyefi kiradi.
M igratsiya - aholining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi.
M ikroiqlim - bir joyda chegaralangan doirada yuz beruvchi iqlimiy 
hodisa (shahar, shaharning bir qismi); katta boMmagan hudud yoki 
hududning bir qismi iqlimiy sharoitlari majmuasi.
M ik ro rely ef - park, bog' landshaftida mezorelyef detallari hisob- 
lanib, katta bo'lmagan 1-1,5 m maydonni egallovchi relyefhing mayda 
elementlaridir. Masalan, tirgak devor bilan bezatilgan baland-pastlik. 
kichik tepalik shaklidagi gul klumbasi relyefi, soylik relyefi va h.k.
N oto‘g‘ri chiziqlilik koeffitsiyenti - ko'cha tarm og'i bo'ylab ikki 
nuqta oralig'idagi masofaning ulaming orasidagi havo bo'ylab 
o'tkazilgan masofaga nisbati noto'g'ri chiziqlilik koeffitsiyenti deyiladi.
O rientatsiya 
- loyihalashning alohida elementlarini 
dunyo 
tomonlariga nisbatan joylashtirish: shimol-janub (ShJ), sharq-g'arb 
(ShG‘); bolalar maydonchalarini loyihalash, yo'laklarda daraxtlami 
joylashtirish, sport majmualarini joylashtirish va h.k.larda katta 
ahamiyatga ega.
R abot - shahami o'rab tumvchi qal’a.
Sanitar-him oya qism i - sanoat korxonasi, omborlar, kommunal va 
transport inshootlarini aholi yashaydigan qismdan ajratib tumvchi 
ko'kalam zor yo'lak.
310


Sanoat hududi - sanoat korxonalari, ulaming transport va ombor 
xo'jaliklari, yordamchi inshootlar va muassasalar bilan band boMgan 
hudud.
Tabiiy (landshaftli) kark as - suv arteriyasi tizimi bu landshaftning 
bazali elementlarini bogMovchi daryolar, kanallar. ariqlar, o'simliklami 
sug‘orish ariqlari. ko'kalamzorlar va yashil maydonlar, yoMaklar hamda 
ulaming atrofidagi ariqlardir. Tabiiy karkas zonasida tabiiy muhitning 
turizm va sogMomlashtimvchi dam olish kabi muhim xossalari 
kontsentrlashadi.
Tabiiy lan d sh af - asosiy landshaft komponentlari - Yer yuzi, 
havo, suv, o'sim lik va hayvonot dunyosi o ‘zaro uyg‘un va o‘zaro 
bogMiq boMgan birlikni tashkil etgan hududiy majmua, fazoviy muhitdir. 
Tabiiy landshaft rivojlanishida inson qoMi tegmagan.
Tum anni 
rejalashtirish - iqtisodiy yoki m a’muriy tumanni 
kompleks hududiy-xo'jalik tuzilishini loyihalash va uning xalq xo‘jaligi 
tarmoqlarini, shaharlar va qishloqlami optimal joylashuvini hamda aholi 
mehnati va dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishni 
ta’minlovchi tarxiy tarkibni shakllantirish.
Ttorar-joy kichik tum ani - shahar aholi yashaydigan qismi tarxiy 
tarkibining birlamchi elementi boMib, bunda aholi uy-joy va kundalik 
xizmat ko'rsatish muassasalariga piyoda yetish darajasi ta’minlanadi.
T urar-joy tum ani - bir nechta kichik turar-joy tumanidan iborat 
shahar aholi yashaydigan qismi tarkibining asosiy elementi.
Tum anni rejalashtirish - iqtisodiy yoki ma’muriy tumanni 
kompleks shaharsozlik-xo'jalik tuzilishini loyihalash bilan shug‘ulla- 
nuvchi shaharsozlikning tarmogM.
U rbanizatsiya - ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy muloqot 
shakllarining rivojlanishi va kontsentrlanishi, shahar hayot tarzining 
barcha aholi joylariga yoyilishi bilan bogMiq b o lgan ko‘p qirrali, ulkan 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayon; jamiyat rivojlanishida shahar ahamiyatining 
ortib borish jarayoni.
U rbanizatsiyaning belgilari - shaharlarda industriyaning o'sishi, 
ulaming madaniy va siyosiy funksiyalarining rivojlanishi, mehnat 
hududiy bo'linishining chuqurlashuvi. Urbanizatsiya belgilaridan yana 
biri - bu qishloq aholisining shaharlarga oqib kelishi, yirik shaharlarga 
uning atrofdagi qishloqlardan va kichik shaharlardan aholining 
mayatniksimon harakatining kuchayishi.
Soxta urbanizatsiya - shahar orbitasiga qishloq migrantlarining 
sekin-asta tortilishi, ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar shaharlari
311


atroflarida shakllangan keng «qashshoqlik maydonlarida» oldingi 
turmush tarzining uzoq saqlanishi.
Tislanuvchi u rb an izatsiy a - birinchi qarashda kutilmagan jarayon. 
AQSh bo'yicha so'nggi tadqiqotlaming ko'rsatishicha shahar aholisi 
salmog‘ining biroz kamayishi.
S h ah ar aglom eratsiyasi - shaharlar va aholi joylarining markaziy 
shahar atrofidagi tartibsiz to ‘p!ami.
S h ah ar bosh tarx i - shaham ing kelajak m e’moriy-kompozitsion, 
funktsional-makoniy, transport-injenerlik rivojlanishini belgilab beruv- 
chi loyihaviy hu jjat
S h a h a r lan d sh afti - shahar hududidagi tabiiy (relyef, o‘simliklar, 
suv havzasi) va antropogen (injenerlik inshootlari, binolar, yoMlar) 
omillaming hosilasi.
S h ah ar tizimi - yagona shahar ya’ni shahar yoki shaharlar guruhi 
sifatida funktsiyallashgan hududiy-hajmiy tizim (shahar, aglomeratsiya, 
joylashtirishning guruhli tizimi).
S h ah arn i 
k o 'k a la m zo rlash tirish sxemasi - shahar bosh rejasi 
asosida landshaft arxitekturasi obyektlari joylashishining printsipial 
xarakterini ulaming bajaradigan vazifasiga bog'liq ravishda aks 
ettiruvchi chizmadir.
S h ah arn i obodo n lash tirish - shaharda sog'lom va qulay hayot 
sharoiti yaratishga qaratilgan tadbirlar majmuasi.
S h a h a m in g rejaviy tuzilm asi - hamma strukturaviy elementlarini 
birlashtirgan holda qamrab olingan hududning rejaviy-hududiy jihatdan 
hududlarga ajratilishi va rejaviy rayonlashtirilishidir.
S h a h a m in g funktsional tuzilm asi - sanoat, turar-joy, kommunal, 
transport va boshqa funktsional hududlaming joylashishini va ulaming 
o'zaro aloqasini aks ettiruvchi tuzilmadir.
S haharsozlik - shaharlar, aholi joylari, aholi joylashuvini 
loyihalanishi va qurilishning nazariyasi va amaliyoti, u me’moriy-badiiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy, 
sanitar-gigienik, 
injenerlik-transport 
masalalami 
kompleks hal etishga qaratilgandir. Shaharsozlik-vaqt va fazoda inson va 
jam iyat hayoti muhiti shakllanishi haqidagi fan va amaliy jarayon bo'lib, 
u tabiiy muhit va ekologik muvozanatni maksimal darajada saqlagan 
holda shahar va qishloq joylarini yaratishda, dam olish va xizmat 
ko'rsatish, kommunikatsion, sanoat tarmoqlarini tashkil etishda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Shaharsozlik obyekti - istalgan hududiy mavqeyidagi shaharsoz- 
likni loyihalashtirishning har qanday hududiy-rejaviy obyektidir.

Yüklə 128 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin