Qishloq xo’jalik korxonalarini moddiy-texnika
resurslari bilan talab darajasida ta'minlashga doimo
katta e'tibor berilmoqda. Chunki bu sarflanadigan
mehnat hamda mablag` xarajatlari kamayishi,
mehnat unumdorligi yuksalib, foyda summasi
ko’payishi uchun imkoniyat yaratadi. Shunday ekan,
qishloq xo`jalik korxonalarining moddiy-texnika
vositalari bilan ta'minlanish va bu vositalardan
foydalanish jarayonini va bu boradagi o`zgarishlarni
bilish talab etiladi.
•
Mehnatning energetik resurslar bilan qurollanganlik darajasi.
U yuqorida ta'kidlangan jami energetik resurslar miqdorini (ot
kuchida) mehnat qilgan kishilarning o’rtacha yillik miqdoriga
(kishilar) taqsimlab aniqlanadi. Bunda ushbu tenglikdan
foydalanish mumkin:
•
Bunda: Erk- mehnatni energetic resurslari bilan qurollanganlik
darajasi (ot kuchi/kishi).
•
xMr ishlagan mehnat resurslarining o’rtacha yillik soni (kishi).
•
Shunday ekan, ishlab chiqarish jarayonlarining mexanizatsiyalashganlik
darajasini ham aniqlash lozim. Buning uchun traktor, mexanizmlar,
mashinalar yordamida bajarilgan jami ish (etalon gektarda) miqdori
korxona bo’yicha bajarilgan jami ishlar hajmiga (etalon ga) taqsimlanadi. U
quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
•
Bunda:
•
Md - ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashganlik darajasi, foizda;
•
Mi -mashina, traktorlar mexanizmlar yordamida bajarilgan ish (et.ga
tonnada);
•
Ji - jami bajarilgan ish miqdori (et.ga).
•
Yangi texnikalardan, texnologiyalardan foydalanish natijasida mehnat,
mablag` xarajatlari tejalishi ta'minlanadi. Uning darajasini aniqlash uchun
yangi texnika, texnologiya joriy etilmasdan avval qilingan xarajatlardan
ular joriy etilganidan so’ng qilingan xarajatlar miqdori, summasi ayrilib,
aniqlangan raqam dastlabki xarajatlarga taqsimlanadi va 100 foizga
ko’paytiriladi. Ularni quyidagi formulalar yordamida aniqlash mumkin:
•
Bunda:
•
Xt – tejalgan xarajat;
•
X1 - yangi texnika, texnologiya joriy etilmasdan oldingi xarajatlar (so’m);
•
X2 - yangi texnika, texnologiya joriy etilgandan so`ngi xarajatlar (so’m).
•
Moddiy-texnika resurslaridan foydalanish samaradorligi ham aniqlanadi.
Masalan, 1 et. gektarning, 1 tonna km, 1 kilovat soatning tannarxi hisoblanadi.
Ular quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi:
•
Bunda: EGtn-1 etalon ga. tannarxi (so’mda);
•
mexanizatsiya yordamida bajarilgan ishlarga qilingan jami xarajat (ming
sum);
•
jami bajarilgan ish hajmi (etalon ga).
Bu o`rinda ta'kdlash kerakki, qishloq xo’jalik
korxonalarining mashina, traktor, mexanizmlarga
bo’lgan talablari ham to’liq qondirilgani yo’q. Bu
muammoni hal etish uchun mashina, traktor va
mexanizmlarni qishloq xo`jalik korxonalarining
talabini qondiradigan darajada sotib olish zarur.
Buning uchun ularni qaysi manbalar hisobidan,
qayerlardan, qanday yo’llar bilan, qanday tartibda
olish mumkinligini ham bilish kerak. Qishloq
xo’jaligi korxonalari o’z mablag`lari hamda chetdan
jalb etilgan sarmoyalar hisobidan moddiy-texnika
resurslarining ayrimlarini qurishlari, ta'mirlashlari,
ba'zilarini sotib olishlari, ijaraga olishlari, ayrimlarini
esa parvarish qilib, barpo etishlari mumkin.
E’TIBORLARINGIZ UCHUN
RAHMAT!
Dostları ilə paylaş: |