Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar mundarija: kirish I bob. Erkin iqtisodiy zonalar tashkil etishning nazariy asoslari


Mamlakatimizda qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar faoliyati rivojlantirish yo’nalishlari



Yüklə 68,86 Kb.
səhifə6/8
tarix16.03.2023
ölçüsü68,86 Kb.
#88100
1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHI Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar mundari

2.2. Mamlakatimizda qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar faoliyati rivojlantirish yo’nalishlari


Kichik sanoat zonalarining sarmoyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o’rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati xususida alohida to’xtalib o’tildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli vazirlik, idora va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bu sohadagi faoliyatini tanqid qilib, ularda tashabbuskorlik etishmasligi, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo’yicha ishlarni tashkil qilish darajasi sustligini ta’kidladi. Xususan, mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan loyihalarni ko’rib chiqish va muvofiqlashtirish jarayoni murakkabligicha qolib, odatda rasmiy xarakter kasb etmoqda. Erkin iqtisodiy zona qatnashchilariga er uchastkalari ajratish masalalarini hal etishda hanuz byurokratizm asoratlari saqlanib qolmoqda. «Urgut», «Qo’qon», «G’ijduvon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalari, shuningdek, farmatsevtika yo’nalishidagi erkin iqtisodiy hududlarda yangi korxonalar tashkil etish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish ishlari sust bormoqda. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlari bilan barqaror ta’minlashda muammolar kuzatilmoqda. Davlatimiz rahbari bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida investor va tadbirkorlarga yanada keng imkoniyatlar yaratishga oid kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish bo’yicha topshiriqlar berdi. Avvalo, ushbu zonalar faoliyatiga doir me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko’rib chiqish, bugungi zamon talablariga moslashtirish, barcha uchun ochiq va tushunarli mexanizm yaratish zarurligi ta’kidlandi. Er uchastkalari, bo’sh turgan binolarni ajratish tartibini soddalashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ma’muriy kengash tomonidan ko’rib chiqiladi. Shu paytgacha bu kengash 17 vazirlik va idoradan iborat edi. Prezidentimiz ko’rsatmasiga muvofiq ularning soni 4 ta etib belgilandi.
Bu borada yangi tizim – hududiy komissiyalar tashkil etilib, ularning
loyihalarni ko’rib chiqish va ruxsat berish huquqlari kengaytirildi. Shuningdek,
iqtisodiy zonalarda joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish mezoni
qayta ko’rib chiqiladi, erkin iqtisodiy zona ishtirokchilariga kredit ajratishni
yaxshilash hamda muhandislik ta’minoti vositalari bilan ta’minlash bo’yicha
qo’shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi. Iqtisodiy zonalar va kichik sanoat
zonalarida joylashgan korxonalarni barcha zarur muhandislik-kommunikatsiya
tarmoqlari va infratuzilma bilan o’z vaqtida ta’minlash bo’yicha topshiriqlar
berildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Hazorasp” erkin iqtisodiy
zonasi uchun 325 gektardan ortiq yer maydoni ajratiladi. Keyinchalik ushbu hudud
600 gektargacha kengaytiriladi, – deydi Hazorasp tumani hokimining o‘rinbosari
64 Maqsud Rahimov. – Davlatimiz rahbari joriy yil 27-yanvar kuni Xorazm viloyatiga tashrifi davomida ushbu hududda bo‘lib, bu yerda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan zarur topshiriqlar berdi. Ayni paytda erkin iqtisodiy zona chegaralarini o‘rnatish, bojxona posti tashkil qilish, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish ishlari amalga oshirilmoqda. Tashkil etiladigan zamonaviy ishlab chiqarish
avtomobilsozlik, qurilish materiallari kabi qator yo‘nalishlarda zamonaviy ishlab
chiqarish quvvatlari tashkil etiladi. Hududda ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish bo‘yicha bugungi kunda umumiy qiymati 152 million dollardan ortiq miqdordagi investitsiya mablag‘lari hisobidan 53 loyiha takliflari ishlab chiqilgan. Tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 25 million 700 ming dollarga teng bo‘lgan 7 loyiha taqdim etilgan. Ana shunday loyihalardan biri “Pitnak Panel” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi rahbari Xushnud Jumaniyozov tomonidan taklif etildi. Davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan bunday qulay investitsiya sharoitidan samarali foydalangan holda, Xitoyning “Xinjiang zaman import and export trade CO” LTD kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy qiymati 3 million 500 ming dollarlik loyihani amalga oshirmoqchimiz, – deydi X.Jumaniyozov. – Loyihaga ko‘ra korxona tomonidan yiliga 200 ming dona penopolistirol bloklar, sendvich panellar ishlab chiqariladi. Kasb-hunar kollejlarini bitirgan 40 dan ortiq yosh mutaxassis ish bilan ta’minlanadi.
Muxtasar aytganda, “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi hududda ishlab
chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish, shu asosda yangi ish
65 o‘rinlari tashkil etish, pirovardida aholini barqaror daromad bilan ta’minlash, xalqimiz turmush farovonligining muttasil yuksalishiga xizmat qiladi55.
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududida O’zeltexsanoat va Ideal Elektro
Lyuks kompaniyalari Turkiyaning Odul kompaniyasi bilan birgalikda umumiy
qiymati 7 million dollar bo’lgan loyihani amalga oshirmoqda. Loyiha gaz plitalari,
elektr duxovkalar va kir yuvish mashinalari ishlab chiqarishni ko’zda tutgan.
Shuningdek, ushbu hududda Coven Elektro kompaniyasi zamonaviy
changyutgichlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Korxona yiliga 30 mingta
chang yutgich ishlab chiqarishga qaror qilgan Prezident Farmoniga muvofiq shu kunga qadar “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining Urgut tumanida "Urgut-1", Nurobod tumanida "Urgut-2" va Pastdarg'om tumanida "Urgut-3" hududlari tashkil etildi. Ushbu hududlar uchun jami 816 gektar yer ajratilib, ularni zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta`minlash ishlari boshlab yuborilgan. Bugungi kunda yengil sanoat, maishiy texnika, tibbiyot jihozlari, farmatsevtika, charm-poyabzal, kantselyariya mollari, qurilish materiallari ishlab chiqarish bo'yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda xorijiy va mahalliy investorlar bilan 2017-2018-yillarga mo'ljallangan 83 loyiha tayyorlangan, ularning 20 tasi joriy yilning o'zida ishga tushiriladi. Umumiy qiymati 250 mln. AQSh dollarni tashkil etuvchi ushbu loyihalar tijorat banklari krediti va ta`sischilarning mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi. Natijada 5,5 ming yangi ish o'rni tashkil etiladi. – Joriy yilning ikkinchi choragida yiliga 15 ming tonna 100 foiz import o'rnini bosuvchi eksportga yo'naltirilgan poleuretan mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “DERKIM POLIURETAN URGUT” O'zbekiston–Turkiya qo'shma korxonasini ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda, – deydi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi deriktor o'rinbosari G'ayrat Abduraxmatov. – Loyiha qiymati 6 mlrd. 250 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu yangi korxona ishga tushirilishi bilan 65 ta yangi ish o'rni yaratiladi. Ayni paytda mazkur hududda 40 sanoat korxonasi, jumladan, 19 qo'shma korxona faoliyat 55 www.jahonnews.uz sayti ma’lumotlari
66 ko'rsatmoqda. Ularda 1 ming 200 ga yaqin kishi ish bilan ta`minlangan. O'tgan yili qiymati 157,5 mlrd. so'mlik 20 turdan ziyod sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, eksport hajmi 10 mln. AQSh dollaridan oshdi. Xususan, bu yerda mahalliy xomashyodan gilam va gilam mahsulotlari, sintetik tola, elektr duxovkalar, gaz plitalari, bir marta ishlatiladigan plastik idishlar, polimer yelim va boshqa
mahsulotlar tayyorlanmoqda.
Sanoat ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash, modernizatsiyalash
maqsadida investitsiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb etilishining o‘sishiga
xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri, bu so‘nggi yillarda yurtimizda erkin
iqtisodiy zonalar - “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, «Angren» va
«Jizzax» erkin iqtisodiy zonalarining tashkil etilishi va Prezidentimizning
tashabbusi bilan yana 4 ta yangi erkin iqtisodiy zonani tashkil etilishidir.
Mazkur erkin iqtisodiy zonalarning barpo etilishi mahalliy ishlab
chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlarda yangi eksportga yo‘naltirilgan
mahsulotlarni o‘zlashtirishiga imkon berdi va investorlar faoliyatining yanada
kengayishi uchun qo‘shimcha shart-sharoit va qulayliklar yaratdi. Asosan, bular
zamonaviy qurilish va jihozlash materiallari, iste'mol tovarlari,
telekommunikatsiya, neftegaz texnologik uskunalari, kimyo, avtomobil va
elektrotexnika sanoati hamda boshqa yuqori texnologik sanoat ishlab chiqarish
yo‘nalishlaridagi mahsulotlardir. Shu bilan birga, ushbu erkin iqtisodiy zonalar joylashgan hududlarda mavjud bo‘lgan xom-ashyo va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ko‘lamini oshirishga, zamonaviy sanoat ishlab chiqarish quvvatlarining tashkil etilishi yangi ish o‘rinlari barpo etilishiga, bandlik darajasining yuqori bo‘lishiga va pirovordida aholi farovonligining oshishiga olib keladi. www.zarnews.uz sayti ma’lumotlari Bunday iqtisodiy zonalarni tashkil etish natijasida hudud iqtisodiyotining rivojlanishiga katta yordam bermoqda. Yildan-yilga hududlarda jahon brendidagi turli xil mahsulotlarning ishlab chiqarilayotganini aytishmiz mumkin. Hozirgi kunda Navoiy erkin iqtisodiy zonasida hududida yangi korxonalar tashkil etilmoqda, natijada har bir korxona 250 ta yosh kadrni ish bilan ta’minlash maqsad qilinmoqda. Bundan tashqari Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida Fransiyaning “Pejo Sitroen” va “O’zavtosanoat” AK o’rtasida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqariladi. Zavod “Peugeot” va “Sitroen” brendlari ostida yo’lovchi va yuk tashishga mo’ljallangan yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi.
Dunyoda nom qozongan bunday kompaniyalar bilan olib borayotgan
hamkorligimiz qisqa vaqt ichida iqtisodiyotimiz tarmoqlarini tubdan
modernizatsiya qilish, mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish va uning turini
ko‘paytirish, jahon bozorlariga raqobatdosh yangi mahsulotlar bilan chiqish
imkonini bermoqda.“Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalarini
tashkil etish hisobidan chet ellik investorlar bilan yo‘lga qo‘ygan hamkorligimiz
o‘zining yuksak samarasini ko‘rsatmoqda.
Eng muhimi, O‘zbekistonda mahalliy va chet ellik investorlar nafaqat
mablag‘ sarflab, daromad olmoqda, balki korxonalarni birgalikda boshqarmoqda,
xorijlik muassislar qo‘shma korxonaga, avvalo, ilg‘or texnologiyalarni olib
kirmoqda, ishlab chiqarishni zamonaviy asosda tashkil etish va boshqarishni joriy
qilmoqda. Bu boradagi tajriba hamkorlikning aynan mana shu shakli eng ko‘p samara berayotgani va eng yaxshi istiqbolga ega ekanini ko‘rsatmoqda.
Xitoy YaIMi hajmini 2016-yilda tahlil qiladigan bo‘lsak, provinsiyalar
bo‘yicha Guangdong, Jiangsu va Shandong mos ravishda 10,6 %, 10,2 % va 9,3 %
ulush bilan yuqori o‘rinlarni egallagan. Jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra, YaIMda
eng ko‘p ulush MIZ va boshqa erkin iqtisodiy zonalar joylashgan Xitoyning
sharqiy va janubiy qirg‘oqbo‘yi hududlariga to‘g‘ri keladi.
2.1-jadval
2016 – yilda Xitoy YaIMining provinsiyalar bo’yicha taqsimlanishi

Provinsiyalar

O’rni

YaIM
(CNY)

Nominal
YaIM
(ming
AQSH
doll.)

To’lov
qobiliyati
pareteti
YaIM
(ming
AQSH doll)

Real
o’sish
darajasi
(%)

Jami
YaIMdagi
ulushi (%)

Butun Xitoy

63,646,270

10,361,117

17,411,575

7.4

100




Guangdong

1

6,779,224

1,103,605

1,854,578

7.8

10.65

Jiangsu

2

6,508,832

1,059,587

1,780,607

8.7

10.23

Shandong

3

5,942,659

967,419

1,625,721

8.7

9.34

Zhejiang

4

4,015,350

653,668

1,098,471

7.6

6.31

Henan

5

3,493,938

568,786

955,829

8.9

5.49

Hebei

6

2,942,115

478,953

804,868

6.5

4.62

Liaoning

7

2,862,658

466,018

783,131

5.8

4.50

Sichuan

8

2,853,666

464,555

780,671

8.5

4.48

Hubei

9

2,736,704

445,514

748,674

9.7

4.30

Hunan

10

2,704,846

440,328

739,959

9.5

4.25



Bu yerda davlat ichida mavjud maxsus iqtisodiy zonalari 2016 yilda
mamlakat YaIM da tutgan o’rni va uning qancha miqdorda o’sishini ham
tasvirlagan. Ko’rib turubmizki Xitoy YaIM 10,361,117 ming AQSH dollarni
tashkil etgan. Yillik YaIM o’sishi 7.8 %ni tashkil etgan. Butun Xitoy iqtisodiy
zonalari ishlab chiqargan va xizmatlari 63,646,270 (CNY) tashkil etgan.Bunda
hududlar bo’yicha eng katta ko’rsatkichni Guangdong EIZ bergan va u 6,779,224
(CNY) ga teng.Mamlakat YaIM ga mos ravishda to’lov pariteti ham mos o’sib
boryapdi.
M. Hamdamov, i.f.n., dots., N. Xudoynazarova, JIDU. “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2015 йил www.google.com statistik ma’lumotlar asosida tayyorlandi.
Bu kabi ma’lumotlarni tahlil qilganimizda, mamlakatda EIZni tashkil qilish,
uning pirovard maqsadi emas. Hududlarni tashkil qilishdan maqsad, sanoat va
iqtisodiyotning o’sish darajasini tezlashtirish va ularni modernizasiyalash, ichki
bozorni to’ldirish va eksportning o’sishi hisobiga valyuta tushumlarini
ko’paytirishdir.
www.tradingeconomics.com va Xitoy statistik ma’lumotlari asosida tayyorlandi. EIZlarni tuzishdagi dastur – maqsadli bo’lishi, moliyaviy va tashkiliy muammolardan tashqari hammasi uchun umumiy bo’lgan ijtimoiy – iqtisodiy
muammolarni qayd etishi lozim. Bularga quyidagilar kiradi:
- Korxonalar xo’jalik a’loqalarini qayta tashkil etish;
- Mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini xalqaro bozorda davlat tomonidan himoyalash;
- Erkin tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lida mahalliy to’rachilik va byurokratik to’siqlarni mavjudligi.
Mamlakatda yetarlicha rivojlangan infratuzilma mavjud emas, xalqaro dengiz
portlariga chiqish yo’llari yo’q, chet ell investorlarini jalb qiluvchi va butun dunyo
bo’ylab tarqalgan va faoliyat ko’rsatayotgan hamda tashkil etilayotgan hududlar
bilan raqobatda yutib chiqishni ta’minlaydigan “joziba” yetarli darajada emas.
Lekin, bu – O’zbekistonda tashkil qilinadigan EIZlarning kelajagi yo’q,
degani emas. Buning uchun EIZ rivojlanish modelini aniqroq belgilab olish kerak.
EIZlarni tashkil etish amaliyotining ko’rsatishicha, ularning samarali faoliyat
yuritishi uchun infratuzilma zarur bo’lib, uni rivojlantirish yirik capital
qo’yilmalarni talab etadi. Xitoyda masala, 1 dollar chet el investitsiyasini jalb etish
uchun 5,5 dollar milliy resurslarni transport tizimi, barqaror suv va energiya
ta’minoti, shinam turar – joy uchun sarflash zarur bo’lgan. Xorij tajribasini tahlil qilgan holda, shunday xulosaga kelish mumkin: milliy sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ko’p jihatdan mamlakatning o’z ichki bozorini himoya qilishga, mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga va investitsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratib berishga qaratilgan siyosatiga bog’liq bo’ladi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini, shu jumladan, eksportga yo’naltirilgan mahsulot
ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishini rag’batlantirishga umumiy qabul qilingan
va o’z samaradorligini ko’rsatgan, o’zini oqlagan iqtisodiy vositalardan
foydalanmasdan erishib bo’lmaydi. Ushbu vositalarga quyidagilarni kiritish
mumkin: soliq va kredit imtiyozlari, eksportga mahsulot ishlab chiqarishda tashqi
moliyalash uchun davlat kafolatining bo’lishi, mahalliy mahsulotlarning tashqi
bozorga chiqishida davlatning hamkorligi, investorlarga qulay sharoit va ma’lum
bir imtiyozlar “majmuasi” taklif qilinishi, chiqara olish uchun zarur bo’lgan
infratuzilmani yaratib berish. Agarda u qulay hududda joylashgan bo’lsa ya’ni
masalan, Navoiy erkin iqtisodiy zonasi shahardan yaqinroqda joylashgan, bunda
Navoiy viloyatidagi mavjud tumanlarni bir-biriga bog’lovchi yo’l tashkil etish
kerak. Qaysi tumanda qandaydir xom – ashyo mavjud bo’lsa u o’sha yo’nalish
bo’yicha korxonalar ochilsa va bu korxona iqtisodiy zona direksiyasiga bo’ysunsa
va erkin iqtisodiy zonalardagi imtiyozlar shu yerda ham qo’llansa. Natijada
investorga turli xil imkoniyatlar mavjud bo’ladi va har bir tuman ham rivojlanishi,
aholining bandligi oshishi, aholi yashash va ishlash uchun joy izlashiga xojat
qolmaydi.
Xorij tajriba sifatida Xitoy Xalq Respublikasini o’rganganimizda, maxsus
iqtisodiy zonalari iqtisodiyotning barcha sohalarini modernizatsiyalash va yuqori
texnologiyalar raqobatbardosh ishlab chiqarishga erishishda muhim omil
bo‘lmoqda. Oxirgi o‘ttiz yil davomida Xitoyda kuzatilgan iqtisodiy o‘sish
haqiqatda “iqtisodiy mo‘jiza” bo‘lgani hech kimga sir emas. Uning rivojlanish
tendensiyasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1976-yilgacha Xitoy yopiq iqisodiyot
hisoblanar edi. Shu davr mobaynida 500 mln.dan ortiq aholi qashshoqlikdan xalos bo‘ldi. Tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ko‘p yillar davomida hukm surgan markaziy rejalashtirilgan iqtisodiyotdan zamonaviy bozor iqtisodiyotiga o‘tish maqsadida 1978-yildan boshlab “Ochiq eshiklar” siyosati doirasida ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Xorij tajribasini tahlil qilgan holda, shunday xulosaga kelish mumkin: milliy sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ko’p jihatdan mamlakatning o’z ichki bozorini himoya qilishga, mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga va investitsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratib berishga qaratilgan siyosatiga bog’liq bo’ladi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini, shu jumladan, eksportga yo’naltirilgan mahsulot
ishlab chiqaruvchilarning rivojlanishini rag’batlantirishga umumiy qabul qilingan
va o’z samaradorligini ko’rsatgan, o’zini oqlagan iqtisodiy vositalardan
foydalanmasdan erishib bo’lmaydi. Ushbu vositalarga quyidagilarni kiritish
mumkin: soliq va kredit imtiyozlari, eksportga mahsulot ishlab chiqarishda tashqi
moliyalash uchun davlat kafolatining bo’lishi, mahalliy mahsulotlarning tashqi
bozorga chiqishida davlatning hamkorligi, investorlarga qulay sharoit va ma’lum
bir imtiyozlar “majmuasi” taklif qilinishi, chiqara olish uchun zarur bo’lgan
infratuzilmani yaratib berish. Agarda u qulay hududda joylashgan bo’lsa ya’ni
masalan, Navoiy erkin iqtisodiy zonasi shahardan yaqinroqda joylashgan, bunda
Navoiy viloyatidagi mavjud tumanlarni bir-biriga bog’lovchi yo’l tashkil etish
kerak. Qaysi tumanda qandaydir xom – ashyo mavjud bo’lsa u o’sha yo’nalish
bo’yicha korxonalar ochilsa va bu korxona iqtisodiy zona direksiyasiga bo’ysunsa
va erkin iqtisodiy zonalardagi imtiyozlar shu yerda ham qo’llansa. Natijada
investorga turli xil imkoniyatlar mavjud bo’ladi va har bir tuman ham rivojlanishi,
aholining bandligi oshishi, aholi yashash va ishlash uchun joy izlashiga xojat
qolmaydi.



Yüklə 68,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin