2. Mavzuning respublikada olib borilayotgan lmiy tadqiqotlarning ustuvor
yo’nalishlarga mosligi. Mavzu respublikamizda olib borilayotgan fan va texnologiyalar taraqqiyotining “Qishloq ho’jaligi biotexnologiya, ekologik va atrof- muhit muhofazasi” bo’yicha ustuvor yo’nalishiga mos keladi. Tadqiqot mavzusi O’zbekiston respublikasi prezidentining 2017 yil 6 noyabrdagi “Meva sabzavot maxsulotlari, uzum, poliz, shingilli ekinlar, shuningdek, quritilgan bzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo’llab quvvatlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi 3377- sonli qarorida belgilangan vazifalarga mos keladi.
3. Mummoning o’rganganlik darajasi. Respublikamizda, shu jumladan Surxondaryo mintaqasi sharoitida karamda uchraydigan kasalliklar tarkibi va tarqalishini monitoring qilish bo’yicha tadqiqot ishlari kam o’rganilgan.
4. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo mintaqasi sharoitida karamda uchraydigan kasalliklarni aniqlash va ularga qarshi kurash tadbirlarini takomillashtirish.
5. Tadqiqotning vazifalari: - Karamda uchraydigan kasalliklarning tur tarkibini aniqlash.
- Karam klasalliklarning kelib chiqishinmi monitoring qilish.
- Kasalliklarga qarshi fungitsitlarning samaradorligini aniqlash.
6. Tadqiqotning ob’ekti: Surxondaryo viloyati sharoitida yetishtirilayotgan oq bosh karamning kasalliklarini monitoring.
7. Tadqiqotning predmeti: Surxondaryo viloyati sharoitida yetishtirilayotgan karamda uchraydigan
kasalliklar va ularga qarshi qo’llaniladigan vositalar.
8. Tadqiqotning usullari: Qishloq xo‘jalik o‘simliklarida kasalliklari tarqalishi va hosil bo‘lishini nazorat qilishda tuzoq qo‘yish usuli, ya’ni silliq yuzada hosil qilingan yopishqoq moddaga yopishgan sporalarni, mitseliylarni ushlab qolish usuli asosiy rol o‘ynaydi. Buning uchun oziqa muhiti solingan Petri likopchasi yoki buyum oynasi yuzasiga vazelin, glitserinli jelatina aralashmasi surkalib,o‘simlik oldiga tayoqcha, tuproq ustiga qo‘yilib, ma’lum muddatdan keyin mikroskop ostida nazorat qilib boriladi. Buyum oynasi yuzasida aniqlangan sporalar miqdoriga qarab ekinzorning sporalar bilan zararlangan darajasi hisoblab chiqiladi. Petri likopchalari esa termostatga inkubatsiya uchun qo‘yilib, unib chiqqan to‘dalar soniga qarab havoning ifloslanganlik darajasi aniqlanadi. O‘simlik qoldig‘i, tuproq, urug‘ va qishloq xo‘jalik mahsulotlarida uchraydigan mikroorganizmlarni aniqlash uchun nam kamera usulidan foydala-niladi. Aniqlangan zamburug‘, bakteriyaning turiga qarab ekinzor yoki avtoulovlarning zararlangan darajasi aniqlanadi.