Qishloq xo’jaligida infratuzilma va uni rivojlantirish yo’llari


Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə8/10
tarix09.10.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#153398
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Zuhriddin Kurs Ishi (2)

3. Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar.


Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Mazkur ustuvor vazifaga alohida e’tibor qaratishning bir qator sabablari mavjud.
Birinchidan, infratuzilmani rivojlantirish yangi korxonalarni joylashtirish va butun iqtisodiyotni taraqqiy ettirish uchun zarur qulay shart-sharoitlar yaratadi, mamlakatimizning boy mineral-xomashyo resurslarini o’zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ikkinchidan, ishlab chiqarish infratuzilmasi, avvalambor, avtomobil va temir yo’llarning rivojlangan tizimi, ularning samarali faoliyati ishlab chiqarishdagi umumiy xarajatlarni kamaytirishning muhim sharti va omilidir. Bu esa, o’z navbatida, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va butun iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshiradi.
Uchinchidan, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi, energiya bilan ta’minlash, ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish, pirovard natijada aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
To’rtinchidan, infratuzilmani rivojlantirish ko’p mehnat talab qiladigan keng ko’lamli soha hisoblanadi. Bu yangi ish o’rinlarini tashkil etish, aholining, ayniqsa, yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash, odamlarning daromadi va farovonligini oshirish imkonini beradi.
Bundan ko’rinadiki, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash, iqtisodiyotning real sektorini yanada rivojlantirish ko’p jihatdan xo’jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq.
Mamlakatimizda transport infratuzilmasini, birinchi navbatda avtomobil va temir yo’llarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Umumiy foydalanishda bo’lgan avtomobil yo’llarini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi bugungi kunda respublikamizning barcha mintaqalari o’rtasida yil davomida ishonchli transport aloqasini ta’minlamoqda. Buning natijasida mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish faoliyatining rivoji va uzluksizligi ta’minlandi.
Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va xalqimiz farovonligini oshirishda mamlakatimiz hududlarida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mustaqillikning ilk davridan mamlakatimiz hududi bo’ylab, qolaversa jahonning turli nuqtalari bilan tutashtiruvchi, qulay, samarali va eng muhimi, ishonchli avtomobil yo’llar tizimining barpo etishga alohida e’tibor berilmoqda. Shunga ko’ra, hozirda yuqori darajadagi xalqaro standartlarga javob beradigan, mamlakatimizning barcha hududlarini o’zaro ishonchli bog’laydigan va mintaqaviy hamda jahon bozorlariga chiqishni ta’minlaydigan O’zbekiston milliy avtomagistralini qurish va rekonstruksiya qilish bo’yicha keng ko’lamli dastur amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatimizning barcha mintaqalarini yagona temir yo’l tizimi bilan bog’lash, jahon bozorlariga chiqish maqsadida temir yo’llar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, elektrlashtirishga katta e’tibor berilmoqda.
“Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus” temir yo’li orqali shimoliy mintaqalarni mamlakatimizning markaziy hududlari bilan bog’lashga erishildi. Amudaryo uzra bunyod etilgan mahobatli ko’prik Qoraqalpog’iston va Xorazm vohasini mamlakatimizning boshqa viloyatlari bilan tutashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mustaqillikning 16 yilligi arafasida qurib bitkazilgan “ToshguzarBoysun-Qumqo’rg’on” temir yo’l liniyasi yagona milliy temir yo’l tizimini yaratish borasida amalga oshirilgan navbatdagi muhim bosqichdir. Qashqadaryo viloyatining Toshguzar qishlog’idan boshlanib Surxondaryo viloyatining Qumqo’rg’on tumani markazigacha davom etadigan, dengiz sathidan 1800 metr balandlikdagi Hisor tog’ tizmalarini kesib o’tgan bu yangi temir yo’lning loyiha qiymati 447 mln. AQSh dollariga teng bo’lib, uni rejalashtirish va amalga oshirishda Yaponiyalik hamkorlar yaqindan yordam berdilar.
Uzunligi 223 kilometrdan iborat bu temir yo’l qisqa davrda, hammasi bo’lib 33 oyda, muddatidan ikki oy oldin ishga tushirildi va mazkur temir yo’l mamlakatimizning janubiy mintaqalari va poytaxtimiz orasidagi yuk va yo’lovchi tashish masofasini 170 kilometrga qisqartirdi.
Mazkur temir yo’lning mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun quyidagi ijobiy ta’sirlari bor:

  • respublikamizning janubiy mintaqasi – Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini boshqa hududlar bilan bog’laydi. Vatanimizning janubiy hududlarini har tomonlama keng qamrovli va ishonchli, mustahkam va samarali yo’l bilan bog’laydi;

  • Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining chetda qolib kelayotgan boy gaz, rangli metall, ko’mir, kaliy tuzi, qurilish materiallari va boshqa foydali qazilmalarini o’zlashtirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi; temir yo’l qatnovining yo’lga qo’yilishi bu yerda iqtisodiyot boshqa sohalari va infratuzilma obyektlari rivojlanishiga imkon yaratadi. Tog’kon sanoati, qurilish va boshqa sohalarda yuzaga keladigan ijobiy o’zgarishlar hisobiga tegishli mintaqalarning ishlab chiqarish quvvatlarini izchil rivojlantiradi;

  • bunday ulkan loyihaning amalga oshirilishi shu mintaqada yashaydigan aholini ish bilan ta’minlashga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Temir yo’l transporti tizimida, uning korxona va tashkilotlarida, joylarda tashkil etilayotgan infratuzilma obyektlarida ko’plab yangi ish o’rinlari ochish imkoni yuzaga keladi;

  • bu yo’l O’zbekistonning chet davlatlarga, avvalo Transafg’on temir yo’l koridori orqali yaqin kelajakda to’g’ridan-to’g’ri Hind okeani, Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish va eksport imkoniyatini, shu bilan birga, yurtimizning tranzit rolini kengaytirish borasidagi salohiyatini keskin oshiradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-iyundagi “Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yol liniyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risidaga”gi qarori asosida elektrlashtirilgan Angren-Pop temir yo’li qurildi. Mazkur temir yo’l belgilangan muddatidan 4 oy oldin, ya’ni atigi 32 oy ichida 123,2 kilometrlik Angren-Pop temir yo’li va uning tarkibida 19,2 kilometrlik Qamchiq tunneli qurilib, foydalanishga topshirildi. “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan bunyod etilgan mazkur temir yo’l liniyasi va Xitoylik hamkorlar bilan birgalikda qurilgan Qamchiq tunneli dunyo miqyosida noyob loyihalardan hisoblanadi. Ushbu qurilish obyektida jami 43 million kub metr tuproq, 16,3 million kub metr burg’ulash-portlatish ishlari bajarildi. Bundan tashqari 285 ta sun’iy inshoot va suv o’tkazish quvurlari, umumiy uzunligi 2,1 kilometrlik 15 ta temir yo’l ko’prigi, 6 ta yo’l o’tkazgich, 4 ta stansiya, 4 ta razyezd va 2 ta vokzal qurib bitkazildi. Qurilgan ko’priklar orasida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan balandligi 57 metr, uzunligi 500 metrni tashkil etuvchi yoysimon ko’rinishdagi ko’prik ham mavjud. 123,2 kilometrlik temir yo’l to’liq elektrlashtirilib, 2 ta elektr tortish stansiyasi qurildi.
Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yol liniyasi qurilishi natijasida yurtimizda yagona milliy temir yol tarmog’i vujudga keldi.
Aholi turmush darajasini oshirish va farovonligini yuksaltirishda ijtimoiy infratuzilma xizmatlarining ham roli beqiyosdir. Shunga ko’ra, mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda respublikamizda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida ahamiyatli yutuq va muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.
Ma’lumki, 2008-yil 5-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 16 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tantanali yig’ilishda 2009-yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” deb e’lon qilindi. Mazkur yo’nalishlar bo’yicha choratadbirlarni izchil va tizimli amalga oshirish maqsadida “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi ishlab chiqildi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi PQ1046 sonli Qarori asosida kuchga kiritildi. Ushbu dasturda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan chora-tadbirlarning prinsipial ahamiyatga ega bo’lgan asosiy yo’nalishlaridan biri – qishloqlarda hayot sifatini tubdan yuksaltirish, qishloq joylarda infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab berildi.
Aholi turmush farovonligini oshirishning muhim ko’rsatkichlaridan biri sifatida uy-joylarni qurish va foydalanishga topshirish ishlarining jadallashuvi natijasida yillar davomida umumiy uy-joy fondi hajmi oshib bormoqda.
Qishloq joylarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va shu asosida qishloqlarimiz qiyofasini tubdan o’zgartirish maqsadida 2009yilning yanvar oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloqlarimizning zamonaviy arxitektura nuqtai nazaridan rejalashtirilishi, qishloq joylarda uy-joy va ijtimoiy obyektlar qurilishini loyihalashtirish va bunyod etish tizimini takomillashtirish, “Qishloqqurilishloyiha” institutini tashkil etish bo’yicha qarori qabul qilindi.
Qurilish ishlarini amalga oshirish maqsadida “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi, ularni moliyalashtirish uchun zarur mablag’larni jalb etish, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida 2009-yil 30martda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq “G’allabank” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tashkil etildi.
Bunday keng ko’lamli ishlarni bajarish uchun mamlakatimizda ixtisoslashtirilgan qurilish-ta’mirlash tashkilotlari tuzildi va ular yuqori malaka va tajribaga ega bo’lgan mutaxassis kadrlar bilan ta’minlandi.
Qishloqdagi qurilish sarf-xarajatlarining bir qismi uy-joylarning bo’lg’usi egalari mablag’lari hisobiga, aksariyat qismi aholiga “Qishloq qurilish bank” tomonidan beriladigan uzoq muddatli (15 yilgacha) imtiyozli kredit hisobidan qoplanadi.
Shuningdek, qishloqlarda bolalar bog’chalari, umumta’lim va musiqa maktablari, sport inshootlari, tibbiyot muassasalari, maishiy xizmat obyektlari, ravon yo’llar, zamonaviy turar-joy mavzelarini kompleks barpo etish rejalashtirilgan.
Qurilish ishlarini o’z vaqtida va samarali amalga oshirish ko’p jihatdan qurilish materiallariga bog’liq. Shunga ko’ra, 2009-yilda qurilish materiallari ishlab chiqaradigan 31 ta ishlab chiqarish quvvati, jumladan, 2 million kvadrat metr zamonaviy tom yopish materiallari ishlab chiqaradigan 6 ta korxona, shuningdek, gips, alebastr, gipsokarton kabi qurilish va pardozlash materiallari, yig’ma konstruksiyalar tayyorlaydigan yangi korxonalar foydalanishga topshirildi. Shular qatorida yiliga 81 million dona g’isht ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan 12 ta yangi zavod ishga tushirildi.
Uy-joy qurilishi ishlarini jadallashtirish, ularni izchil amalga oshirish maqsadida xususiy qurilish uyushmalari faoliyatini tashkil etishni yo’lga quyish muhim tadbirlardan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy fondini foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo’yicha pudrat ishlarini kengaytirishni rag’batlantirishga doir qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi 2009-yil 29-yanvardagi 1051-sonli qarorini bajarish yuzasidan aholiga hamda foydalanishga tayyor holda topshirish shartlarida uy-joy fondi obyektlarini rekonstruksiya qilish, qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirayotgan ta’mirlash-qurilish tashkilotlariga qulay sharoitlar yaratish, bozorni yanada kengaytirish hisobiga arzon narxlardagi qurilish materiallariga bo’lgan talabni qondirish maqsadida 2009-yil 28-martda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Turar joy va kichik biznes obyektlari uchun qurilish materiallari sotish bo’yicha firma do’konlari tarmog’ini tashkil etish to’g’risida”gi 87-sonli qarori qabul qilindi. Mahalliy xomashyolardan sifatli va arzon qurilish materiallari ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etishga katta e’tibor berilmoqda. Shu asosda qishloq joylarda bajariladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining tannarxini arzonlashtirishga erishish, aholining ish bilan bandligini oshirish ko’zlangan.
2009-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylar to’g’risidagi ma’lumotlar 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval 2009-2016-yillarda namunaviy loyihalar asosida qurilgan uyjoylar


Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin