Qishloq xo'jaligida ixtisoslashuvning mohiyati ahamiayti va omillari



Yüklə 77,17 Kb.
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü77,17 Kb.
#182393
1   2   3
QISHLOQ XO\'JALIGIDA IXTISOSLASHUVNING MOHIYATI AHAMIAYTI VA OMILLARI

Tabiiy sharoitning ta`siri

Iqtisodiy sharoitning ta`siri

1

Yerdan foydalanish madaniyati

Birlamchi va ikkilamchi boyliklardan unumli foydalanishga qaratiladi.

2

Qishloq xo`jaligini sifatli suv bilan ta`minlash madaniyati

Texnik yutuqlar ishtiroki ortib borishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

3

Mavjud iqlimiy boyliklardan oqilona foydalanish

Yirik shahar atrofida ochiq va yopq usulda qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ko`plab yetishtirishda doimiylikka erishish uchun sharoit yaratiladi.

4

Ekologik muammolarni oldini olish, qishloq xo`jaligi xodimlari oldida turgan dolzarb muammo hisoblanadi

Qishloq xo`jaligi suv, tuproq, o`simlik, hamda birlamchi va ikkilamchi mahsulotlarda ximiyalashtirish o`rnida biotexnologiyani joriy qilish choralari izlab topilishining muammolari:

  1. Yirik omborlarda mahsulotni saqlash

  2. savdo, sotiqda, qishloq xo`jaligi boyligini chiqindisiz ishlashni ta`minlash.

  3. Xulosada qo`shimcha ishchi o`rinlarini kengaytirishga yo`l ochiladi.

Ma`lumki, qishloq xo`jaligining ikkinchi muhim funksiyasi qayta ishlash sanoatini xom-ashyo bilan ta`minlashdir. Bu sanoat tarmog`ining tarixan vujudga kelishi aholi sonining ko`payib borishi va uning ehtiyojlarini oziq-ovqat, kiyim-kechak faqat tabiiy mahsulotlar bilan ta`minlay olmaslikka bog`liq. O`z navbatida qayta ishlash sanoati mahsulotlarini ko`p va sifatli ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.


Demak, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishni ilmiy asoslangan holda oqilona tashkil etish ixtisoslashuvini takomillashtirish qator muhim sotsial –iqtisodiy vazifalarni hal etish imkoniyatlarini beradi. Bu birinchidan, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, tabiiy, iqtisodiy, mehnat resurslaridan va xo`jalik bo`g`inlarining ichki imkoniyatlaridan to`la foydalanish imkoniyatni yuzaga keltiradi. Ikkinchidan esa, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining hududiy tashkil etilishini va ixtisoslashuvini takomillashtirish oziq-ovqat muammosini hal etishga, umumiy salohiyatning o`sishiga olib keladi. Qishloq xoʻjaligi - aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib beruvchi asosiy manbadir. Ayni vaqtda u keng istemol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xom-ashyo yetkazib beradi. Masalan, qishloq xoʻjaligi xom-ashyosining ulushi (qiymat jixatidan) ip-gazlama sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 60 foizini, qandolat sanoatida salkam 70 foizni, yogʻ va sut sanoatida qariyb 80 foizni tashkil qiladi. Bularning hammasi shuni koʻrsatadiki, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni koʻngildagiday surʼatlar bilan rivojlanmasa, xalq turmush darajasini oshirishning hech qanday eng yaxshi programmasini ham roʻyobga chiqarib boʻlmaydi. Qishloq xoʻjaligining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, xalq xoʻjaligida band boʻlgan xodimlarning 27 foizi shu sohada mehnat qiladi. Qishloq xoʻjaligida mamlakat milliy daromadining taxminan uchdan bir qismi yaratiladi. Shu sababli mamlakat butun iqtisodiyotining oʻsish surʼatlari, mehnatkashlar farovonligini oshirish koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligining rivojlanish darajasiga bogʻliqdir. Shu bilan birga sotsial-siyosiy jihatni ham xisobga olish muhimdir. Qishloq xoʻjaligini yuksaltirish ishchilar sinfi bilan dehqonlar ittifoqini mustahkamlashning eng muhim shartidir. V.I.Lenin qishloq xoʻjaligining ahamiyatini belgilar ekan, mustahkam qishloq xoʻjalik bazasi boʻlmasa, hech qanday xoʻjalik qurilishi boʻlishi mumkin emas deb taʼkidlagan

Qishloq xoʻjaligiga taʼrif


Qishloq xoʻjaligi moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini koʻpaytirish bilan shugʻullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xoʻjaligining bir qancha tarmoqlarini xom ashyo bilan taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham oʻz ichiga oladi. Ishlab chiqarishning boshqa sohalaridan farq qilgan holda qishloq xoʻjaligi juda katta maydonlarda va hududiy xilma xil sharoitlarda olib boriladi. Unda yer (asosiy ishlab chiqarish vositasi), yorugʻlik, issiqlik, suv va tirik organizmlar — oʻsimlik va hayvonlardan foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligining i.ch. davri ish davri bilan mos tushmaydi. Qx.ning asosiy tarmoqlari — dehqonchilik va chorvachilik. Ular ham oʻz navbatida bir qadar kichikroq tarmoqlarga boʻlinadi (dehqonchilikda — dalachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi va b.; chorvachilikda — qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, choʻchqachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik va b.); Oʻz navbatida, dehqonchilik va chorvachilik tarmoklari ekiladigan ekinlar (gʻallachilik, sholikorlik, paxtachilik) va chorva mollari turlari (qoramol, qoʻy, ot, tuya) boʻyicha guruhlanadi.

Q.x. — inson xoʻjalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xoʻjalik va b. ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, baʼzi xayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli sharoitlar taʼsirila dehqonchilik tizimi oʻzgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlari parvarishlangan, koʻplab zotlari yetishtirilgan.


Jahon Q.x.da dunyodagi iqtisodiy faol aholining 45,2% (1316,7 mln. kishi) band. Q.x.da foydalaniladigan yerlar 13387,0 mln. ga, jumladan, haydaladigan yerlar 1380,8 mln. ga, jami sugʻoriladigan yerlar 271,4 mln.ga (1998). 1999 y.da jahon Q.x.da 583,6 mln.t bugʻdoy, 596,4 mln. t sholi, 600,4 mln. t makkajoʻxori, 130,0 mln. t arpa, 294,3 mln. t kartoshka, 444,6 mln. t mevalar, shu jumladan 60,6 mln. t uzum yetishtirildi. Chorvachilikda 225,9 mln. t goʻsht, 562,4 mln. t sut tayyorlandi. 1338,2 mln. bosh qoramol, 912,7 mln. choʻchqa, 1068,6 mln. qoʻy va 709,9 mln. bosh echki, 14139,0 mln. tovuq boqildi.


Adabiyotlar:

Yüklə 77,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin