Qishloq xoʻjaligini
kimyolashtirish
Qishloq xo
ʻ
jaligini kimyolashtirish —
qishloq xoʻjaligi
ishlab chiqarishi
jarayonlarida kimyoviy moddalarni
qoʻllash; kimyo, biokimyo,
mikrobiologiya va agrokimyo fani
yutuklaridan foydalangan holda kam
mehnat va mablagʻ sarflab olinadigan
mahsulot hajmini koʻpaytirish va sifatini
yaxshilashga qaratilgan kompleks
tadbirlardan biri. Qishloq xoʻjaligini
"kimyolashtirish" atamasi 20-asrning
30-yillarda turli zonalarda oʻgʻitlar
tizimini qoʻllash tufayli rus olimi
D N Pryanishnikov (1865—1948)
tomonidan taklif qilingan.
Oʻgʻitlardannnn foydalanish, tuproqni
kimyoviy melioratsiyalash (ohaklash,
gipslash), oʻsimliklarni begona
oʻtlardan, zararkunandalar va
kasalliklardan muhofaza qilish;
defoliatsiya va desikatsiya;
oʻsimliklarning oʻsishi hamda hosil
berishini boshqarish; chorvachilikda
ozuqa va dorivor vositalar ishlatish,
qishloq xoʻjaligi mahsu lotlarini
konservalash, melioratsiya, qishloq
xoʻjaligi qurilishi va boshqalarda sintetik
materiallardan foydalanishni oʻz ichiga
oladi. Oʻgʻitlardan foydalanish Qishloq
xoʻjaligik.ning asosiy yoʻnalishidir. Oʻgʻit
hosildorlikni oshiradi. Mineral oʻgʻitlar
ishlatilganda hosilning qay darajada
ortishi koʻpgina omillar (tuproq, iqlim,
tashkiliy iqtisodiy sharoit, ekin navlari,
ekish texnologiyasi, oʻgʻitning sifati va
boshqalar)ga hamda birinchi navbatda,
dehqonchilik madaniyatiga bogʻliq.
Oʻgʻitlarni ilmiy asosda qoʻllash nafaqat
hosildorlikning oshishi, balki qishloq
xoʻjaligi mahsulotlari, mas, donda oqsil
miqdorining hamda uning aminokislota
tarkibini yaxshilanishini taʼminlaydi.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishda
intensiv texnologiyalarning
oʻzlashtirilayotganligi, hosildorlikni
programmalashtirish natijasida oʻgʻitlar
roli keskin oʻsmoqsa. Pestitsidlar
qishloq xoʻjaligi ekinlarini begona
oʻtlardan, zararkunanda va
kasalliklardan himoyalovchi kuchli
vosita. Ularning qoʻllanishida
oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy
va aralash (integral) usuli ishlab
chiqilgan. Pestitsidlardan optimal
meʼyorlarda va kerakli muddatda
foydalanish qishloq xoʻjaligi ekinlarini
intensiv texnologiya asosida yetishtirish
elementlaridan biridir.
Oʻsimlikshunoslikda oʻsimliklarning
oʻsishi va hosilga kirishini boshqaruvchi
moddalar — gibberellinlar, auksinlar,
mutagenlar va boshqa hamda
defoliantlar, desikantlar qoʻllaniladi.
Poliploidlar olish uchun mutagenlardan
foydalaniladi.
Chorvachilikda turli mineral ozuqalar —
fosforitlar, karbamid, premikslar,
vitaminlar qoʻshilgan yemlardan
foydalaniladi. Bunday qoʻshilmalar
qishloq xoʻjaligi hayvonlarining toʻliq
oʻsishi, oziqlanishi va mahsuldorligini
taʼminlaydi. Ulardan toʻliq ratsionli
aralash yem ishlab chiqarishda
foydalaniladi. Chorvachilikda ozuqa va
dorivor vositalar sifatida hayvonlarga
zarur mineral moddalar:
makroelementlar va mikro elementlar;
mineral qoʻshimcha sifatida osh tuzi,
boʻr, ohak, ftorsizlantirilgan fosfat,
suyak uni va boshqa beriladi. Tuproqda
mikroelementlar kam rayonlarda
hayvonlar ratsioniga temir, kobalt, mis,
yod, marganets birikmalari qoʻshiladi.
Hazm boʻladigan pro tein
yetishmaganda chorva mollari ratsioni
korbamid (mochevina) bilan toʻldiriladi.
Veterinariya amaliyotida kimyoviy
sintez asosida olingan dori vositalari
qoʻllaniladi. Qishloq xoʻjaligiga azotli,
fosforli va kaliyli mineral oʻgʻitlar,
murakkab oʻgʻitlar yetkazib beriladi.
Suyuq oʻgʻitlar, ayniqsa, azotli oʻgʻitlar
hamda mikrooʻgʻitlar koʻplab ishlab
chiqarilmoqda va ishlatilmoqda.
Bakterial oʻgʻitlar (azotobakterin,
nitragin, entobakterin va boshqalar)
dukkakli oʻsimliklar ildizida azot
toʻplovchi tuganaklar hosil boʻlishiga va
tuproqda azot toʻplovchi
mikroorganizmlar koʻpayishiga yordam
beradi.
Oʻsimliklarni begona oʻtlar, kasalliklar
va zararkunandalardan kimyoviy yoʻl
bilan muhofaza qilish keng yoʻlga
qoʻyilgan, bu maqsadda xlororganik
birikmalar, fosfororganik birikmalar,
oltingugurtning organik birik malaridan
foydalaniladi. Begona oʻtlarni yoʻqotish
uchun ishlatiladigan kimyoviy vositalar
(gerbitsidlar), shuningdek, defoliantlar
va desikantlar ishlab chiqarishda ham
anchagina muvaffaqiyatlarga erishildi.
Qishloq xoʻjaligik.ni amalga oshirishda
kimyoviy vositalardan foydalanish
ishlarini mexanizatsiyalashtirish katta
ahamiyatga ega. Oʻgʻitlarni tayyorlash
va solish uchun mashinalar
(kultivatorlar, quyuq va suyuq oʻgʻitlar
soladigan mashinalar), purkovchi
(yerda) va changlovchi (havoda—
aviatsiya), urugʻlikni dorilovchi va
boshqa moslamalardan keng
foydalaniladi. 2004-yildan boshlab
qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatadigan
"Qishloq xoʻjalikkimyo" hududiy
aksiyadorlik jamiyatlari va ularning
tuman boʻlimlari "Oʻzkimyosanoat"
davlat aksiyadorlik kompaniyasi
tarkibiga oʻtkazildi. Oʻsimliklarni
zararkunanda va kasalliklardan himoya
qilish Respublika markazi va uning
viloyat markazlari hamda barcha
tumanlarda otryadlari (160 ga yaqin)
tashkil etildi.
Oʻzbekiston kimyo sanoati qishloq
xoʻjaligi uchun jami 607,34 ming t
(100% oziq modda hisobida) mineral
oʻgʻitlar, jumladan, 463,77 ming t azotli,
117,16 ming t fosforli, 26,48 ming t kaliyli
oʻgʻitlar yetkazib berdi (2004).
Risqiboy Yoqubov.
Qishloq xoʻjaligi
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Yana q.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Bu sahifa oxirgi marta 26-May 2023, 23 39 da
tahrir qilingan.
•
Matndan
CC BY-SA 4 0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib,
(https://uz.wikipedia.org/w/index.php?
title=Qishloq_xo%CA%BBjaligini_kimyo
lashtirish&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Qishloq_xo
ʻ
jaligini_kimyola
shtirish&oldid=3731244
" dan
olindi
boʻlsa).
Dostları ilə paylaş: |