Ijaraga berilgan yerlardan boshqa maqsadlarda foydalanilishi
amaldagi qonunchilik
hujjatlarida nazarda tutilgan barcha kelib chiqadigan oqibatlari bilan birgalikda ijara
shartnomasining qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi.
Ijaraga oluvchi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham egadir.
VI. Yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish
10. Mazkur ijara shartnomasi shartlarining o‘zgartirilishiga, uning bekor qilinishiga va
to‘xtatilishiga tomonlarning kelishuvi bilan yo‘l qo‘yiladi.
11. Ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer
uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.
12. Ushbu Shartnoma tomonlarning kelishuviga ko‘ra,
tomonlarning kelishuviga
erishilmagan taqdirda esa – sud qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
13. Mazkur Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi va amaldagi qonunchilik
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda bekor qilinishi mumkin.
VII. Tomonlarning javobgarligi
14. Ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada
bajarilmagan
taqdirda, tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq
javobgar bo‘ladilar.
15. Tomonlardan biri ushbu Shartnomaning shartlarini bajarmaganda
yoki qonunchilik
hujjatlarini muntazam ravishda buzganda ikkinchi tomon ushbu Shartnomaning belgilangan
tartibda bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.
16. Bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan har qanday qonunchilik buzilishi Shartnomaning bekor
qilinishiga sabab bo‘lmaydi.
17. Tomonlardan biri Shartnomani bekor qilish mo‘ljali to‘g‘risida
ikkinchi tomonni
Shartnoma bekor qilinishi sabablarini asoslagan holda mo‘ljallanayotgan bekor qilish sanasidan
olti oy oldin yozma ravishda xabardor qiladi.
Dostları ilə paylaş: