Qituvchining muomala madaniyati va psixologiyasi


 Pedagogik taktni egallash shartlari



Yüklə 346 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix22.09.2023
ölçüsü346 Kb.
#147226
1   2   3   4   5
O\'QITUVCHINING MUOMALA MADANIYATI

3. Pedagogik taktni egallash shartlari 
Pedagogik taktni egallash shartlari. Pedagogik takt o’quvchida mahorat bilan 
birga tarbiyalanadi va egallanadi. U – o’qituvchining ma’naviy etukligi, mahsus 
bilimi va bolalar bilan muomala qila olish ko’nikmalarini hosil qilish uchun o’z 
ustida tinimsiz ish olib borishi natijasidir. Eng avvalo bu zamonaviy bolalarning 
yosh psihologiyasi va individual hususiyatlarni yahshi bilish demakdir. 
Odob–ahloq asoslarini bilish, qilmishlarning ahloqiy mohiyatini ko’ra olish 
qobiliyatiga ega bo’lish va albatta, bolalarga ta’sir o’tkaza olish vositalarini bilish, 
ham juda muhimdir. Bu bilimlar bora–bora o’qituvchiga quyidagi malaklarni: 
-
bolalarni sevish, o’z mehrini ko’rsata olish; 
-
bolalar hulq–atvorining ichki tomonlarini kuzatish va ko’ra olish;
-
sharoitga qarab yo’l tutish; 
-
ta’sir o’tkazishning maqsadli usullarini tanlash bu o’rinda tarbiyaning 
aylanib o’tish yo’llarini bilish: (“O’zing bilasan, lekin men senga mana bunday 
yo’l tutishni maslahat berardim”); 
-
bolalar bilan suhbatlasha olish (taktsiz o’qituvchi bolani passiv 
eshituvchiga aylantirib qo’yadi) kabilarni egallashi kerak. 
To’g’ri muomala uslubini shakllantirishda sabr–toqatlilik, o’zini boshqara 
olish; adolatlilik, boshqalarning tajribasiga ijodiy yondashish, pedagogik texnikani 
rivojlantirish kabilar muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchi doimo 
o’quvchisidagi insonni hurmat qilishi va o’z qadr–qimmatini saqlashi kerak. 
SHuni bilish kerakki, o’qituvchi va o’quvchi pozitsiyasining mos 
kelmasligidan paydo bo’ladigan ziddiyatlar pedagogik faoliyatda tez–tez uchrab 
turadi. SHuning uchun ham, ayniqsa, yosh o’qituvchilar ziddiyatli vaziyatlarda 
paydo bo’lgan murakkab holatdan (pedagogik maqsadga muvofiq) chiqish uchun 
tajribada sinab ko’rilgan hulq–atvor qoidalariga rioya qilishlari kerak. 

Yüklə 346 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin