Qiymat tushunchasining uslubiy muamolari va qiymatning mehnat nazariyasi
Qiymat qonuni va uning vazifalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotdir. Shuning uchun ham
bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi tovar bo’lib, uning tarixiy va mantiqiy
o’tmishdoshi umumiy tarzda «ne’mat» deb ataladi. Tovar deb insonning biron-bir ehtiyojini qondirib, ayirboshlash uchun ishlab
chiqarilgan ne’matga aytiladi. Ko’rinib turibdiki, tovar ikki xossaga ega:
a) biron-bir ehtiyojni qondirish;
b) ma’lum miqdordagi tovarni boshqa tovarga almashish xossasi.
1.Tovar va uning xususiyatlari
Tovar
Qiymat
Abstrak mehnat
Ijtimoiy mehnat
Iste’mol qiymati
Aniq (konkret)mexnat
Xususiy mexnat
2.Qiymat tushunchasi va qiymatning mehnat nazariyasi
Iqtisodiyot nazariyasi fanida tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga javob berishda ikki xil yo’nalish mavjud hamda ular o’rtasida doimiy ravishda tortishuvlar va munozaralar bo’lib kelmoqda. Biz quyida shu ikki xil yo’nalishdagi nazariyalarning mazmunini o’quvchiga havola qilamiz
Qiymatning mehnat nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari bo’lib Uilyam Petti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari bo’lib Uilyam Petti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi.
U.Petti – qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo’lib, u qiymatning manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi tovar qiymati miqdorini belgilab berishini ko’rsatib o’tgan. Biroq, U.Petti tovarning iste’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni ko’ra olmagan. U tovarning qiymati faqat qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi, deb hisoblagan.