beradi. Chunki, jism harorati qanchalik baland bo‘lsa, u chiqarayotgan
nurlanishlarning to‘lqin uzunligi shunchalik qisqa bo‘ladi. Nisbatan sovuq jismlar
infraqizil nurlar diapazonida nurlanish taratadi va biz bu nurlarni ko‘ra olmaymiz,
lekin, ularning issiqligini, harorat taftini his qilamiz. Eng qaynoq jismlarning ham
rangini biz ko‘ra olmaymiz. Chunki, ular ko‘zga ko‘rinmaydigan mikroto‘lqinlar
diapazonida nurlanish taratadi.
Ehtimol, ko‘zga ko‘rinmas nurlarning kashf etilishi borasida eng mashhur
holatlardan biri bu - kosmik nurlanishlardagi
Relikt mikroto‘lqinli fonning kashf
etilishi
bo‘lgan bo‘lsa kerak. Ushbu kashfiyot Ulkan Portlash haqidagi
gipotezaning haqiqat ekanini tasdiqlovchi dalillardan biriga aylandi. Mohiyatan,
ushbu fon Butun Koinot bo‘ylab uning har bir qismida, ya'ni, Koinotning o‘zi
tomonidan nurlantirilmoqda, chunki, Koinotning o‘zi to‘xtovsiz kengayib, borgan
sari sovib boryapti va o‘zining avvalboshdagi favqulodda ulkan haroratini
yo‘qotmoqda.
Dostları ilə paylaş: