Qobiq turbali i a. q –––––––Turba ichida turba i a. q


Issiqlik almashinish qurilmalari



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix10.01.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#78844
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qobiq turbali i a. q –––––––Turba ichida turba i a. q

Issiqlik almashinish qurilmalari 
Issiqlik almashinish qurilmalari ishlash printsipiga ko`ra rekuperativ
regenerativ, 
aralashtiruvchi 
turlarga 
bo`linadi. 
Rekuperativ (yoki sirtiy) issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik tashuvchilar 
devor 
bilan 
ajratilgan 
bo`lib, 
issiqlik 
shu 
devor 
orqali 
o`tkaziladi. 
Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida qattiq jismdan tashqil topgan birta 
yuza navbat bilan turli issiqlik tashuvchi agentlar bilan kontaktda bo`ladi, natijada 
bu jism bir issiqlik tashuvchidan olgan issiqligini ikkinchisiga beradi. 
Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikki issiqlik tashuvchi 
agent bir-biri bilan o`zaro kontaktda bo`ladi. Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari 
o`z navbatida qobiq - trubali, "truba ichida truba" tipidagi, zmeevikli, plastinali, 
g’ilofli, 
spiralsimon, 
qovurgali 
va 
boshqa 
turlarga 
bo`linadi. 


Kimyo sanoatida asosan sanab o`tilgan birinchi besh turdagi sirtiy issiqlik 
almashinish qurilmalari keng kullaniladi. 
 
Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari 
 Bu turdagi issiqlik almashinish qurilmalari qobiq ichida joylashgan trubalar 
to`plamidan tashqil topgan. Bunda trubalar ikki tomondan truba turiga qotirilgan 
bo`ladi, natijada trubalar tashqi sirti, qobiq va truba turi bilan chegaralangan 
trubalar orasidagi bo`shlik hamda issiqlik almashinish trubalarining ichki sirti va 
ikkita qopqoq bilan chegaralangan trubalar ichki bo`shligi yuzaga keladi. Ushbu 
qurilmalarda issiqlik trubalarning devori orqali uzatiladi. Truba orasidagi 
boshliqdan asosan yuzani ifloslantirmaydigan, cho`kma hosil qilmaydigan issiqlik 
tashuvchilar yuboriladi. Trubalar ichki bo`shlig’idan esa asosan isitilayotgan yoki 
sovitilayotgan suyuqlik yuboriladi. Issiqlik tashuvchilarning harakat tezligini 
oshirish yoki jarayonni samarali olib borish maqsadida bu qurilmalarning ikkala 
bo`shligi ham ko`p hollarda bir necha yo`lli qilib tayyorlanadi. Bir yulli qobik-
trubali issiqlik almashinish qurilmasi, qobiq 1, truba turlari 2, trubalar 3, qopqoq 4, 
issiqlik tashuvchilar kiradigan va chiqadigan patrubkalar 5, 6, bolt 7 va zichlagich 
8 dan iborat.
Issiqlik tashuvchilarning tezligini oshirish maqsadida ko`p yo`lli isitkichlar 
ishlatiladi. Bu isitkichlarda suyuqlikning sarfi kam bo`lganda ularning trubalardagi 
tezligi kichik bo`lib, natijada issiqlik almashinish koeffitsienti ham kam bo`ladi. 
Ko`p yo`lli isitkichlarda trubalarni sektsiyalarga bo`lish uchun yoki muhit harakat 
yo`lining soniga qarab, isitkichning qopqog’i bilan truba turining orasiga 
ko`ndalang to`siqlar o`rnatiladi.Bunda har bir sektsiyadagi trubalarning soni bir xil 
bo`lishi kerak. Ko`p yo`lli isitkichlarda bir yulli isitkichlarga nisbatan muhitlarning 
tezligi yo`llarning soniga qarab proportsional o`zgaradi. 
Kimyo sanoatida 4-6 yo`lli isitkichlar ishlatiladi, chunki yo`llarning soni ortib 
borishi bilan isitkichning gidravlik qarshiligi ortib, qurilmaning konstruktsiyasi 
murakkablashadi. 
Qobik-trubali isitkichlarda qobiq bilan trubalar orasidagi temperaturalarning 


farqiga qarab truba va qobiqning uzayishi har xil bo`ladi. SHuning uchun qobiq 
trubali isitkichlar konstruktsiyasiga ko`ra ikki xil bo`ladi:
1)qo`zg’almas 
turli 
isitkichlar; 
2)kompensatorli 
isitkichlar. 
Qo`zg’almas turli isitkichlarda issiqlik ta`sirida trubalar va qobiq har xil uzayadi, 
shu sababli bunday isitkichlar trubalar va qobiq o`rtasidagi temperaturalar farqi 
katta bo`lmaganda ishlatiladi. 
Temperaturalar farqi 50 S dan katta bo`lganda trubalar va qobiqning har xil 
uzayishini kompensatsiyalash maqsadida linzali kompensatorli
a)U 

simon 
trubali 
b) 
qobiq 
trubali 
isitkichlar 
ishlatiladi. 
Bir yulli qobiq trubali isitkichlar: 
1- qobiq; 2- truba turlari; 3 - trubalar; 4- qopqof; 5,6 - issiqlik agentlari 
kiradigan 
va 
chiqadigan 
shtutserlar; 
7- 
bolt; 
8- 
qistirma. 


Ko’p yulli qobiq trubali isitkichlar: 
a)ikkiyo`lli; b)to`rtyo`lli. 
I - II - issiqlik tashuvchi agentlar; 1 - qopqoq; 2- ko`ndalang to`siqlar. 
Linzali kompensator isitish trubalari va qurilma devori o`rtasidagi 
bosim 
gacha bo`lganda ishlatiladi. 
U - simon qobiq trubali isitkichlarda issiqlik ta`sirida trubalarning 
uzayishidagi kompensatsiyani truba qurilmalarining o`zi bajaradi. 
3 - rasm. Temperatura yuqori bo`lganda qobiq va trubalarni uzaytirishni hisobga 
oluvchi qobiq-trubali isitkichlar: 
a) linza kompensatorli; b) U - simon trubali. 




Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin