Qo‘G‘irchoq teatrining paydo bo‘lishi, tarixiy ildizlari va tarbiyaviy ahamiyati reja



Yüklə 34,2 Kb.
səhifə8/11
tarix27.07.2023
ölçüsü34,2 Kb.
#137689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Qo‘G‘irchoq teatrining paydo bo‘lishi, tarixiy ildizlari va tarb-fayllar.org

3-bosqich. Nusha ko‘chirish. 
Yasalgan qolipdan nusha ko‘chirish uchun eng avvalo, oddiy suvga bo‘ktirilgan qog‘oz parchalari yopishtirib chiqiladi. Sababi nusha tayyor bo‘lgach uni qolipdan chiqarib olish oson bo‘ladi. Oddiy undan atala qilinib, to qo‘yiqlashguncha qaynatiladi. Shu tariqa yelim (kleystr) tayyorlanadi. 
Tayyor yelimni qog‘oz parchalariga surtib, uni qolip devorlariga yopishtirib chiqiladi. Yopishtirilgan qavatlar 6-8 qavatdan kam bo‘lmasligi lozim. Qavat qanchalik ko‘p bo‘lsa qo‘g‘irchoq shunchalik pishiq bo‘ladi.
Yana ham pishiq bo‘lishi uchun har 3 qavat orasiga doka mato ham yopishtiriladi. Qavatlarni yopishtirayotganda shoshilmay yaxshilab yopishtirish zarur. Agarda oraliqqa havo kirib bo‘shliq paydo bo‘lsa, qo‘g‘irchoq sifatsiz chiqadi. 
Qavatlarni qolipga yopishtirib bo‘lgach, uni quritish uchun issiq joyga qo‘yiladi va qurib bo‘lgach tayyor bo‘lgan nushani sekin-astalik bilan qolipning ichidan chiqarib olinadi.
4-bosqich. Yelimlash. 
Ikki bo‘lakdan iborat qo‘g‘irchoqning bosh qismi qaytarib yelimlanadi. Qo‘g‘irchoqning boshi harakatga kelishi uchun unga kichkina tayoqcha (gabit) ni ham qo‘shib yelimlanadi. Ushbu jarayonda ikkala nushaning bir-biriga tekis va artoflari teng ustma-ust tushishiga alohida e’tibor qaratish zarur.


5-bosqich. Pardozlash. 
Tayyorlangan qo‘g‘irchoqqa pardoz berish jarayonida har xil mato va rangli bo‘yoqlardan foydalanish mumkin. Ushbu jarayonda estetik did muhim o‘rin tutadi.bezakni tanlash qo‘g‘irchoqning xarakter xususiyatlaridan kelib chiqadi. Eng avvalo yelimlangan bosh qismini yaxshilab jilvir qog‘oz bilan ishlov beriladi. So‘ngra oq rangli bo‘yoq beriladi. 

6-bosqich. Bezash.
Pardozdan chiqqan qo‘g‘irchoqni bezash uchun tasvirda ko‘rsatilgandek kiyintirilib, qo‘l-oyoqlar ulanib, kiprik, soch-soqol, dumlar, umaman, kerakli narsalar yopishtiriladi. Bo‘ qg‘irchoq qo‘lda kiyib o‘ynatilgani bois ikki barmoq sig‘adigan moslama (patron) qo‘g‘irchoqning panjasiga qo‘shib tikiladi. Qo‘g‘irchoq harakatlanishi uchun tayyor holatga keltiriladi.



Yüklə 34,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin