Qoidalari I. Umumiy qoidalar


haydovchi — tashuvchining vakili hisoblangan va avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs; yukni jo‘natuvchi



Yüklə 32,34 Kb.
səhifə2/6
tarix12.05.2023
ölçüsü32,34 Kb.
#112293
1   2   3   4   5   6
8-seminar

haydovchi — tashuvchining vakili hisoblangan va avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs;
yukni jo‘natuvchi — yukning mulkdori nomidan ish ko‘radigan yoki tashish shartnomasi bo‘yicha mulkning mulkdori hisoblangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
yukni oluvchi — yukni va yukka ilova hujjatlarida ko‘rsatilganlarni olish vakolatiga ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
yuk — yukni oluvchiga berish uchun yukni jo‘natuvchidan tashish uchun qabul qilib olingan moddiy boyliklar. Yuk tovar va idishdan iborat bo‘ladi. Yukning sof og‘irligi “netto”, idishning og‘irligi — “idish”, idish bilan tovarning umumiy og‘irligi esa “brutto” deb ataladi;
tovar tusidagi yuk — yuk, u bo‘yicha yukni jo‘natuvchilar (yukni oluvchilar) tomonidan tovar-moddiy boyliklarning omborxona hisobi yuritiladi;
tovar tusiga ega bo‘lmagan yuk — ular bo‘yicha omborxona hisobi yuritilmaydigan, biroq o‘lchash, tortib ko‘rish, geodezik o‘lchash yo‘li bilan tashish jarayonida hisobga olish tashkil etilgan idishsiz tashiladigan yuklarning turi (grunt, glina, shag‘al, axlat);
yuk o‘rni — avtotransport vositasiga ortishda yoki undan tushirishda yukni tashish yoki yukni oluvchiga topshirish uchun qabul qilish uchun yukning shartli birligi;
yuk olib boriladigan punkt — yuklar jamlanadigan joy;
buyurtmachi, mijoz — yukni jo‘natuvchi, yukni oluvchi, ekspeditor;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
ShChK (shoshilinch choralar kodi) — xavfli yuklarni tashishda avariyalar yoki noxush hodisalar oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan ko‘riladigan chora-tadbirlarning harfli-raqamli kodi;
xavfli yuklar — o‘ziga xos xossalari va xususiyatlari tufayli muayyan omillar mavjud bo‘lgani taqdirda tashish, yuk ortish-tushirish ishlari jarayonida tashilayotgan yuklar, texnika vositalari, qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa obyektlarning portlashi, yonishi yoki shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar;

Yüklə 32,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin