Tomirlarda qon oqimining buzilishida, uni tiklash maqsadida rekonstruktiv operatsiyalar bajariladi.Tomirlar okklyuziyasininig asosiy sabablari tromboz,emboliya,obliterasiyalovchi ateroskleroz.Tomirlarda bajariladigan rekonstruktiv operatsiyalar 2 guruhga bo’linadi:dezobliterasiyalovchi va plastik.
Dezobliterasiyalovchi operatsiyalar tomirning toraygan segmentida qon oqimini tiklashga qaratilgan operatsiyalar .bo’lib hisoblanadi. Operativ aralashuv xarakteri tomir yopilishiga olib keluvchi sabablar va tomir devoridagi o’zgarishlarga bog’liq. Tomir devoridagi o’zgarishlarsiz kechuvchi tromboz, emboliyalarda tromb yoki embolektomiya operatsiyasi bajariladi. Yirik tomirlarning aterosklerozida, tromb o’zgargan tomir intimasi (trombendarteriektomiya) bilan birga olib tashlanadi.
Tomirlarda bajariladigan plastik operatsiyalar jarohatlangan tomir segmentining auto,allo, ksenotransplantat bilan almashtirishga qaratilgan.Plastika maqsadida ishlatiladigan tomir ptotezlari dakron,kapron, ftoroplastdan tayorlanadi.Tomirlar plastikasining quyidagi turlari mavjud:aytotransplantatsiya-xususiy to’qimalarni ko’chirib o’tqazish, allotransplantatsiya- defekt o’rnini tur ichidagi to’qima bilan almashtirish, kserotransplantatsiya-defektni yangi yoki konservatsiya qilingan hayvonlar arterial stvolini ko’chirib o’tqazish, exsplantatsiya-arterial stvoldagi defektni polimerlardan (kapron,Teflon,dakron) qilingan qilingan toqimani ko’chirib o’tqazish yordamida yuqotish.
Tomirlar jarrohligida shuntlash deganda vaqtinchalik yoki doimiy qon qon tomirni hosil qilish tushuniladi. Shuntlar bir-biridan qaysi materialdan tayorlanganligi va tomirlarga qaysi usulda ulanganligi bilan farq qiladi.Shunt qoyish usullari 2 turga bo’linadi: tashqi va ichki.Tashqi shunt tomirning shunt qoyiladigan sohasidan tashqarida o’tadi.Vaqtinchalik shunt asosiy tomirdagi qon oqimi tiklangandan keyin olib tashlanadi.Doimiy shunt olib tashlanmaydi.Ichki shunt qo’yish tiklangan qon oqimida tomirlarning oxirini-oxiriga ulashga imkon beradigan usullar bilan amalga oshiriladi.