Qon aylanish tizimining yosh xususiyati va gigiyenasi



Yüklə 33,06 Kb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü33,06 Kb.
#164362
1   2   3
QON AYLANISH TIZIMINING YOSH XUSUSIYATI VA GIGIYENASI

Yurak va qon tomirlar
Ikkita qorinchaning ko’ndalang kesimi
Yurakni devori. Yurak devori turli qalinlik va strukturadagi uchta qatlamlardan tashkil topgan. (chizma 5.7)

  • Endokard

  • Miokard

  • Epikard

Epikart va perikarning ichki tomomoni orasida ingichka siroz bo’shlig’i yotadi, kam suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi. Qaysiki perikard qopchasidagi yurakning friksion (ishqalanadigan) harakatini ta’minlaydi. Miokard 0.7 sm qalinlikda o’ng qorinchada joylashgan. Chap qorinchaning devori, chunki uning yuqori bosimi va ketma-ket ko’tarilgan og’irlik hisobiga o’rtacha 1.4 sm qalinlikda bo’ladi.
Yurakning o’tkazuvchanlik tizimi
Impul’s o’tkazilishi va yurak muskily siqilishi bir qancha farqlarni namoyon qiladi. Sinus tugunidan atrio qorincha tuginiga boradi undan gis tugini bo’ladi. Gis tugini tolasimon yurak sneltiga harakatni boshlaydi va uni qorincha miyokardiga o’tkazadi. U yerda u birinchi tugun sohasi bo’ylab ichki qorincha pardevoriga o’tadi. Shuning uchun purkenji tolalari tomonidan taqsimlanadi va bu butun qorincha miyokardi orqali yuz beradi. (5.8 chizma)
Tojsimon arteriyalar faqat yurak muskulini taminlaydi ular tezda aorta klapani tepasidagi aortadan paydo bo’ladi va ularning yirik tarmoqlari miokard bo’ylab yuboriladi va bu ularning tashqaridan yurak muskuliga kiradigan terminal tarmoqlai orqali yuz beradi.
Yurak va qon tomirlari. Embrion qon aylanish.
Tug`ilmagan bolaning qon sistemasi tug`ilgan bolanikiga qaraganda farqli bo`ladi. Tug`ilmagan bolaning o`pkalari hali ishlamaydi, unda gazlar almashinuvi bo`lmaydi, qonning asosiy qismi o`ng bo`linmadan chap bo`linmaga o`tadi. O`ng bo`lma orqali o`pka arteiyasiga yetadigan qon aortada qisqa doira orqali oqadi. Embrion qon aylanishda kerakli gaz almashinuvi placentada qatnashadi. Kislorodga yaxshi to`yinmagan qon plastinkaga ikkita umbilical arteriolar orqali oqadi. Kislorodga to`yingan qon bola organizmiga umbilical vena orqali qaytib keladi. Tug`ilishdan kryin o`pkalar kengayadi va o`pkadagi qon aylanishularning qo`shilib rivojlanishi natijasidan rivojlanadi. Bir vaqtning o`zidan oval va arteriosus yopiladi, bu o`zgargan bforamen `sim farqlari natijasida sodir bo`ladi.
Arterial sistema hamma sistematik sirkulyatsiya aorta orqali oqadi. 2 ta korona qon tomirlarining paydo bo`lishida keyin, aorta arki sifatida egiladi va so`ng umurtqa ro`parasidagi chap tomonida pastga boradi. Aorta diafragmani kesib o`tadi qorin aortasi sifatida, bu to`rtinchi bel umurtqa suyagiga to`g`ri keladi va ikkita illik atreryasiga bo`linadi.2 ta katta tomir tizimi, bosh va oyoq qo`llarni taminlovchi, aortic yoyidan ajraladi. O`ng tomondan chiqadigan birinchi sohasi (tomir) o`ng sapclavin va o`ng carotid arterialarning umumiy asosiy qismidir . Aorta arkidan chiqadigan ikkinchi va uchinchi sohalar (tomirlar) chap umumiy katorit arteriyasidir.
Aortadan chiqqandan keyin o’ng tojsimon arteriya tojsimon egatchalarga kiradi. Avval o’ng yurak bo’lmasi ostida keyin o’ng yurak chegarasi atrofida yurak diafragmatik yuzasi tomonga tomonga harakat qiladi. U orqa ichki qorincha tarmog’ida tugaydi. Qaysiki yurak apeksiga tomon harakat qiladi.
Chap yurak bo’lmasi
Katta yurak venasi aortaning pastga tushuvchi qismi (pars desendens aortae) IV ko‘krak umurtqasi sohasidan boshlanib, IV bel umurtqasi sohasida o‘ng va chap umumiy yonbosh arteriyalariga bo‘linadi. Bo‘lingan joyi bifurcatio aortica deb ataladi. Aortaning davomi esa ingichka dumg‘azaning o‘rta arteriyasiga (a. sacralus mediana) aylanib, dumg‘azaning chanoq yuzasidan pastga tomon yo‘naladi. Aortaning pastga tushuvchi qismi o‘z navbatida ko‘krak va qorin qismlariga ajratiladi.Aortaning ko’krak qismi (pars thoracica aortae) ko’krak qafasida orqa ko‘ks oralig‘ida joylashadi. Dastlab u qizilo‘ngachning old va chap tomonida yotadi. VIII-IX ko‘krak umurtqalari sohasida qizilo‘ngachni chap tomonidan aylanib uning orqa tomoniga o‘tadi. Aortaning qorin qismi (pars abdominalis aortae)diafragmaningaorta teshigidan o‘tgan joyda XII ko’krak umurtqasi sohasidan boshlanib bel umurtqalarining old tomonida yotadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqda aortaning diametri 18-20 mm, kengligi 15-16 yoshlarda 4 sm bo‘ladi. Pastga tushuvchi aorta 50 yoshgacha 4 marta uzayadi. Bu davrda uning ko‘krak qismi qorin qismiga nisbatan tezroq o’sadi.
Aorta ravog‘i tarmoqlari. Yelka-bosh poyasi (truncus brachiocepalicus) aorta ravog‘idan o‘ng II qovurg‘a tog‘ayi sohasida chiqadi. Yelka-bosh poyasi yuqoriga va o‘ng tomonga yo‘nalib, o‘ng to‘sh-o‘mrov bo‘g‘imi sohasida o‘ng umumiy uyqu va o‘ng o‘mrov osti arteriyasiga bo‘linadi. Umumiy uyqu arteriyasi (a. carotis communs) o‘ng tomonda yelka-bosh poyasidan chap tomonda bevosita aorta ravog‘idan boshlanadi. Shuning uchun chap umumiy uyqu arteriyasi o‘ngiga nisbatan 2-2,5 sm uzun. Umumiy uyqu arteriyasi to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon va kurak - til osti mushaklarning orqasida bo‘yin umurtqalari ko‘ndalang o‘simtalari oldida vertikal yo‘nalib yuqoriga ko‘tariladi. Bo‘yinda uning lateral tomonida ichki bo‘yinturuq venasi, orqa tomonida adashgan nerv joylashgan bo‘lib, bo‘yin fastsiyasi bilan o‘raladi va bo‘yinning tomirli - nervli dastasini hosil qiladi. Qalqonsimon tog‘ayning yuqori chekkasi sohasida har bir umumiy uyqu arteriyasi bifircatio carotidis hosil qilib tashqi va ichki uyqu arteriyalariga bo‘linadi. Ular bo‘lingan joyda quyuq kapillyarlar to‘ri va nerv uchlaridan iborat uyqu koptokchasi (glomus caroticum) joylashgan. Aorta ravog‘idan boshlanuvchi umumiy uyqu arteriyasining kengligi bir yoshgacha 3-6 mm bo‘lsa, 15-16 yoshda 6-7 mm, kattalarda 9-14 mm bo‘ladi.
Pastga tushuvchi aorta (aorta decendens) aortaning eng uzun qismi. U ko‘krak va qorin qismlariga bo‘linadi. Pastga tushuvchi aorta bolalarda IV ko‘krak umurtqasi sohasidan boshlanib, umurtqa pog‘onasi bo‘ylab V bel umurtqasi sohasigacha tushadi.Yangi tug‘ilgan chaqaloq aortasi diametri 18-20 mm bo‘lsa, balog‘at davrida 4 sm ga yetadi. Bu davrda pastga tushuvchi aortaning ko‘krak qismi qorin qismiga nisbatan tez o‘sadi.
Aortaning ko‘krak qismi. Pastga tushuvchi aortaning ko‘krak qismi (aorta thoracica) ko‘krak qafasida orqa ko‘ks oralig‘ida yotadi. Undan ko‘krak qafasi devoriga boruvchi parietal va ichki a’zolarga boruvchi vistseral tarmoqlar chiqadi.
Ko‘krak aortasining parietal tarmoqlari quyidagilar:
1.Qovurg‘alararo orqa arteriyalar (a. intercostalis posteriores) 10 juft bo‘lib, III-XII qovurg‘alar oralig‘ida, qovurg‘a egatida tashqi va ichki qovurg‘alararo mushaklar o‘rtasida yotadi. Bu arteriyalar qovurg‘alararo mushaklarni, qovurg‘ani va ko‘krak terisini qon bilan ta’minlaydi. Orqa qovurg‘alararo arteriyalardan qovurg‘a boshining pastki chekkasida orqa mushaklari va terisiga orqa tarmoq (r. dorsalis), undanumurtqalararo teshik orqali kirib orqa miya va uning pardalarini qon bilan ta’minlovchi orqa miya tarmog‘i (r. spinalis)chiqadi. Orqa qovurg‘alararo arteriyaning lateral va medial teri shoxlari (rr. cutanei medialis et lateralis) ko‘krak va qorin terisini qon bilan ta’minlaydi. Bundan tashqari IV-VI qovurg‘alararo arteriyalardan sut bezlari tarmoqlari (rr. mamaria lateralis) ham chiqadi. XII orqa qovurg‘alararo arteriya XII qovurg‘a ostida yotgani uchun qovurg‘a osti arteriyasi (a. subcostalis) deb ataladi. X-XII orqa qovurg‘alararo arteriyalar qorin qiyshiq mushaklari orasidan o‘tib, qorin ustining ustki arteriyasi tarmoqlari bilan anastomozlashadi.
2.Diafragmaning ustki arteriyasi (a.phrenicae superioris) juft, aortadan diafragmani ustida boshlanib, uning bel qismini va uni qoplagan parietal plevrani qon bilan ta’minlaydi.



Yüklə 33,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin