29-rasm.Yurakning tuzilishi: 1 - o’ng bo’lmacha; 2 - o’ng qorincha; 3 - chap bo’lmacha; 4 - chap qorincha; 5 - aorta yoyi; 6, 7 - yuqorigi vapastki kovak venalar; 8 - o’pka arteriyasi; 9 - ikki tavaqali klapan; 10 - uch tavaqali klapan; 11 -12- yarimoysimon klapanlar.
Yurakningishlashi.Yurak nasos singari vena qon tomirlaridagi qonni so’rib, arteriya qon tomirlariga chiqarib beradi. Yurakning bu ishiundagi muskullar ritmik ravishda qisqarib bo’shashganida yurak bo’lmalari va qorinchalarining torayishi va kengayishi natijasida amalga oshadi.Yurak bo’lmalari va qorinchalarining qisqarishi — sistola, kengayishi — diastola deyiladi. Boimalar va qorinchalar navbat bilan qisqarib-kengayadi. Yurak bo’lmalari va qorinchalarining bir martadan qisqarib bo’shashishi yurak sikli deyiladi. Yurak orqali bir minutda 5 1 qon oqibo’tadi, lekin bu qondan o’z ehtiyoji uchun foydalanmaydi. Yurak muskullari ikkita maxsus tojsimon arteriya orqali qon bilan ta’minlanadi. Tinchholatida katta odam yuragi bir minutda 70 - 72 marta qisqaradi va kengayadi. Yurak sikli o’rtacha 0,8 sek. davom etadi.
Yurakningsistolikvaminutlikhajmi.Yurak qorinchalari bir marta qisqarganida 65 - 70 ml qonni aortaga chiqaradi. Bu yurakning sistolikhajmideb ataladi. Sistolik hajmni bir minutdagi qisqarishlar soniga ko’paytirish orqali har bir yurak qorinchasining minutlik sistolik hajmini topishmumkin, ya’ni: 70 ml x 70 = 4,9 litr.
Yurakavtomatiyasi. Tinch holatda yurak bir daqiqada 70 marta qisqaradi. Bir kecha-kunduzda yurak 100000 marta qisqarib, 10 tonnaga yaqin qonni qon tomirlariga chiqarib beradi.Yurak tanadan ajratilganda ham ma’lum vaqt davomida o’z-o’zidan qisqarib turadi. Yurakning bu xususiyati uning muskullarida joylashgan maxsus hujayralarda muttasil paydo bo’libturadigan qo’zg’alishlar bilan bog’liq.
Yurakning o’z muskullarida paydo bo’lib turadigan qo’zg’alishlar ta’sirida bir me’yorda qisqarib turishi yurak avtomatiyasi deyiladi.