Qon aylanishining ahamiyati, yurakning tuzilishi slayd



Yüklə 8,59 Kb.
səhifə2/3
tarix05.12.2023
ölçüsü8,59 Kb.
#173577
1   2   3
Yurak va qon aylanish tizimi

Yurakning tuzilishi

  • Yurakning ichki bo‘shlig‘i to‘rt qismga bo‘lingan. Uning yuqori bo'limlari o‘ng va chap bo'lmalar, pastki bo‘limlari o‘ng va chap qorinchalar deyiladi. Yurakning o‘ng bo‘lmasi uch tavaqali klapan orqali o‘ng qorinchaga, chap bo‘lma ikki tavaqali klapan orqali chap qorinchaga ochiladi. Bo‘lmalar qisqarganida ulardagi klapanlar qorinchalar bo‘shlig‘iga ochilib, qon bo‘lmalardan qorinchalarga oqib o‘tadi. Chap qorincha bilan aorta qon tomiri o‘rtasida hamda o‘ng qorincha bilan o‘pka artenyasi o‘rtasida bittadan yarimoysimon klapanlar joylashgan. Yurak bo‘lmalari devori ancha yupqa, muskullari kuchsiz rivojlangan. Yurak qorinchalari muskullari qonni katta va kichik qon aylanish doiralari orqali chiqarib, katta ish bajaradi. Shu sababdan qorinchalar devori qalin va muskulli bo‘ladi. Ayniqsa, qonni katta qon aylanish doirasiga chiqaradigan chap qorincha muskullari kuchli rivojlangan. Uning devori o‘ng qorincha devoriga nisbatan 2-3 marta qalin bo'ladi.

O‘ng bo‘lmacha
Chap qorincha
O‘ng qorincha
Chap bo‘lmacha
Yurak kameralari
Yuqorigi kovak vena
Pastki kovak vena
Aorta
Yirik qon tomirlari
Uch tavaqali klapan
Ikki tavaqali klapan
Yarimoysimon klapanlar
Yurak klapanlari
Yurak avtomatiyasi
Tinch holatda yurak 1 minutda 70 marta qisqaradi. Yurak bir kecha-kunduzda 100000 marta qisqarib, 10 tonnaga yaqin qonni qon tomirlariga chiqaradi. Yurak tanadan ajratilganda ham ma’lum vaqt davomida qisqarib turadi. Bu xususiyat yurak muskullarida joylashgan maxsus hujayralarda paydo bo‘lib turadigan qo‘zg‘alishlar bilan bog‘liq. Yurakning o‘z muskullarida paydo bo‘ladigan qo‘zg‘alishlar ta’sirida bir me’yorda qisqarish xususiyati yurak avtomatiyasi deyiladi.
Yurak sikli
Yurak bo‘lmalari va qorinchalar navbat bilan qisqaradi. Yurak bo‘lmalari va qorinchalarining bir martadan qisqarib, bo‘shashi yurak sikli deyiladi. Yurak bo‘lmalarining qisqarishi 0,1 sekund davom etadi; qon bo‘lmalardan qorin­chalarga chiqariladi. Shundan so‘ng chap va o‘ng qorinchalar 0,3 sekund davomida qisqarib, tomirlarga qon chiqariladi. Keyin bo‘lmachalar va qorinchalar muskullari 0,4 sekund davomida bo‘shashib, dam oladi. Shunday qilib, yurak sikli o'rtacha 0,8 sekund davom etadi.

Yüklə 8,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin