Qon sporalilar turkumi. (Haemosporidia)


Bezgak plazmodiysining hayot sikli



Yüklə 49,18 Kb.
səhifə5/7
tarix16.04.2023
ölçüsü49,18 Kb.
#98763
1   2   3   4   5   6   7
Qon sporalilar turkumi 2-mustaqil ish

Bezgak plazmodiysining hayot sikli.


  • Plazmodiylarning hayot sikli bir-biriga o‘xshash bo‘lib, quyidagicha boradi. Bezgak chivini (Anopheles)ning urg‘ochisi odam qonini so‘rganida (erkak chivinlar qon so‘rmasdan, balki gul nektari bilan oziqlanadi) odam qoniga bezgak plazmodiysining juda ко‘p sporozoitlari o‘tadi. Plazmodiy sporozoitlari 5-8 mkm keladigan juda kichik chuvalchangsimon bir yadroli hujayralar bo‘lib, tuzilishi koksidiyalaming sporozoidariga o‘xshaydi. Lekin konoidi bo'lmaydi. Sporozoitlar qon oqimi bilan butun tanaga tarqalib ketadi. Ular jigar va qon tomirlari endoteliysi (ichki qoplama qavati) hujayralariga kirib olib, trofozoit va shizont stadiyalarini o‘taydi. Jinssiz ko‘payish (shizogoniya) natijasida shizontlardan juda ko‘p bir yadroli hujayralar – merozoitlar hosil bo'ladi. Merozoidar endi zararlangan organning boshqa hujayralariga va qon eritrotsitlariga kirib olib o‘sadi. Parazitning eritrotsitlar gemoglobini hisobiga oziqianib o'sadigan stadiyasi trofozoitlar deyiladi.

Rivojlanishning boshlanish davrida trofozoitlar tanasining markazida vakuol bo‘lganligi sababli uzuk shaklida ko'rinadi. Keyinroq vakuol asta - sekin yo'qoladi va parazit amyobasimon shaklga kiradi. Trofozoitlardan bo‘linib ko'payuvchi shizontlar liosil bo'ladi. 0‘sayotgan trofozoitlarda koksidiyalar merozoitlaridagiga o‘xshash ultratsitostom bo'lishi aniqlangan. Shizontlar eritrotsit hujayrasini to‘ldirib oladi. Parazit eritrotsitlar gemoglobinining bir qismini hazm qiladi; hazm bo‘lmasdan qolgan qismi esa qoramtir pigment melaninga aylanadi. Har qaysi eritrotsitlardagi har bir shizont bo‘linib (shizogoniya) 10-20 merozoit hosil qiladi. Merozoitlar eritrotsitlami yemirib, qon plazmasiga chiqadi va yangi eritrotsitlarga kirib oladi. Jinssiz ko‘payish yana takrorlanadi.


  • Rivojlanishning boshlanish davrida trofozoitlar tanasining markazida vakuol bo‘lganligi sababli uzuk shaklida ko'rinadi. Keyinroq vakuol asta - sekin yo'qoladi va parazit amyobasimon shaklga kiradi. Trofozoitlardan bo‘linib ko'payuvchi shizontlar liosil bo'ladi. 0‘sayotgan trofozoitlarda koksidiyalar merozoitlaridagiga o‘xshash ultratsitostom bo'lishi aniqlangan. Shizontlar eritrotsit hujayrasini to‘ldirib oladi. Parazit eritrotsitlar gemoglobinining bir qismini hazm qiladi; hazm bo‘lmasdan qolgan qismi esa qoramtir pigment melaninga aylanadi. Har qaysi eritrotsitlardagi har bir shizont bo‘linib (shizogoniya) 10-20 merozoit hosil qiladi. Merozoitlar eritrotsitlami yemirib, qon plazmasiga chiqadi va yangi eritrotsitlarga kirib oladi. Jinssiz ko‘payish yana takrorlanadi.

  • Eritrotsitlar yemirilganida qonga melanin bilan birga zaharli raoddalar almashinuv mahsulotlari chiqariladi. Zaharli maxsulotlar ta'sirida odam or­ganizmida moddalar almashinuvi o'zgarib, tana harorati keskin ko‘tariladi va bezgak huruj qila boshlaydi. Bir necha marta jinssiz ko'payish (shizogoniya) siklidan keyin parazit ко‘payishdan to‘xtaydi.

Yüklə 49,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin