Qonun – ustuvorligi jamiyat farovonligining garovi



Yüklə 16,89 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü16,89 Kb.
#123078
7. Qonun – ustuvorligi jamiyat farovonligining garovi


Qonun – ustuvorligi jamiyat farovonligining garovi

Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatli rivojlanishiga, insoniyat taqdiriga bo‘lgan munosabatning o‘zgarishi bilan xarakterlidir. Bugungi ma’naviyatimiz dunyoviy muammolaru serqirra hayotning barcha jabhalariga yangicha nazar bilan qarash imkonini yaratdi. Darhaqiqat, qisqa vaqt ichida ongimizda asrga tatigulik evrilish yuz berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayo­tida yuz bergan keng qamrovli o‘zgarishlarni mushohada qilar ekanmiz, istiqlolning hayotbaxsh zaminida yurtimizda yangi demokratik qadriyatlar ildiz otganini, inson huquqlari va uning erkini ta’minlashga qaratilgan huqu­qiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiya­tiga xos zamonaviy tuzilmalar shakllanganini qayd qilmoq lozim. Sohibqiron Amir Temur bobomizning «Qaerda qonun hukmronlik qilsa, o‘sha yerda erkinlik bo‘ladi», — degan o‘giti sharqona huquqiy davlat qu­rishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu hikmat bugun ham o‘ziga xos ma’no kasb etmoqda. Preziden­timiz aytganidek, “Adolat va haqiqat g‘oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarini qamrab olmog‘i lozim. Adolat va haqiqat g‘oyasi qonunchilik faoliyati­mizning zamini, bosh yo‘nalishi bo‘l­mog‘i shart”. Albatta, erkin va adolatli jamiyat qurish uchun qonunga tayanishimiz va qonun ustuvorligiga erishishimiz lozimdir. Chunki har qanday davlatning qudratli va mustahkam bo‘lishi, xal­qining tinch va farovon hayoti amaldagi qonunlarning ustuvorligiga bog‘liqdir. Mamlakatimizda ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar qonun yo‘li bilan tartibga solinayotgani, qabul qilinayotgan qonunlar zamirida insonparvarlik va odillik g‘oyasi yotganligi — mustaqil diyorimizda adolat tantanasidan nishonadir. Jumladan, o‘lim jazosini bekor qilingani, fuqarolarni qamoqqa olishga sanktsiya berish huquqining prokuraturadan sudlarga o‘tkazilgani, odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunlarning qabul qilingani yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Jamiyatda qonunlarning ustuvorligi o‘sha jamiyat hayotida demokratiyaning qaror topishiga olib keladi. Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri ham jamiyat a’zolarining qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlanganligidir. Shu bilan birga qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat bo‘lmog‘i lozim – degan fikrlarni bildirdilar. Shundan so’ng litseyimizning ijtimoiy -gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Sh. Yunusova konstitutsiyamizning bugungi hayotimizdagi ahamiyati va ro’li haqida quyidagi fikrlarni bildirib o’tdi:


-Buni mazkur hujjatning birinchi moddasidan to oxirgi moddasigacha inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, vatan ravnaqi hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilib kelayotgan umumbashariy g‘oyalar singdirilganida ham ko‘rish mumkin. Asosiy qonunimizda buyuk ne’matlar orasida eng ulug‘i — “inson uchun” degan g‘oya ilgari surilib, uni ulug‘lash, uning erkin kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish o‘z aksini topgan. Boshqacha aytganda, “fuqaro — jamiyat — davlat” o‘rtasidagi izchil hamkorlikning huquqiy yechimi asoslab berilgan. Demokratik davlatda jamiyat a’zolarining huquq va erkinliklari kafolati doimiy harakatdagi mexanizmga o‘xshashi lozim. Konstitutsiyaning 19-moddasida “hech kim sud qarorisiz fuqarolarni huquq va erkinliklaridan mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga haqli emas”ligi belgilab qo‘yilganki, bu qoida huquqbuzar kim bo‘lishidan qat’i nazar, javobgarlikka tortish mumkinligini bildiradi. Kafolat tizimida iqtisodiy omilga keng o‘rin berilgan. Chunki iqtisodiy hayot qanchalik farovon bo‘lsa, huquqning amaldagi kafolat darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.Shubhasiz, inson o‘z kons­titutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalga oshirish jarayonida ba’zan turli darajadagi davlat bosh­qaruvi organlari bilan to‘qnashadi. Konstitutsiyasida inson manfaatlaridan davlat manfaatlarining ustunligi qonunlashtirib qo‘yilgan edi. Bugungi Asosiy qonunimizda esa davlat ham, jamiyat ham, avvalo, inson manfaatlariga xizmat qilishi, uning haq-huquqlarini himoya etishi ustuvor tamoyil sifatida aniq belgilab qo‘yilgan. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Biz boshlagan islohotlarimizning pirovard maqsadi bitta — adolatli jamiyat barpo etish. Islohot islohot uchun emas, avvalo inson uchun, inson manfaatlarini ta’minlash uchun”. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish sharoitida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidagi konstitutsiyaviy kafolatlar tizimini hayotga tatbiq etishga qaratilgan islohotlar jamiyatning shu maqsad yo‘lidagi vazifalariga to‘liq mos kelmoqda, inson huquqlarini kafolatlovchi milliy mexanizm yaratilmoqda. Inson huquq hamda erkinliklarini ta’minlovchi va kafolatlovchi davlat organlari tizimi tashkil etilib, ixtisoslashgan nodavlat tashkilotlarining paydo bo‘lishiga ko‘maklashmoqda. Hozirgi paytda insonning huquq hamda erkinliklarini ta’minlash mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida inson va fuqaro huquq hamda erkinliklarining kafolatlari to‘g‘risida qonun qabul qilish maqsadga muvofiqdir.Inson huquqlari g‘oyasi milliy parlamentimiz faoliyatida doimiy o‘rin egallashi darkor. Har qanday qonun ishlab chiqilayotgan va muhokama etilayotgan paytda insonning asosiy huquqlariga qanchalik mos kelishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Ana shu prinsiplarga og‘ishmay rioya etilgan taqdirdagina chinakam fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish mumkin.
Tadbir qonun ustuvorligi va inson maanfatlarini taminlash – yurt taraqqiyoti va farovonligini garovi borasidagi keng qamrovli tushunchalar ostida, baxs-munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Yüklə 16,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin