Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan


-bob. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari



Yüklə 208,16 Kb.
səhifə12/13
tarix07.01.2024
ölçüsü208,16 Kb.
#201348
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O‘RQ-595 16.12.2019

10-bob. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.01 Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 Ta’lim muassasalari]

52-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minoti
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minotini quyidagilar amalga oshiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va uning tasarrufidagi ilmiy-uslubiy muassasalar;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tegishli tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim tashkilotlari;
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish institutlari (kurslari).
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-maydagi 418-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy ta’minotini qonunchilikka muvofiq boshqa ilmiy va ta’lim tashkilotlari ham amalga oshirishi mumkin.
(52-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.01 Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 Ta’lim muassasalari]

53-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari
Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlash vazifalari quyidagilardan iborat:
ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-uslubiy va didaktik materiallar ishlab chiqish va ishlab chiqarish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
maktabgacha ta’lim va tarbiyani boshqarishning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga joriy etiladigan ta’lim uslublari va dasturlari samaradorligini tahlil qilish hamda baholash.

Yüklə 208,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin