Qonunga asosan aksiyadoriaming umurniy yig‘ilishi aksiyadorlik jamiyatining oliy organi bo‘lib hisoblanadi. Bu quyidagi ikki sabab orqali yuzaga kelgan:
- birinchidan, bu aksiyadoriik jamiyati egalari yoki aksiyadorlar ishtirok etadigan organ;
- ikkinchidan, bu aksiyadorlar bevosita korporatsiyani boshqarishi va o‘zlarining manfaatlarini amalga oshirishi mumkin boigaa organ.
Faqat umumiy majlisigina jamiyatni boshqarish tartibini belgilaydi, ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, korporatsiyaning mol-mulki va umuman jamiyatning taqdirini hal qilish vakolatlariga ega bo'Iadi. Bu shu bilan izohlanadiki, aksiyadorlaming umumiy yig‘ilishi bu aksiyadorlik jamiyatini boshqarishning an'anaviy, tarixiy, tekshirilgan oliy organidir. Bunday boshqaruv organining mavjudligi aksiyadorlik kapitalining mohiyati va jamiyat ishlarini boshqarishda umumiy majlis orqali ishtirok etuvchi shaxs sifatida aksiyadorlaming maqomi bilan belgilangan. Bunda aksiyador uchun muhimi aksiyadorlik jamiyatining muhim masalalari, masalan, jamiyatni tugatish yoki qayta tashkil etish, shuningdek, vakillik organini (kuzatuv kengashi yoki direktorlar kengashini) tanlash bo‘yicha ovoz berish huquqiga ega boiish hisoblanadi.
1996-yil 26-apreIda qabul qilingan "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlaming huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi 0‘zbekiston Respublikasining qonunida umumiy majlisning vakolatlari, uni chaqirish tartibi, qarorlami qabul qilish tartibi kabi qoidalar mustahkamlangan.
Umumiy majlis qonun bilan beigilangan mutlaq vakolatga ega bo‘ladi. Uning mutlaqligi shunda ko‘rinadiki, umumiy majlis o‘zining mutlaq vakolatlari doirasiga kirgan masalalami boshqa boshqaruv organlariga berish huquqiga ega bo‘lmaydi (qonunning 65-moddasi). Buning ustiga mutlaq vakoiatlar tarkibiga jamiyatning mavjud bo'lishi biian bogiiq masaialar kiritilgan. Bularga: jamiyatni tugatish komissiyasini tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash; jamiyat kuzatuv kengashining miqdor tarkibini belgilash, uning a'zolarini saylash va ulaming vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish; e'lon qilingan
260 www.ziyouz.com kutubxonasi
aksiyalaraing eng ko‘p miqdorini belgilash; jamiyatning ustav fondini ko‘paytirish; jamiyatning ustav fondini kamaytirish; o‘z aksiyalarini qaytarib sotib olish; jamiyatning auditorini tasdiqlash; jamiyatning yillik hisobotlari, balanslari, daromad va xarajat hisob- kitoblarini tasdiqlash; yirik bitimlar tuzish va boshqalar.
Lekin agar qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, umumiy majlisning mutlaq vakolatlari doirasiga kiruvchi ba’zi masalalar kuzatuv kengashiga berilishi mumkin. Qonun quyidagi masalalami hal etishni kuzatuv kengashi ixtiyoriga berilishi mumkin:
1) aksiyalaming nominal qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha aksiya chiqarish orqali jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risidagi;
2) jamiyat ustaviga uning ustav fondini ko‘paytirish bilan bog‘liq o‘zgartishlar va qo'shimchalar kiritish to‘g‘risidagi;
3) jamiyatning ijro organini tashkil etish va uning vakolatlarini muddatidan oldin to‘xtatish.
Qonunda umumiy majlislaming ikki turi mustahkamlangan: yillik (hisobot) va aksiyadorlaming navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi. Aksiyadorlaming umumiy hisobot yig‘ilishi jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin ko‘pi bilan olti oy ichida o‘tkaziladi.
Korporativ boshqarishning moliyaviy jihatlari Qo‘mitasining 1992-yilgi hisobotida qayd etilishicha, "direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) va aksiyadorlar o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar aksiyadorlar tomonidan direktorlaming saylanishi, direktorlaming boshqamvlari haqidagi hisoboti va direktoming moliyaviy hisobotlarini tekshirish uchun auditorlami tayinlanishida ko‘rinadi".
Aksiyadorlar va kuzatuv kengashi o'rtasidagi barcha o‘zaro munosabatlardan kelib chiqqan holda bu fikrga to‘liq qo‘shilib bo‘lmasada, bu fikr aksiyadorlaming umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishining mohiyatini aniq ochib beradi. Shuning uchun aksiyadorlaming yillik yig‘ilishi bejiz hisobot yig‘ilishi deb atalmaydi. Shunday qilib aksiyadorlaming yillik (hisobot) yig‘ilishida jamiyatning yillik hisoboti, buxgalterlik balansi, daromad va xarajatlar hisob-kitobi, daromad va zararlaming taqsimlanishi, jamiyatning kuzatuv kengashi va taftish komissiyasini saylash, jamiyatning auditorini tasdiqlash masalalari majburiv tartibda ko‘rib chiqilishi kerak. Yillik majlisda kiritilgan ba'zi
2 6 1 www.ziyouz.com kutubxonasi
masalalar, masalan, jamiyatning kuzatuv kengasbini saylash va auditorini tasdiqlash masalasi navbatdan tashqari majlislarda ham ko‘rib chiqiiishi mumkin.
Garchi jamiyat har yili aksiyadorlaming yiliik yig‘ilishini o‘tkazishga majbur bo‘isada, qonunda yillik majlisni o'tkazish muddatlarini buzganlik yoki bir necha yii uni o‘tkazmaganlik uchun jamiyat yoki uning mansabdor shaxslarining javobgarligi masalasi belgilanmagan. Bunday javobgarlikni o‘matish, balki maqsadga muvofiq emasdir, chunki bunday majlislami o‘tkazish va ularda ishtirok etish aksiyadorlarning o‘zining mulkiy manfaatlariga javob beradi. Aksiyadorlaming muntazam majlislarini o‘tkazmaslik hodisasi XX asming o‘rtalariga qadar AQSH, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatiarda ham kuzatilgan. 0‘sha vaqtda aksiyadorlarda ularga qonun bilan berilgan umumiy majlisda ishtirok etish orqali jamiyatni boshqarish huquqini amalga oshirish istagi boimagan deb qaralardi va bu o‘sha davming ko‘pgina huquqshunos va iqtisodchilarining ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan edi. Yirik kompaniyaiaming aksiyalari shu darajada maydalanib sotiigan ediki, ko‘pgina aksiyadorlar ushbu jamiyatning siyosatini o‘zgartirish uchun behuda vaqt, resurs va kuch sarflardi, chunki siyosatni o‘zgartirishga yo‘naltirilgan ulaming vositalari uncha katta bo‘lmagan qo'yilmalarining daromadlaridan oshib ketishi mumkin edi degan nuqtai nazar bilan yondashiiar edi. Hozirgi kunchaga keng foydalanilib keiayotgan "aksiyadorlarning faolligi" (shareholder activism). tushunchasi shu yerdan kelib chiqdi. Lekin turli omillar, shu jumladan, institutsional investorlaming (pensiya jamg'armalari va boshqalar) aksiyadorlar sifatida faollashuvi, shuningdek, aksiyadorlar va aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasidagi vositachi sifatida moliyaviy institutlaming ishtirok etishi tufayli keyingi yillarda bu hoiat ancha o‘zgardi.
Boshqa tomondan, ovoz berish huquqi qiyin amalga oshadigan htiquq bo‘lib qolishi mumkin. Ko‘pgina mamlakatlarda, shu jumladan, 0‘zbekistonda ham, aksiyadorlar pochta35 orqali ovoz bera olmaydilar, bu esa ko pgina hollarda kichik, ayniqsa, majlis o‘tkaziladigan joydan ancha uzoqda yashovchi aksiyadorlar uchun o‘zining ovoz berish huquqini amalga oshirish uchun har doim ham imkoniyat yaratmaydi. Aksiyadorlaming umumiy yig'ilishlari yillik bilan bir qatorda, navbatdan tashqari tarzda ham o‘tkaziladi. Bunday
55 Hlektron aloqa vositalarini qo'Uash orqali ovoz berish masalasi haligacha tartibga solinmagan.
262
www.ziyouz.com kutubxonasi
navbatdan tashqari yig‘ilishni chaqirish va o‘tkazish uchun jamiyatning kuzatuv kengashi mas'ul bo‘ladi. Qonunning 72- moddasida ko‘rsatilishicha, aksiyadorlaming navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi jamiyat kuzatuv kengashining qarori bilan uning o‘z tashabbusiga binoan, jamiyat taftish komissiyasi talabiga ko‘ra, shuningdek, talab taqdim etilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida o‘n foiziga ega bo‘lgan aksiyadoming (aksiyadorlaming) talabi bilan o‘tkaziladi.
Jamiyatning kuzatuv kengashi quyidagi hollarda aksiyadorlaming navbatdan tashqari majlisini chaqirishni rad etishi mumkin:
- aksiyadorlaming navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar) nazarda tutilgan miqdordagi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining egasi bo‘lmasa;
- jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masalalardan birontasi ham uning vakolatlariga kirmasa;
- kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan masala Qonun va boshqa qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo‘lmasa.
Jamiyat kuzatuv kengashi aksiyadorlaming navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni rad etish haqida qonunga zid qaror qabul qilgan yoki Qonunda belgilangan muddat ichida qaror qabul qilmagan bo‘lsa, aksiyadorlaming navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi uni chaqirishni talab qilgan shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin.
Umumiy yig‘ilishda aksiyadorlik jamiyatini boshqarish bevosita ovoz berish orqali amalga oshiriladi. Bunda bir-aksiya bir-ovoz tamoyili amal qiladi, ya’ni aksiyadorlik jamiyati tomonidan nechta oddiy aksiya chiqarilgan bo‘lsa, shuncha ovozlar mavjud bo‘ladi, demak, shaxsda qancha ko‘p aksiya bo‘lsa, u shuncha ko‘p ovozga ega bo‘ladi va tabiiy ravishda majlisda uning o‘z fikrini o‘tkazishiga shuncha ko‘p imkoniyati bo‘ladi. Lekin qonunning 66-moddasi 2- qismida nazarda tutilgan bir necha ovozga ega bo‘lgan imtiyozli aksiyalar ham chiqarilishi mumkin. Ovoz berishda qaror ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Odatda, aksiyadorlaming umumiy yig‘ilishida oddiy aksiya egalari ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Imtiyozli aksiyalar egalari ulaming bunday ishtiroki jamiyat ustavida nazarda tutilgan hollardagina ovoz berishda ishtirok etadi.
263 www.ziyouz.com kutubxonasi
Imtiyozli aksiyalar kun tartibiga qo‘yilgan quyidagi alohida masalalar bo‘yicha doim ovoz berish huquqiga ega bo‘ladi:
1) jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish masalasini hal etishda;
2) jamiyatning ustaviga imtiyozli aksiya egalarining huquqlarini cheklash bilan bog‘liq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasini hal etishda.
Ovoz berish yuzma-yuz hamda sirtdan o‘tkazilishi mumkin. Yuzma-yuz ovoz berish aksiyadorlar yoki ulaming vakillarining majlisda bevosita ishtirok etishi orqali, sirtdan ovoz berish esa aksiyadorlar o‘zlarining fikrlarini bildiradigan bulletenlar so‘rovi orqali o‘tkaziladi. Umumiy majlisning mutlaq vakolatlari doirasiga kiradigan masalalar faqat aksiyadorlaming bevosita ishtirok etishi orqali hal etilishi lozim.
Umumiy majlisni o‘tkazish tartibi. Aksiyadorlaming umumiy majlisini o‘tkazishni uch bosqichga bo‘lish mumkin:
1) umumiy majlisni o‘tkazishga tayyorgarlik;
2) aksiyadorlaming qarorlami qabul qilishda ishtirok etishi;
3) ovozlami hisoblash va majlis bayonnomasini tuzish.
1. Aksiyadorlarning umumiy majlisni o‘tkazishga tayyorgarlik jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Uning asosiy maqsadi - aksiyadorlar tomonidan ulaming qonuniy huquqlari bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatini boshqarish uchun sharoitlami ta’minlashdan iborat. Tayyorgarlik o‘z ichiga umumiy majlisni o‘tkazishning barcha zarur shartlarini, shu jumladan, quyidagilarni belgilashni o‘z ichiga oladi:
1) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt;
2) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibi;
3) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega boTgan aksiyadorlaming ro‘yxati tuziladigan sana;
4) aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar qilish tartibi;
5) aksiyadorlaming umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborot (materiallar) ro‘yxati;
6) bulleten bilan ovoz beriladigan boTsa, ovoz berish bulleUnining shakli va matni (qonunning 71 -moddasi).
Bunda majlisni chaqirish muhim ahamiyatga ega boTadi. Yillik majlislaming asosiy maqsadi asosan aksiyadorlarga yillik hisobot va
264 www.ziyouz.com kutubxonasi
jamiyat faoliyati sifati haqidagi boshqa axborotlarni taqdim etish bo‘lib hisoblanadi. Dividendlami to‘lash to‘g‘risidagi qaror bilan birgalikda yillik moliyaviy hisobotlami tasdiqlash, aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalalar aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibining asosiy masalalaridan biri hisoblanadi. Ular bo‘yicha chiqarilgan qarorlar ko‘p jihatdan aksiyadorlik jamiyatining yuridik shaxs sifatidagi kelgusi rivojlanishini belgilab beradi va jamiyatning aksiyadorlari va kreditorlari manfaatlariga bevosita daxldor bo‘ladi. Bunda umumiy majlis moliya yili tugagandan keyin kechi bilan 6 oy ichida o‘tkazilishi kerak.
Navbatdan tashqari majlislar aksiyadorlaming umumiy yig‘ilishi mutlaq vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan aksiyadorlarning erki-irodasini aniqlash maqsadida kuzatuv kengashining tashabbusi, taftish komissiyasi yoki jamiyat auditorining talabi yoki talab taqdim etilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida o‘n foiziga ega bo‘lgan aksiyadoming (aksiyadorlaming) talabi bilan chaqiriladi.
Boshqa organlaming hisobotlarini qabul qilish bilan bir vaqtda aksiyadorlik jamiyati umumiy majlisda ham navbatdan tashqari majlisda ham kun tartibiga kiritilgan turli masalalami hal etadi. Yillik majlis kun tartibini ishlab chiqishda jamiyatning kamida 1% ovoz bemvchi aksiyasiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ishtirok etishlari mumkin (Qonunning 69-moddasi).
Jamiyat aksiyadorlari (aksiyadori) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin uzog‘i bilan 30 kun muddat ichida, basharti jamiyat ustavida bundan kechroq muddat belgilanmagan bo‘lsa, aksiyadorlaming yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyat kuzatuv kengashi va jamiyat taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko‘rsatishga haqli.
Kun tartibiga masala uni qo‘yish sabablarini, masalani taklif etayotgan aksiyadoming (aksiyadorlarning) nomini, unga tegishli aksiyalaming soni va turini ko‘rsatgan holda yozma ravishda kiritiladi. Jamiyat kun tartibiga, shuningdek, kuzatuv kengashi va tafltish komissiyasiga (taftishchiligiga) nomzodlar ko‘rsatish, shu jumladan, o‘zining nomzodini ko‘rsatish to‘g‘risida taklif kiritilganda nomzodning ismi, basharti nomzod jamiyat aksiyadori bo‘lsa, unga tegishli aksiyalaming soni va turi, shuningdek,
265 www.ziyouz.com kutubxonasi
nomzodni ko‘rsatgan aksiyadorlaming ismi, ularga tegishli aksiyalaming soni va turi ko‘rsatiladi.
Jamiyat kuzatuv kengashi tushgan takliflami ko‘rib chiqishi hamda ulami aksiyadorlaming umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida yoki mazkur kun tartibiga kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilishi shart. Bunda kuzatuv kengashi masalani kun tartibiga kiritishni masalaning qonunga zidligi yoki kun tartibiga kiritishning belgilangan rasmiyatchiligiga mos kelmasagina rad etishi mumkin. Masala uni kun tartibiga kiritish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad etilishi mumkin emas. Qonunda masala kun tartibiga kiritilmaydigan quyidagi sabab ko‘rsatilgan:
- birinchidan, aksiyador (aksiyadorlar) taklif kiritish muddatiga rioya etmagan bo‘lsa;
- ikkinchidan, aksiyador (aksiyadorlar) 1% miqdordagi jamiyat ovoz bemvchi aksiyalarining egasi bo‘lmasa;
- uchinchidan, taklif qonunchilikka mos bo‘lmasa;
- to‘rtinchidan, taklif asoslantirilmagan, kiritilgan takliflarda nomzodning ismi, basharti nomzod jamiyat aksiyadori bo‘lsa, unga tegishli aksiyalaming soni va turi, shuningdek, taklif kiritayotgan aksiyadorlaming ismi, ularga tegishli aksiyalarning soni va turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
Jamiyat kuzatuv kengashi masalani aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga yoki nomzodni jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqargan taqdirda bu qaror nusxasi ushbu taklifni kiritgan shaxsga yuboriladi va ushbu qaror ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Navbatdan tashqari majlisda kun tartibi masalalari navbatdan tashqari majlis o‘tkazish talabi bilan birgalikda kiritiladi. Chunki aynan mana shu kiritilayotgan masalaga qarab navbatdan tashqari majlis chaqiriladi. Bunda kun tartibiga masalalar kiritish taklifi kuzatuv kengashi, aksiyadorlar, taftish komissiyasi va auditor tomonidan kiritilishi mumkin. Shunday qilib, aksiyadorlaming navbatdan tashqari majlisini o‘tkazish, kun tartibini belgilash, shu jumladan, boshqamv va nazorat organlariga nomzodlami ko‘rsatish faqat majlisni chaqirish tashabbuskorlari tomonidan amalga oshiriladi. Navbatdan tashqari majlisni chaqirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (taftish komissiyasi, jamiyatning kamida 10% ovoz
266 www.ziyouz.com kutubxonasi
beruvchi aksiyasiga ega bo‘lgan aksiyadorlar) majlisni o‘tkazish to‘g‘risidagi talabida kun tartibiga kiritiiish lozim bo‘Igan masalalami ulaming asoslari bilan ko‘rsatadi.
Bunda kuzatuv kengashi navbatdan tashqari majlis kun tartibiga kiritiigan masalalarga o‘zgartirish va qo‘shimchaiar kiritish huquqiga ega bo‘imaydi. Taklif kelib tushgandan keyin 10 kun muddat ichida kuzatuv kengashi navbatdan tashqari majlisni chaqirish yoki uni chaqirishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqarishi kerak. Navbatdan tashqari majlis chaqirishni taklif kiritgan aksiyadorlaming yetarli miqdorda ovoz beruvchi aksiyalarga ega emasligi, taklif etilayotgan masalaiaming umumiy yig‘ilish vakolatiga kirmasligi yoki taklif etilayotgan masalalar qonunchilikka muvofiq emasligi sababii navbatdan tasiiqari majlisni chaqirish taklifi rad etilishi mumkin. Bunda ushbu qaror ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.