23-modda. Talabgorning hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari Oldingi tahrirga qarang. Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi sertifikat olish yoki uning amal qilish
muddatini uzaytirish uchun ariza kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida talabgorga
malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish haqida yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror
qabul qiladi.
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) Talabgorning malaka imtihonini topshirmagan holda sertifikat olish yoki uning amal qilish
muddatini uzaytirish uchun arizasini ko‘rib chiqish ushbu moddaning
birinchi qismida
ko‘rsatilgan
muddatda amalga oshiriladi. Talabgorlarga malaka imtihonini topshirmagan holda sertifikat berishni
yoki sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish mazkur Qonunning
24-moddasida
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang. (23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815- sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) Oldingi tahrirga qarang. Malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berilgan, shuningdek xalqaro buxgalter sertifikatiga
yoki kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish stajiga ega bo‘lgan talabgorlar ro‘yxati auditorlarning
respublika jamoat birlashmasi tomonidan tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
(23-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) Malaka imtihoni topshirishiga ruxsat berilgan talabgorlar malaka imtihoni o‘tkaziladigan
sana, vaqt va joy haqida imtihon o‘tkaziladigan kundan kamida o‘n ish kuni oldin yozma yoki
elektron shaklda xabardor qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang. Xalqaro buxgalter sertifikatiga yoki kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish stajiga ega
bo‘lgan talabgorlarga auditorlar respublika jamoat birlashmasining taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib
chiqishi natijalari to‘g‘risida xabarnomalar yuboriladi.
(23-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 20-yanvardagi O‘RQ-815- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 03/23/815/0044-son) Sertifikatning amal qilish muddati uzaytirilganda ariza taqdim etilgan sanadan to
sertifikatning amal qilish muddati tugaydigan sanagacha bo‘lgan vaqt davri auditor sifatidagi uzluksiz
ish stajiga qo‘shiladi.
Auditor sifatidagi uzluksiz ish stajini aniqlash chog‘ida auditor lavozimiga tayinlashlar
oralig‘idagi bir oydan ko‘p bo‘lmagan vaqt davri uzilish deb qaralmaydi.
Agar talabgor malaka imtihonini topshirishga ikki marta kelmagan bo‘lsa, taqdim etilgan
hujjatlar qaytariladi. Bunda sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun arizani
ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.