Qo`qon Davlat Pedagogika Insitituti Fizika-matematika fakulteti Informatika o`qitish metodikasi yo`nalishi Roziqov Javlonning Qo`qon shahar xtb tasarrufidagi 11-umumiy o`rta ta`lim maktab
Qo`qon Davlat Pedagogika Insitituti Maktabgacha ta`lim
yo`nalishi Roziqova Nargizaxonning Farg`ona viloyati Dang`ara tumani
18-maktabgacha ta`lim tashkilotida o`tkazilgan o`quv amaliyot davri
H I S O B O T I Men Roziqova Nargizaxon 04.04.2022 yil kunidan 29.04.2022 yil kunigacha Farg’ona viloyati Dang`ara tumani 18-maktabgacha ta`lim tashkilotida malakaviy amaliyotda bo’ldim.
Amaliyotim davrida 2-tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari bilan muntazam ish olib bordim va MTT ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim. Tarbiyachilarning mashg`ulot o’tish jarayonlarini kuzatdim va mashg`ulot jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnalogiyalarning mashg`ulot davomida qo’llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim. Tarbiyachilar bilan birgalikda mashg`ulotni to’g’ri tashkillash, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha tarbiyalanuvchilar bilan birdek ishlashni, mashg`ulotga jalb qila olishni, rag’batlashni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim va o’zim ham mustaqil ravishda mashg`ulot o’tdim. Bunda menga tarbiyachilardan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi.
Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq mashg`ulotlarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashni, nimalarga ko’proq e'tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq mashg`ulotlar qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rgandim.
Shu bilan birga MTT da jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim.
Shuningdek, amaliyotim davomida bo’lib o’tkan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillash jarayonida tarbiyachilarga yordam berdim. O’zim ham mustaqil tarzda tadbir o’tkazdim. Bunda, albatta, MTTdagi ustozlar va tarbiyachilarning yordamlari katta madad bo’ldi.
Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o’rgangan va keyingi bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi.
Amaliyotchi: N.Roziqova
Amaliyot rahbari: