Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə3/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Ushbu tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy rivojlantirishda innovasion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishiga mos holda amalga oshirilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Dunyo tilshunosligida o‘tgan asrning so‘nggi choragidan boshlab badiiy matnni antropotsentrik aspektda o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratilib, bu yo‘nalishda ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirildi. 4
Keyingi yillarda badiiy matnni assotsiativ aspektda o‘rganish ham tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Bu yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlarda badiiy matnning assotsiativ strukturasi tahlil qilindi, assotsiativ birliklarning matn yaratilishidagi roli ochib berildi, yozuvchi idiostilini shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilindi.5 Ammo o‘zbek tilshunosligida bu muammo ayrim tadqiqotlarda yo‘l-yo‘lakay munosabat bildirib o‘tilgan bo‘lsa-da6, maxsus tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilmadi.
Tadqiqotning dissertasiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertasiya Qo‘qon davlat pedagogika instituti ilmiy-tadqiqot rejasiga kiritilgan “O‘zbek tilshunosligining dolzarb masalalari” mavzusi doirasida amalga oshirilgan.
Tadqiqotning maqsadi O.Matjon she’riy asarlarining assotsiativ strukturasini tekshirish va shu asosda uning she’rlarida qo‘llangan assotsiativ birliklarning hosil bo‘lish omillarini aniqlash, shoirning matn yaratishda assotsiativ birliklardan foydalanish mahoratini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
tilshunoslikda badiiy matnni assotsiativ aspektda o‘rganishning ahamiyatini yoritish;
olamning badiiy manzarasini yaratishda assotsiativ birliklarning roliga baho berish;
assotsiativ birliklarning muallif lisoniy shaxsini yuzaga chiqarishdagi ahamiyatini ochib berish;
O.Matjon she’rlarining assotsiativ xususiyatlarini yoritish; uning she’rlarida qo‘llangan assotsiativ birliklarning hosil bo‘lish omillarini aniqlash;
shoir she’rlarida rang assotsiatsiyasining voqelanishi masalasini yoritish;
O.Matjon she’rlari assotsiativ maydonining tuzilishini tahlil qilish, yadro va chegara qism birliklarining assotsiativ xususiyatlarini ochib berish.

Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin