Qo‘qon davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD



Yüklə 336,29 Kb.
səhifə4/43
tarix21.10.2023
ölçüsü336,29 Kb.
#159077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
122 бет Dissertatsiya (2)

Tadqiqotning obyekti sifatida o‘zbek shoiri O.Matjonning she’riy matnlari tanlandi.
Tadqiqotning predmetini O.Matjon she’riy asarlari matnining assotsiativ xususiyatlarini o‘rganish tashkil qiladi.
Tadqiqotning usullari. Dissertatsiyada mavzuni yoritishda tavsiflash, tasniflash usullari, diskursiv, assotsiativ, statistik tadqiq metodlaridan foydalanilgan.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
olamning badiiy manzarasini yaratishda assotsiativ birliklarning matnning “tayanch birliklar”i vazifasini o‘tashi asoslangan;
assotsiativ birliklarning ijodkor shaxsiga xos xususiyatlarni, xususan, uning lisoniy qobiliyati, olam haqidagi bilim va tasavvurlari, ruhiy kechinmalari, voqelikka bo‘lgan munosabati kabilarni namoyon qilishi ochib berilgan;
O.Matjonning she’rlarida qo‘llangan assotsiativ birliklarning xususiyatlari ochib berilgan, ularning lingvistik va ekstralingvistik omillarga ko‘ra hosil bo‘lishi dalillangan;
shoir she’rlarida assotsiativ aloqaning to‘g‘ridan to‘g‘ri, bog‘li va aralash assotsiativ aloqa ko‘rinishlari aniqlangan;
O.Matjon she’rlarida rang assotsiatsiyasining voqelanishi yoritilgan, uning she’rlarida oq va qora ranglari bo‘yicha yuzaga kelgan assotsiativ birliklarning milliy-madaniy qadriyatlar bilan bog‘lanishi aniqlangan;
shoirning ayrim she’rlari assotsiativ maydonining strukturasi belgilanib, yadro va chegara qism birliklari aniqlangan va ularning assotsiativ xususiyatlari ochib berilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Tadqiqot natijalari oliy o‘quv yurtlari magistratura bosqichi Lingvistika yo‘nalishida o‘rganiladigan “Lingvistika nazariyasi va amaliy tilshunoslik”, “Psixolingvistika” fanlari bo‘yicha darslik, o‘quv qo‘llanmalari, uslubiy ko‘rsatmalarni yaratishda amaliy ahamiyatga egaligi asoslangan;
O.Matjonning poetik matnni yaratishida assotsiativ birliklarning muhim o‘rin tutishi, ularning “tayanch qo‘rilish materiali” vazifasini bajarishi dalillangan;
badiiy matnni inson omili bilan bog‘liq holda o‘rganishda assotsiativ tahlil metodining amaliy ahamiyati ochib berilgan.

Yüklə 336,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin