Bobur masnaviylarini o’rganishimiz natijasi shu bo’ldiki, ularda, asosan, munojot, hasbi hol, oshiqona ruhiyat ustunlik qiladi. Munojot- Allohdan majot so’rab, o’zini gunohlardan forig’ etish maqsadid
Bobur masnaviylarini o’rganishimiz natijasi shu bo’ldiki, ularda, asosan, munojot, hasbi hol, oshiqona ruhiyat ustunlik qiladi. Munojot- Allohdan majot so’rab, o’zini gunohlardan forig’ etish maqsadida yoziladigan she’r turi.
Bobur masnaviylarini o’rganishimiz natijasi shu bo’ldiki, ularda, asosan, munojot, hasbi hol, oshiqona ruhiyat ustunlik qiladi. Munojot- Allohdan majot so’rab, o’zini gunohlardan forig’ etish maqsadida yoziladigan she’r turi.
Boburning munojot shaklida yozilgan masnaviylari Allohdan najot tilash, o’zini poklashga qaratilgan:
…Base ayshu ko’b shurbi may qilmisham,
Bori orzularni tay qilmisham…
Yoki ,,Boburnoma’’ (hozir o’zbek tilidagi tadbili) ,,To’qqiz yuz o’ttiz beshinchi (1528-1529) yil voqealari’’ da may tark qilishi, tavba qilishi haqida ushbu ruboiy uchraydi:
May tarkini qilg’ali parishondurmen,
May tarkini qilg’ali parishondurmen,
Bilmon qilur ishimniyu hayrondurmen.
El borcha pushaymon bo’luru tavba qilur,
Men tavba qilibmenu pushaymondurmen.
Mazkur ruboiy va yuqoridagi masnaviy bayti ma’nan yaqin. Demak, ushbu masnaviyni ham shu yillarda yozilgan, degan xulosaga kelish mumkin.
Bobur masnaviylaridagi ayrim baytlar u yaratgan boshqa janrlardan parchalar bilan bog’lash mumkin. Bundan biz Bobur shaxsi bilan bog’liq ayrim yangi nuqtalarni ,,kashf qilamiz’’:
,,…Base podshini gado qilg’ay ul,
Gadolarni ham podsho qilg’ay ul…’’
Bu yerda Bobur Allohning sifatlarini sanab, podshohni gado qiladigan ham, gadoni podshoh qiladigan u, deb yozgan. Endi ushbu ruboiysiga diqqatimizni qaratamiz:
Sen gulsen-u men haqir bulbuldurmen,
Sen shu’lasen, ul shu’lag’a kuldurmen,
Nisbat yo’qdur, deb ijtinob aylamakim,
Shohmen elga, vale senga quldurmen.
Ushbu xosai ruboiy mazmuni quyidagicha: Oshiq o’zini haqir bulbulga, yorni gulga; o’zini kulga, yorni shu’laga o’xshatyapti. Nisbat yo’q deb, ijtinob qilma; elga shohmen, lekin senga qulman. Bu ruboiyni majoziy ishq g’oyasi ilgari surilgan deb ham talqin qilish mumkin. Lekin bu ruboiyni yuqoridagi masnaviy bayti bilan bog’lasak, Bobur haqiqiy ishq ham ko’zga tashlanadi. ,,Shohmen elga, vale senga quldurmen’’ misrasini ikki xil talqin qilish mumkin. Lekin qanday talqin to’g’ri bo’lishi ko’rinib turibdi, ya’ni ,,elga shohman, lekin sening ,,podshohni gado, gadoni podshoh qilguvchi zot ekanligingni unutmayman’’ deb ham aytish mumkin.
Boburning ,,Gar o’n ikki Maqom tutsang yod’’ deb boshlanuvchi masnaviysi ham alohida ahamiyatga ega. Bu masnaviyda Bobur o’n ikki maqom turini sanab, ularni nomma nom zikr qiladi. Bu ham uning musiqiy bilimi qay darajada yuksakligini ko’rsatadi.
Yana alohida to’rtlik shaklida yozilgan masnaviysi ham alohida ahamiyatga egadir:
Ulki, taqdir xatin etti savod,
Ayladi oqu qaroni irshod,
Payvasta qoshini menga chitib,
Kiprik o’qini menga otib.