Mazkur misralar Bobur taqdirining ,,injiqlik’’liklarini aks ettirgan: taqdir xatini savod etishi, oq-qorani yozishi va hokazo. Aynan qosh va kiprik o’qi keyingi misralar uchun tanlangan. Qosh va kiprik o’qi qora rangda: bu ham ramziy ifodasiga ega. Endi shu qora qosh, qora kiprik o’qi ham Boburdan ,,norozi’’ Taqdir payvasta qoshini chitib qaraydi, kiprik o’qi bo’lsa, otiladi. Mana shu oddiy ,,sahnalar’’ bilan Bobur o’z taqdirini ,,chizdi’’ yaratdi, o’z boshidan o’tgan kunlarining zahmatini mana shunday ifodaladi. - Mazkur misralar Bobur taqdirining ,,injiqlik’’liklarini aks ettirgan: taqdir xatini savod etishi, oq-qorani yozishi va hokazo. Aynan qosh va kiprik o’qi keyingi misralar uchun tanlangan. Qosh va kiprik o’qi qora rangda: bu ham ramziy ifodasiga ega. Endi shu qora qosh, qora kiprik o’qi ham Boburdan ,,norozi’’ Taqdir payvasta qoshini chitib qaraydi, kiprik o’qi bo’lsa, otiladi. Mana shu oddiy ,,sahnalar’’ bilan Bobur o’z taqdirini ,,chizdi’’ yaratdi, o’z boshidan o’tgan kunlarining zahmatini mana shunday ifodaladi.
,,Ey xush ulkim, bori eldin yoshurin’’ deb boshlanuvchi masnaviysida shunday bayt uchraydi:
,,… Darrai nur’’ mayin no’sh etsak,
G’ami hijronni faromush etsak…’’
Baytda qo’llangan ,,Darra’’ bu Afg’oniston shaharlaridan birining nomi hisoblanadi.Bundan Boburning aynan shu shahar haqida ma’lumotga ega ekanligi, masnaviy tarkibida ushbu nomni qo’llashidan , demak, Bobur Afg’oniston haqida to’liq tasavvurga ega bo’lgan yoki to’liq bosib olgan paytlarida yozilgan, degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Bobur lirikasida har bir janrning o’ziga xos o’rni bor. Uning ruboiylari, g’azallari, tuyuqlari o’ziga xos mazmunga ega. Shu o’rinda, Bobur masnaviylari ham o’rganish, tadqiq etish darajasida qimmatlidir. Bobur masnaviylar mavzusi turlicha, lekin uning har qaysi masnaviylarida ham hasbi hol, munojot ustunlik qiladi. Bu esa, Boburning masnaviy janrida yaratgan asarlari ham badiiy qimmatga ega ekanligini ko’rsatadi. - Bobur lirikasida har bir janrning o’ziga xos o’rni bor. Uning ruboiylari, g’azallari, tuyuqlari o’ziga xos mazmunga ega. Shu o’rinda, Bobur masnaviylari ham o’rganish, tadqiq etish darajasida qimmatlidir. Bobur masnaviylar mavzusi turlicha, lekin uning har qaysi masnaviylarida ham hasbi hol, munojot ustunlik qiladi. Bu esa, Boburning masnaviy janrida yaratgan asarlari ham badiiy qimmatga ega ekanligini ko’rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: - Foydalanilgan adabiyotlar:
- Dilnavoz Yusupova ,,SHarq mumtoz poetikasi’’ ,Toshkent ,,Akademnashr’’ 2013.
- ,,Bobur devoni’’ (Kobul nashriga takmila, qo’shimcha), ,,SHarq’’ Toshkent , 2004.
- Durdona Zohidova ,,Mumtoz poetika asoslari: aruz ilmi’’ Toshkent- 2022.
E’tiboringiz uchun rahmat! - E’tiboringiz uchun rahmat!
Dostları ilə paylaş: |