Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti Tarix fakulteti Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'lim yo'nalishi



Yüklə 56,52 Kb.
səhifə7/8
tarix14.05.2023
ölçüsü56,52 Kb.
#113402
1   2   3   4   5   6   7   8
Huquqiy tarbiya tushunchasi, maqsad va vazifalari

Bob yuzasidan hulosa
Huquqiy ta’limning bunday izchilligi shunisi bilan ahamiyatliki, bunda doimiy auditoriya mavjud bo’lib, huquqiy savodxonlikka erishishning tadrijiyligi ta’minlanadi.
Shu qatorda, yoshlarning huquqiy ta’lim-tarbiyasini rivojlantirishning hududiy dasturlarini yaratish davri keldi, deb hisoblaymiz. Viloyat va tumanlar miqyosidagi, o’ziga xos dasturlarning bo’lishi yoshlar orasida huquqiy savodxonlik ko’lamining oshishiga olib keladi, degan fikrdamiz. Masalan, Yosh huquqshunos nomli tuman hokimi mukofoti, Konstitutsiya bilimdonlari nomli viloyat hokimi kubogi kabi yangicha tadbirlar yoshlar orasida huquqiy bilimlarga qiziqishning yanada oshishiga olib kelishi mumkin.
Keyingi taklifimiz shundan iboratki, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga davlat ota-ona maktab huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimini joriy qilish lozim. Bunda davlat joylarda shart-sharoit yaratib bersa, o’quv muassalari tadbirlarni tashkillashtiradi va ota-onalar bolalarni jalb qilishadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari esa tizimli tarzda yoshlarni o’z huquqlarini himoya qilishda kerak bo’ladigan huquqiy bilimlar bilan tanishtirib boradilar. Bu tadbirlar suhbat, munozara, taqdimotlar, filmlar namoyish qilish kabi ko’rinishlarda o’tkazilishii mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yoshlardagi yuqori huquqiy savodxonlik demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu qatorda, bugungi islohotlarning mohiyatini tushunishda, ularni amalga oshirishda yoshlarning yanada faol ishtirokini ta’minlaydi. Bu darajaga esa tizimli va doimiy huquqiy tarbiya orqali erishish mumkin.
Xulosa
Huquqiy madaniyat xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslangan holda insof va iymon, adolat va qonuniylik, insonga yuksak hurmat va e’tibor, sabr-toqat kabi ma’rifat va haqiqat tuyg`ularini ongimizga singdirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kishilarning fikrini, dunyoqarashini mustaqilligimiz yo`lida fidokorona mehnat qilishga yo`naltirilgan huquqiy madaniyatni yuksaltirish hayotiy zaruriyatdir.Aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirish, huquqiy ta’lim va ma’rifatni, jamiyatda huquqiy bilimlar tartibotini tubdan yaxshilash, inson huquq va erkinlariga chuqur hurmat va ehtiromga asoslangan munosabatni, odamlarda qonunga itoatkorlik tuyg`usini, qonunlarni bilish va unga qat’iy amal qilish saodatmandligini qaror toptirish bugungi kunning zaruriy talabi bo`lib kelmoqda.
Huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, avvalo, har bir fuqaroning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirib borish asosiy va muhim vazifa hisoblanadi. Huquqiy davlat qurishning zaruriy sharti - bu qonunlarning so`zsiz bajarilishidir. Qonunlarning bir xilda va so`zsiz bajarilishi har bir shaxsning o`z vazifasiga munosabati va zimmasidagi mas’uliyatni his qilishiga bog`liqdir.
Huquqiy tаrbiyаning оilаdа vа оmmаviy аxbоrоt vоsitаlаrining аxbоrоt vа mа’lumоtlаri оrqаli singdirishgа hаm erishilаdi.Оdаtdа huquqiy tаrbiyа hаqidа gаp ketgаndа uning tоr vа keng mа’nоdаgi tushunсhаlаri аjrаtilаdi. Keng mа’nоdаgi huquqiy tаrbiyаdа insоn butun jаmiyаt tоmоnidаn tаrbiyаlаnаdi, yа’ni о’zini qurshаb turgаn muhit, yuridik аmаliyоt, dаvlаtning mаnsаbdоr shаxslаri vа bоshqа huquq sub’ektlаrining hаtti-hаrаkаti nаtijаsidа tаrbiyаlаnаdi.” 37 . Keng mа’nоdаgi huquqiy tаrbiyаdа gаp insоnning jаmiyаtgа kirishib ketishi, uning ijtimоiylаshuvi hаqidа ketmоqdа. Bu jоydа bir xоlаtgа e’tibоr berish kerаk. Dаvlаt оrgаnlаri vа ulаrning mаnsаbdоr shаxslаri – dаvlаt аppаrаtidа fаоliyаt оlib bоrаyоtgаn xоdimlаrning аsоsiy mаqsаdi bevоsitа insоnlаrgа nisbаtаn huquqiy tаrbiyа оlib bоrish bо’lmаsа-dа, ulаrning fаоliyаti bilvоsitа insоnlаrning huquqiy оngi shаkllаnishigа tа’sir etаdi. Tоr mа’nоdа huquqiy tаrbiyа – mаxsus sub’ektlаr tоmоnidаn аmаlgа оshirilib, о’zining fuqаrоlаr, аhоli vа butun jаmiyаtning huquqiy оngi vа mаdаniyаtini kо’tаrish mаqsаdigа yо’nаltirilgаnligi bilаn tаvsiflаnаdi.
Avvalo huquqiy ong va huquqiy madaniyatga olimlar tomonidan berilgan turlicha ta’riflar bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi, jumladan, professor Islomov huquqiy ongga shunday ta’rif beradi: Huquqiy ongni mamlakat fuqarolarining ham amaldagi huquqqa, yuridik amaliyotga, fuqarolar huquqlari, erkinliklari, majburiyatlariga, ham orzu qilingan huquqqa va boshqa huquqiy hodisalarga munosabatini ifodalovchi huquqiy sezgilar, g`oyalar, baholar, tasavvurlar tizimi sifatida ta’riflash mumkin. Professor Dmitrievning ta’rificha: Huquqiy ong bu insonlarning va ularning turli birliklarining hamda butun jamiyatning amaldagi huquq va huquqiy hodisalarga nisbatan qarashlari,g`oyalari, tasavvurlari yig’indisidir Huquqiy madaniyatga berilgan ta’riflarga kelsak, U.Tajixanov va A.Saidovlar o`zlarining Huquqiy madaniyat nazariyasi nomli kitobida huquqiy madaniyatga shunday ta’rif berishadi: Huquqiy madaniyat deganda jamiyatda qaror topgan huquqiy tizimning darajasini, xalqning bu huquq tizimidan xabardorlik darajasini, fuqarolarning qonunga bo`lgan hurmati, huquqiy normalarning ijro etilish darajasi, huquqqa rioya qilmaganlarga murosasiz bo`lish, qonunga itoatkorlik darajasini tushunamiz



Yüklə 56,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin