Maktabgacha ta’lim muasassasalarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish yo‘llari va vositalari
(F) Fikringizni bayon eting
Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda o‘tkaziladi. Yoz paytida barcha mashg‘ulotlar (yomg‘irli kunlardan tashqari) ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o‘tkaziladi. Binoda va ochiq havodagi mashqlar o‘zaro aloqadadir: ular barcha sog‘lomlashtirish va ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning kompleks tarzda hal etilishini ta’minlaydilar. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish sharoiti ularning ba’zi o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Binoda sog‘lomlashtirish-gigiyenik shartlarga rioya qilgan holda o‘tkaziladigan (derazalar ochiq holda, yengil kiyim va poyabzalda) mashg‘ulotlar harakatlarning to‘g‘ri, go‘zal va aniq bo‘lishini ta’minlaydi, umumiy harakat madaniyatini tarbiyalaydi. Ular turli buyumlar bilan va musiqa jo‘rligida o‘tkazilishi mumkin.
(S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
Mashg‘ulotlar strukturasi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo‘yilgan vazifalar, nerv tizimning ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichdagi xususiyatlari bilan belgilanadn. Mashg‘ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligi shunga bog‘liq.
(M) Ko‘rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring
Harakat faoliyati jarayonida yurak qisqarishi chastotasi ko‘rsatkichlarini o‘rganish mashg‘ulot boshlanishida uning asta-sekin osha borishi, so‘ng kuchaya borib, mashg‘ulotlarning asosiy qismida yuqori darajaga yetishini va mashg‘ulot so‘ngida asta-sekin pasayishini ko‘rsatdi. Bunday izchillik bir tomondan, qon aylanish tizimining faoliyati va organizm ish qobiliyati bilan; ikkinchi tomondan diqqat e’tiborni qaratish, reaksiya tezligi kabi psixik jarayonlarning kechishi va shu bilan bog‘liq ravishda harakatlarning juda aniqligi bilan belgilanadi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘zaro bog‘liq uch qismdan: kirish yoki tashkiliy, asosiy va yakunlovchi qismdan iborat. Ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari mashg‘ulotning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga ega.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jarayonida bolalarda harakat ko‘nikmalarining rivojlanishi bilan bir vaqtda tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik, kuch kabi jismoniy sifatlar tarbiyalanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida an’anaviy usuldagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish (turli yosh guruhlari uchun namunaviy mashg‘ulot).