Jismoniy tarbiya nazariyasi va sog‘liqni saqlash fanidan 2 - kurs maxsus sirtqi Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun 1-mustaqil topshiriq 1,2,3,4 va 5-mavzularni diqqat bilan o‘qib chiqing.
Toifali jadval asosida quyidagi mavzuni yoriting.
«FSMU» metodi asosida jadvalni to‘ldiring.
2. Toifali jadval asosida quyidagi mavzuni yoriting.
Qadimgi davrlarda bolalar jismoniy tarbiyasi haqidagi ta’limotlar va qarashlarni yoritib bering
Sparta tizimi. Eramizdan avvalgi IX asrda Sparta shahri vujudga kelib, uning aholisini 9 mingga yaqin quldorlar oilasi, shuningdek, 30 ming hunarmandlar, savdogarlar va yer egalari, 200 ming qui tashkil etgan. Quldorlar (spaitiatlar) qu\lardan saqlanish va o'zlarini himoya qilishga tayyorlanish maqsadida o'ta qattiq tarbiyaviy tizimdan foydalangan. Bolalar 7 yoshgacha oilada tarbiyalangan. Bu davrda ulami qorong'udan qo'rqmaslik, yig'lamaslik, ovqat tanlamaslikka o'rgatganlar va chiniqtirishga katta ahamiyat berganlar. 7 yoshdan 18 yoshgacha bolalar va o'smirlar davlat tizimidagi tarbiya muassasalarida asosan jismoniy tarbiya bilan shug'ullanganlar. Ulami sovuq va ochlikka bardosh berish, chaqqonlik va og'riqlarga chidash kabi faoliyatlarga o'rgatib, chiniqtirganlar. Yoshlami nayza va lappak uloqtirish, yugurish, sakrash, kurash va harbiy o'yinlar, yovvoyi hayvonlami ovlashga o'rgatganlar. Qo'shiq aytish, musiqa va raqs kabi sohalarga ham ko'p vaqt ajratilgan. Davlat tomonidan belgilangan rahbarlar (pedonom) yosh spartiatlami mardlik, jasorat, qullarga nisbatan narrat ruhida tarbiyalaganlar. Shu maqsadda kechalari qullarga qarshi hujumlar, bosqinlar uyushtirganlar. Shubhali qullami o'ldirishgan. 18- 20 yoshli tarbiyalanuvchilar efeblar (zobitlar) qatoriga qabul qilinib, ular jismoniy va harbiy tayyorgarlikni o'taganlar. Keyinchalik esa ulami harbiy darajalarga ajratib, qariguncha harbiy xizmatda ushlab turishgan. Sparta tizimida qizlarni jismoniy tarbiyasiga ham katta e'tibor qaratilgan. Sog'lom bolalami dunyoga keltirib, ulami sog'lom qilib o'stirish uchun oilalar ham o'ta sog'lom bo'lishi ko'zda tutilgan. Shu sababli ham qiz bolalami yugurish, kurash, nayza va lappak uloqtirish kabi mashqlar bilan muntazam ravishda shug'ullantirishgan. Sparta xotin-qizlari ko'proq qullami saqlashda xizmat qilganlar. Sparta davlati tarbiya tizimini va harbiy sohadagi eng kuchli qismi Gretsiyada tashkil etildi. Ular uzoq yillar davomida yengilmas deb nom qozondi. Sparta atletikachilari ko'pgina olimpiya, pif va boshqa o'yinlarda qatnashib, g'alabalami qo'lga kiritgan. Eramizdan avvalgi XII-IX asrlarda qadimgi Yunonistonda (Gretsiya) oddiy zodagonlaming yugurish, kurashish, mushtlashish (qo'l jangi), nayza va lappak (disk) uloqtirish, kamondan o'q otish, g'ildirakli aravalarda ot poygasi kabi o'yin musobaqalarini aks ettiruvchi chizmalar, tasvirlar, haykallar, yodgorliidar, arxeologik qazilmalarda topilgan. Shuningdek, ulaming mazmuni, shakllari va mohiyatlari Gomerning «I1iada» va «Odisseya» asarlarida o'z ifodasini topgan.