Afgʻoniston bayrogʻi (Pashtuncha: د افغانستان بيرغ, Forscha: بيرق افغانستان) Vaqtinchalik Afgʻon Maʼmuriyati tomonidan 2001- yil 22-dekabrda qabul qilingan. Bu bayroq, 1930 va 1937-yillari Afgʻonistonda boʻlgan monarxiya davridagi bayroq bilan oʻxshash. Faqat farqi shundaki, yangi bayroq markazidagi Gerb ustiga (oq va oltin rangda) Kalimaʼi Shahodat suʼrasi yozilgan. Bu bayroq yoʻl yoʻlli uch rangdan iborat, qora, qizil va yashil. Bu ranglar Afgʻonistonning keyingi 20 yil ichidagi koʻplab bayroqlarida namayon etgan. Oʻrtadagi nishon Afgʻoniston gerbi va unda Makka tomonga yuzlangan masjid mehrobi tasvirlangan. Hotakilar sulolasi 1709 yilda ilk bayroqqa asos solgandan beri to bugungi kungacha 20 marta bayroqlar oʻzgargan.
Oq fonda musulmonlik belgisi hisoblangan „kalimai shahodat“ yozilgan.
Afg’oniston gerbi
1901-1919. 1919-1926
1926-1928. 1928-1929
1926-1928. 1928-1929
1931-1973. 2002-2004
1931-1973. 2002-2004
Eng ohirgi gerbning timsolida arabchada yozilgan Shahodat suʼrasi bitilgan. Bu yozuv pastida masjid ichida Makkaga yuzlangan mehrob va joynomoz tasvirlangan. Masjid ikki yoniga bayroq hurmatlilikni bildirish uchun tasvirlangan. Masjid ostiga oʻsha xalqning nomi bitilgan. Masjid atrofi gulchambar. Gerbda Hijriy 1298-yil (Milodiy boʻyicha 1919-yil) yozuvi aks etgan, aynan oʻsha yili Afgʻonsiton Buyuk Britaniyadan mustaqil boʻlgan.