Qoraqalpog`iston Respublikasi Amudaryo tuman xtbga qarashli 76 umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o`qituvchisi Jumaboyeva Feruzaning Ochiq dars ishlanmasi Fan: Jahon tarixi Sana



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə3/4
tarix19.01.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#51406
1   2   3   4
feruza ochiq dars yangi

1.Iyul monarxiyasi

2. Iyul monarxiyasi inqirozi.

3.1848-yil inqilobi

4. Ikkinchi imperiya

MAVZUNING REJASI

III. Yangi mavzu bayoni

.

Yangi mavzu bayoni:



1824- yilda Lyudovik XVIII vafot etdi. Taxtni ukasi Karl X egalladi. U o'z hokimiyatini yanada mustahkamlashga urinib, 1830- yilda mamlakat parlamentini tarqatib yubordi. Fransiya qiroli Karl X inqilobdan qo'rqqanidan chet elga qochib ketdi. Hokimiyat yirik burjuaziya - bank, yirik sanoat korxonalari, birjalar, yollanma mehnatdan foydalanuvchi katta yer egalari qo'liga o'tdi. Ayni paytda monarxiyani saqlab qolishga urindilar. Shu maqsadda taxtga Burbonlarga qarindosh bo'lgan Lui-Filipp o'tqazildi. Shu yo'l bilan monarxiya saqlab qolindi. Bu hodisa 1830-yil iyul oyida ro'y berganligi tufayli tarixga «Iyul monarxiyasi» nomi bilan kirdi..

Korxonalarning yopilishi yoki ishchi o'rinlarining qisqartirilishi natijasida ishsizlik oshib bordi. Bularning barchasi inqilobning yuzaga kelishiga sharoit yaratdi. Qisqa vaqt ichida Parij shahridagi barcha muhim joylar, muassasalar qo'zg'olonchilar qo'liga o'tdi. Shunday sharoitda Lui Filipp taxtdan voz kechishga va Angliyaga qochib ketishga majbur bo'ldi. Shu tariqa 1848- yil fevral inqilobi natijasida Iyul monarxiyasi quladi.

25- fevral kuni esa Fransiya Respublika deb e'lon qilindi. Fransiya parlamenti vaqtinchalik hukumat tuzdi. 1848- yilning dekabr oyida hukmron tabaqalar Napoleon I Bonapartning jiyani Lui Napoleon Bonapartning Fransiya Prezidenti etib saylanishiga erishdilar. Uning asl maqsadi, Fransiya imperiyasini tiklash edi.

Nihoyat, 1852- yilning 2- dekabrida u o'zini Napoleon III nomi bilan Fransiya imperatori deb e'lon qildi. Shu tariqa Fransiyada Ikkinchi imperiya o'rnatildi.

Hozirgi Fransiya haqida ma`lumotni o`qituvchi o`quvchilarga yozdirdi.Rasmiy nomlanishi Fransiya Respublikasi. Tashkil topgan kuni 843-yilda, Davlat tili fransuz tili, Poytaxti Parij, Maydoni 547.03 ming km.kv, Aholisi (2003) 62.05 mln kishi, Pul birligi evro, Fransiya Respublikasi G`arbiy Yevropada joylashgan davlat. Mamlakatda 1958- yil qabul qilingan va keyinchalik o`zgartirishlar kiritilgan Beshinchi Respublika konstitutsiyasi amal qlmoqda. Avtomobil ishlab chiqarish bo`yicha mamlakat dunyoda to`rtinchi o`rinni egallaydi.


Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin