Qoraqalpog‘istoninng madaniy va ma’naviy hayoti.Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining madaniy rivojlanishining ham o‘ziga xos jihatlari mavjud. Ayniqsa madaniy sohadagi rivojlanish Xorazm viloyati bilan mushtarak rivojlandi. 1991 yil Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Toshhovuz yoshlarining uchrashuvi o‘tkazilgan bo‘lib, unda do‘stona qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, birgalikda bayramlar, tanlovlar va festivallar, sport musobaqalari va turli uchrashuvlarni o‘tkazish muammolari muhokama qilindi. 1992 yil boshida Qoraqalpog‘iston Joqarg‘i Kengesi, Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyati hokimliklari mintaqa xalqlari orasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha kompleks tadbirlarni belgiladilar. 1998 yili qoraqalpoq adabiyoti klassigi Berdaqning 170 yilligini, keyingi yilda Ajiniyozning 175 yilligi nishonlandi.Shu yili O‘zbekiston Qahramonlari – I.Yusupov va T.Qaipbergenovlarning 70 yillik yubileylari o‘tkazildi. 1999 yilda O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Tatariston xalq artisti, “ikki qirg‘oq bulbuli” nomini olgan O.Xudoyshukurov hotirasiga bag‘ishlangan respublika tanlovi o‘tkazildi. U nafaqat o‘zbekcha qo‘shiqlarni, balki mintaqadagi boshqa xalqlar – qoraqalpoqlar, qozoqlar, turkmanlarning qo‘shiqlarini ham kuylagan. U hamma uchun umumiy o‘rtoq, qadimiy madaniyat vakili, millatlararo kelishuv va birdamlik siymosi edi. 2001 yilning 14-15 iyulida Xorazm viloyatida Qoraqalpog‘iston madaniyat arboblari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Gurlan tumanida maydoni 20 ga dan iborat “Xalqlar do‘stligi” xiyoboni barpo etildi. Baxshi va jirovlar, “Muxalles” folklor ansambli, “Ayqulash” va “Amu to‘lqini” raqs ansambllari chiqishlari bilan birgalikda, K.Serjanov, T.Xo‘janazarov, R.Kutekeevalarning musiqa ijodi namunalari ham yangradi. 2001 yilda qoraqalpog‘istonlik olimlardan J.Bozorboev, V.N.Yagodin, M.Mambetullaev, G.Xojaniyazovlar “Avesto” ning 2700 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalarida faol ishtirok etdilar. Xorazm viloyati madaniyati va san’at vakillari 2003 yilda Nukus shahrining 70 yilligini nishonlashda faol qatnashdilar. O‘zbekiston xalq artisti G.Matyoqubova rahbarligidagi “Xorazm raqs” birlashmasi raqs guruhi “Dutor lazgisi” raqsini ijro qildi. Adabiyot, fan va madaniyat vakillari – O.Matchon, A.Sadullaev, M.Qo‘shchonov, S.Iskandarova, D.Bobojonov, R.Qurbonov, B.Karimov, E.Madrahimov, M.Abdulhakimov, Q.Iskandarov, G.Matyoqubova, K.Ismoilova, T.Quryozovlar o‘zbek va qoraqolpoq xalqlarining hurmatiga sazovor bo‘ldilar. Bunday bayramlar va uchrashuvlar an’anaviy bo‘lib qoldi. Xorazm va Qoraqalpog‘iston madaniyat va san’at vakillari do‘stona uchrashuvlar hamda birgalikdagi chiqishlar uchun imkon topardilar. 2004 yil 24 iyulda Urganch shahrida O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti K.Otaniyozov yubileyini nishonlashda ushbu respublikalar delegatsiyalari ishtirok etdilar3.
Qoraqalpog‘istonning muzeylari va ko‘rgazma pavilonlarining faoliyatidagi eng asosiy maqsad inson ma’naviy hayotining g‘oyaviyfuqarolik tuyg‘ularini shakllantirish hisoblanadi. Millatlararo munosabatlarning yangi mafkurasi millatlararo muhitning sifat jihatdan o‘zgarish jarayonlariga javob beradigan ancha unversal, harakatchan va moslashadigan, dunyoqarashli, axloqiy etik ustuvorlikga ega bo‘lmoqda. Xalqning jipsligi va hamfikrliligi, millatlararo totuvlik g‘oyasi tobora ommalashib, jamiyat milliy iqtisodiy rivojining muhim omili hisoblanib, milliy – madaniy aloqalar doirasi, milliy va etnik guruhlar hamkorligi kengaymoqda.
Dostları ilə paylaş: |