Qoraqalpog’istonda qishloq xo’jalik sohasidagi o’zgarishlar



Yüklə 1,97 Mb.
səhifə1/4
tarix23.05.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#120901
  1   2   3   4
Qoraqalpog’istonda qishloq xo’jalik sohasidagi o’zgarishlar

Qoraqalpog’istonda qishloq xo’jalik sohasidagi o’zgarishlar

  • Qoraqalpog`iston respublikasi hududida qishloq xoʻjaligi xalq xoʻjaligining eng yirik sohalaridan hisoblanadi va xalqni kundalik extiyoj mollari hamda sanoatning ayrim sohalarini xom ashyo bilan taʼminlashda katta ro’l bajaradi. Shunga bogʻliq dehqonchilik sohalarini rivojlantirish xoʻjalik muammolari ichidagi eng asosiy vazifalardan hisoblanadi va kelajakda hukumatimizning diqqat markazida turuvchi asosiy masalalar qatoriga kiradi. Haqiqatdan ham qoraqalpogʻistonning tabiiy-iqtisodiy sharoitidagi oʻziga xos oʻzgachaliklariga bogʻliq dehqonchilik ishlab chiqarishning eng asosiy sohalaridan hisoblanadi va bu sohaning rivojlanish sur`atini sanoatga yaqinlashtirish boʻyicha katta ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 80-yillardan boshlab, qishloq xoʻjaligining moddiy texnik bazasini mustaxkamlash uchun ajratilgan katta xarajatlarning hajmi ortdi.

Qoraqalpogʻistonning xalq xoʻjaligi sohalarini har tomonlama rivojlantirish uchun ajratilgan mablagʻlarning hajmi 1.9 mlrd. Soʻm boʻlgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 1990-yillarga kelib 2.5 mlrd. Soʻmga koʻpaydi yoki koʻrsatilgan yillar ichida qishloq xoʻjaligiga ajratilgan mablagʻning hajmi 2,5 hissaga ortdi. Ajratilgan katta mablagʻlarning 83 % i ishlab chiqarish ob`ektlarini qurish, qishloq xoʻjalik mashinalarni sotib olish, transport tarmoqlarini yaxshilash va boshqalar uchun foydalanildi. Bu qishloq xoʻjaligining mashina traktor parkini kengaytirishga va yaxshilashga yoʻl ochdi. Keyingi yillari respublikamizning qishloq xoʻjaligi yuqori manyovrli va kuchli traktorlar BT-150, K-700, K-701, CLASS va CASE markasidagi yuqori quvvatli mashinalari bilan toʻliqtirildi. Qishloq xojaligida energiya quvvatidan foydalanishning yuqori sur`atda oʻsishiga bogʻliq mehnatni energetik resurslar bilan taʼminlashning darajasi ikki hissaga ortdi. Qishloq xoʻjaligini bundan keyin intensiv rivojlantirish uchun ximiyalashtirish va melioratsiyaning roli kuchaytirildi. Keyingi yillarda hukumat qarorlariga bogʻliq sugʻormali zonalarda dehqonchilikni bundan keyin rivojlantirishning kompleksli programmasi ishlab chiqarildi. Bu qoraqalpogʻiston respublikasida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun katta tarixiy ahamiyatga ega hujjat boʻldi. Qoraqalpogʻistonning asosiy irrigatsiya ob`ektlari rekonstruktsiyalandi va dehqonchilik zonalarida kollektor-drenaj tarmoqlari koʻpaydi, sababi bizning oʻlkamiz sharoitida kollektr-drenaj tarmoqlarini qurish va koʻpaytirish eng ahamiyatli vazifa hisoblanadi. Bu erlarning meliorativ holatini yaxshilash bilan shoʻrlashgan va yaroqsiz erlarni ekinga aylantirishda, undan olinadigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini orttirishda katta ahamiyatga ega. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning eng ahamiyatli faktorlarining biri dehqonchilik sohalarini yuqori kvalifikatsiyali mutaxassislar bilan taʼminlash boʻlib hisoblanadi. Statistik maʼlumotlar boʻyicha respublikaning qishloq xoʻjaligida traktorchi-mashinist, kombaynchi va haydovchilarning soni yil sayin koʻpaymoqda va ular qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishida asosiy rolni bajarmoqda.


Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin