Reja Milliy istiqlol davrida ma`naviy meros, milliy va diniy qa-fayllar.org
Milliy qadriyatlarning tiklanishi. O`zbek xalqining o`ziga xos milliy qadriyatlari bor. O`zbek xalqining shakllanishi qanchalik uzoq tarixiy jarayonda sodir bo`lgan bo`lsa, uning milliy qadriyatlari ham shunchalik uzoq tarixiy jarayon davomida shakllangan.
Qadriyatlar dastlab mahalliy mazmunda, ya`ni Xorazm, Surxondaryo, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg`ona va
hakozo hududlarda yashovchi elatlarga xos urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlar tarzida shakllangan. So`ngra ularning eng yaxshilari asrlar davomida saralanib umummilliy qadriyatlar darajasiga ko`tarilgan. Turli mamlakatlarga xos eng yaxshi qadriyatlar saralanib umuminsoniy qadriyatlarga aylanadi. Shu boisdan ham har bir inson uchun o`z milliy qadriyatlarni, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarni bilish ham farz, ham qarzdir.
Mustaqillik yillarida halqimizning milliy qadriyatlarini tiklash, yangi ma`xno mazmun bilan boyitish yo`lida bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi.
1994 yil 23 apreldagi Prezident Farmonlari asosida tashkil etilgan Respublika “Ma`naviyat va ma`rifat” jamoatchilik Markazi o`zbek xalqining ma`naviy-madaniy merosini tiklash, millat kelajagini belgilaydigan g`oyalarni yuzaga chiqarish, yuksak iste`dod va tafakkur sohiblarining aqliy ijodiy salohiyatini Vatan ravnaqi sari yo`naltirishga qaratilgan muhim tadbirlar ko`rgazmalar tashkil etish yo`lga qo`ydi. Markaz tomonidan aholi orasida o`tkazilgan sociologik tadqiqotlar, so`rovlar va shu asosda ishlab chiqilgan tavsiyalar jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotlar, ommaviy axborot vositalarining ma`naviy-tarbiyaviy faoliyati saviyasini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
“Oltin meros” xayriya jamg`armasi “Xalq merosi durdonalari” ilmiy anjumanlarini, xorijdan izlab topilgan qo`lyozmalar, tarixiy hujjatlar, xalq hunarmandchiligi amaliy san`at namunalari, yodgorliklarini tahlil qilish, ko`rik tanlovlar o`tkazish bilan shug`ullanmoqda. 1996-2002 yillarda “Oltin meros” jamg`armasi sa`y-harakatlari natijasida buyuk allomalarimizning ko`plab madaniy-ma`naviy meros namunalari mamlakatimizdan va xorij davlatlaridan izlab topildi, jamlandi hamda kutubxona va muzeylarga joylashtirildi. Shuningdek, u xalqimizning rasm rusumlarini, urf-odatlarini, marosimlarini o`rganish, tiklash, xalqimizga qaytarish, ularning ma`no-mohiyatini hozirgi kundagi ahamiyatini keng ommaga tushuntirish ishiga katta hissa qo`shmoqda.