Qoraqalpoq xalqining etnik shakllanishi Reja



Yüklə 30,16 Kb.
səhifə1/2
tarix23.05.2023
ölçüsü30,16 Kb.
#120682
  1   2
ISLAMOVA 3 V QURMAT


Qoraqalpoq xalqining etnik shakllanishi


Reja:
1.Janubiy Orol qoraqalpoqlarning ota yurti
2.IX-XII asrlardagi etnik jarayonlarning qoraqalpoq xalqining shakillanishiga ta’siri
3. Qoraqalpoqlarningxalqbo’lib shakillanishidagi so’ngi davri (XIII-XVI asrlar). Nog’ay davri

Qoraqalpoqlarning kelib chiqish tarixi uzoq davrlarni o’z ichiga oladi. Miloddan avvalgi VIII-Ivasrlarda Xorazmning shimoliy-g’arb va shimoliy-sharq chegaralarida kuchmanchi va yarim kuchmanchi sak-massaget, savromat-sarmat qabilalari yashaydi.Saklarning makonlari Qizilqumning shimolida, Sultan uayst og’i markazida, Janadaryo va İnkar daryo etaklari, Uzboy daryosi bo’ylaridan topildi. Grek tarixchisi Strabonning ma’lumotiga qo’ra massagetlar Kaspiy dengizining sharq tomonida bepoyon Orol dengiziga qadar xududlarda tirikchilik etgan. Miloddan avvalgi 530 yili İran podshosi Kir Orol bo’yi xududlarini bosib olmoqchi bo’lganida Uzboy tomonda massagetlar malikasi Tumaris uni o’ldirgan. Gerodot saklarnin gorasidagi eng kuchlisi va ko’pchiligi massagetlar dep takidlagan. Qoraqalpoqlardagi sakay, samat etnonimlari usha massagetlar davridan saqlanib qolgan.


Miloddan avvalgi VII-V asrlarda Orol-Kaspiy dengizlari oroligida sak, massaget, day, apasiak, issedon qabilalari xorazmlilar bilan siyosiy-harbiy ittifok tuzgan. Miloddan avvalgi Viasrning ikkinchi yarmida Janubiy Orol bo’yida paydo bo’lgan siyosiy-harbiy-demokratik «Katta Xorazm» podsholigining tashkil etilishida sak-massaget qabilalari faol ishtirok etgan.
Massagetlar qabilalari orosidagi apasiaklar va augasiylar qavmlari qoraqalpoqlarning negizini shakllantirishda katta rol oynagan. Professor T.A.J danko apasiaklar va augasiylar turmushidagi onalik dastur qoraqalpoq xalqining «Qirq-qiz» dastonida ifodalangan deb takidlaydi. Apasiaklar Janubiy Orol bo’yida yashagan va «dengiz saklari» deganni bildirsa, augasiylar Sirdaryoning quyi xududlarida yashagan va «daryo saklari» deganni bildirgan. Qadimgi «day» qavmlari atamasi qoraqalpoqlarning qiyat urugi «takay» tiyrasi, qazaxlardagi «aday» urugi nomlarida saqlangan. Apasiaklar va augasiylar kigiz qara uylarda turgan, gushtni mol qorniga solib gombe etipegan, boshlariga kigizdan tikilgan boshi shoshak malaqay kiygan. Ularning sanatida «hayvonat stili», «quch qormuyiz», atonak» kabinaqshlar, shunigdek «saukele» kabi xotin qizlar kiyimi bo’lgan.
Miloddan avvalgiVI-V asrlarda Orol bo’yi saklarining antropologik kelbatida mongoloid belgilar sezila boshlaydi. Xulosa kilib aytganda, qoraqalpoqlarning etnik shakllanishining dastlabki qatlamida sak-massaget, savromat-sarmat, day, apasiak va augasiylar qavmlarining ishtiroki ustun bo’lgan.
Qoraqalpoqlarning etnik jixatdan shakllanishining ikkinchi bosqichinda turkiy tillash qavmlar gunn, tele, uygir, usun, kangar, qanli qavmlari bilan bir qatorda iratilining sharqiy shakabchasida soylagenass, alan qavmlari ishtirok etgan. Kuchmanchi yuechji-toxarlarning bir bo’limi Orol bo’yiga arolashadi. S.P.Tolstov toxarlar massagetlar ittifokiga kirib bir guruhi sharqiy Turkistonda, ikkinchi guruxi Sirdaryoning eski salasi Kuvan daryo quyi bo’lagida yashaydi va miloddan avvalgi IV-Iiasrlarda Xorazmga keladi deb tastiyiklaydi. Hozirgi qoraqalpoqlarning qipchak urugi kanli tiyrasi ertada gikangyuylar nomi bilan aloqadardir. «Avesto» kitobida sharqga qaray qanatli ot bilan uchub yuradigan elning nomi «tur», ularning makani «Turan» deb atalgan. Milodiy I-IV asrlarda Kaspiy dengizi shimoliy dalalarida, Orol dengizi shimoliy-garbiy tomonida, Sirdaryoning o’rta va quyi erlaridaass, aors, alan qavmlari yashagan. Ustyurtda hozirgi zamonda Alan qal’a, Assaka ernomlari saklangan. Shuningdek, muyten urugi tarkibida tele, jauingir tarkibida uygirtiyralari nomlari saqlangan. Berdokning «Shajara» asarida «uysin-kungirodelinda» iboralari bor. Xulosa qilib aytkanda ikkinchi boskichda turkitillash qavmlar qoraqalpoqlar etnik shakllanishida kupaya boradi.
Qoraqalpoqlarning etnik shakllanishining uchinchi boskichida jetiasarlilar, ayniqsa kerderlilarning urni bilinadi. Sirdaryoning quyi tomonidagi, Kuvan daryo va Eski daryo erlaridan Amudaryoning Kerdereriga jeti asarlilar kuchib kelgan. Kerderlilar Tok qal’a, Gyaur qal’a, Kuyik qal’a, Qurgancha, Hayvon qal’a, Porlitau, Kerder kabi shaharlarni qurgan. Orol dengizi Kerder kuli deb atalgan.
Kerderliler Orol atrofida yashagan kengeres, tele, gunn qavmlari bilan arolashgan jeti asarlilarning va ushbu xududda iran tili sharqiy dialektida gaplashganass, alan, xorazmlilar bilan orolashganinan shakllangan xalqdir. Qoraqalpoqlarning muyten urugining bitta tiyresi avvali kerderli nomlangan.
Darsan va Mizdaxkan edgorliklarinan topilgan ossuariylarda vafo tetgan kishiga yiglab, keo`ilaytish dasturlari namunalari ifodalangan. VI asrda Orol bo’yida turkiy ezuv poyda bo’ladi. Xulosa qilib aytganida uchinchi bosqichda turk tilles jeti asarlilar, ayniqsa kerderliler qoraqalpoqlarning etnik shakllanishida katta rol bajargan.

Yüklə 30,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin