Milliy kiyimlar. Erkaklarning kiymi Xorazm erkaklarnikiga o’xshab ketadi.Erkaklar ko’ylak-ishton,dambal kiyganlar.Ishtonning poychalari etik ichiga tiqib kelingan.Sovuq kunlarda yupqa ishton ustidan qalin chit yoki jun gazlamaladan tikilgan issiq ishton kiyib yurishgan.Keyinchalik no’g’ay yoqali ko’ylak kiyishgan. Qoraqalpoqlarda chopon keng tarqalgan.Xar-xil chopon tikilgan.Qavilgan chopon ham ishlatilgan. Jun,gazlama,movutdan shekpen(chakman)tayyorlangan.Bayram kunlati yaltiroq gazlamalar dan tikilgan chopon kiyilgan.Chopon ustidan belbog’,ba’zan kayis(kamar) bo’g’lab yurilgan.Qishda qoraqalpoqlar po’stin va qalpoq kiyishni yoqtirishadi.Qalpoqni qalpoq takiya deb ham atashgan.Qalpoq katta va keng qilib tikilgan.Salla o’rashmagan.Din peshvolarigina salla o’rashgan.oyoqlariga charm poyafzal,maxsi,kalish,etik qishda jun paypoq kiyishgan.Yoshlat bilan katta yoshdagi erkaklarning kiyimi deyarli farq qilmagan. Katta yoshdagilar kiyimlari sal kengroq, uzunroq tikilgan.
Qoraqalpoq ayollarining kiyimi, ham ko`ylak,kamzul,yengsiz chopondan iborat bo’lgan.Boshlariga do’ppi kiyishgan.Ro’mol o’rashgan.Yana yopinchor jegde yopib yurishgan.Bayram ko’ylaklari Buxorodan olib kelingan ola shoyidan tikilgan.Ko’ylakninh tugma tikiladigan ikki tomoni yoqasidan beligacha yenglari etagiga xilma xil rangli ipdan chillak shaklidagi keng kashta tikilgan.Bunday ko;ylaklar xalqali ko’ylak deyilgan.Azador ayollar gulsiz ko’k ko’ylak kiyishgan. Qoraqalpoqlar ayollarining bosh kiyimlari boshqa xalqlarnikidan yaqqol ajralib turadi.Ayniqsa,kiymishek va savkala deb ataladigan bosh kiymlari juda qiziqarlidir.
Taomlari. Qoraqapoqlarda nonning xar xil turi yoyilgan:bug’doy nonni(shurek),jo’xori(zog’ora)non,qotirma non,gulshe(kumesh),ya’ni qo’r non(qo’rda pishirilgan). Qoraqapoqlar nonni qo’rda,qozonda,tandirda pishirishgan.Tandirni og’zini yuqoriga qaratib qurishgan. Suyuq ovqatlarning turli xilini tayyorlaydilar:jarma-to’yilgan arpa,bug’doy,jo’xoridonidan pishiriladi,jo’xori go’ja,sok oshi(so’kni avvalo suvda pishirib olib,so’ngra yog’da qovuriladi).
Tansiq taomlardan: shirguruch, shovla, palovdir.Sut va sut mahsulotlarini ko’p iste’mol qilishadi:qatiq,saryog’,ayron,qurt,yozda esa chalop tayyorlanadi.Ular qo’y go’shti,qoramol go’shti,parranda go’shtini iste’mol qilishadi.Qovurdoq kabob,burek(varaqiga o’xshagan),buyrak va yurakdan jarkop tayyorlashgan. Qoraqapoqlarda qovoqdan turli taomlar tayyorlashadi va qovundan qoqi qilishadi.