Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish, ta’mirlash va ulardan texnik foydalanish ishlarida mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. Qo‘l asboblariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari



Yüklə 32,39 Kb.
səhifə12/15
tarix13.04.2023
ölçüsü32,39 Kb.
#97074
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini montaj qilish,

2-§. Qo‘l asboblariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
159. Qo‘l asboblarining yog‘och dastalariga yaxshi ishlov berilgan va mustahkam bo‘lishi kerak.
160. Asbobning ishchi qismida darz ketgan yoki siniq joylari bo‘lmasligi kerak.
161. Zarb bilan ishlaydigan qo‘l asboblari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
ishchi qismlari shikastlanmagan bo‘lishi;
qo‘l ushlab turadigan joylarda o‘tkir qirralar bo‘lmasligi;
zarb beradigan qismi silliq, yumaloq bo‘lib, qirilgan yoki bo‘laklangan bo‘lmasligi;
bolg‘acha va katta bolg‘alarning dastalari metall ponalardan iborat bo‘lishi;
asbob dastalarining uzunligi 15 sm dan kam bo‘lmasligi;
katta bolg‘ani dastaga kiritish pastki qismdan amalga oshirilishi;
chilangar iskanjalari ishlov berilayotgan jismni qattiq siqishi.
162. Gayka kalitlarini gayka o‘lchamlariga qarab tanlash va ularning sirti shikastlanmagan bo‘lishi kerak.
163. Gayka kalitining o‘lchami gayka o‘lchamiga to‘g‘ri kelmaganda uni ishlatish man etiladi.
164. Metallni tarashlash uchun qo‘llanadigan asbob bilan ishlayotganda himoya ko‘zoynaklari va qo‘lqoplardan foydalanish kerak.
165. Devor va to‘siqlarda maxsus tirqishlarni parmalash amallarini bajarishda shu devor va to‘siq orqasidan o‘tayotgan odamlar ogohlantirilishi kerak.
166. Qo‘l asbobi shikastini topish va ta’mirlashni o‘tkazish maqsadida oyiga bir marta ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim.
167. Izolatsiyalangan dastali asboblar kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarda asosiy himoya vositalari sifatida ishlatiladi.
168. Izolatsiya butun dastani qoplagan bo‘lib, uning uzunligi 100 mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Otvyortka (buragich) sterjenining izolatsiyasi otvyortka tig‘idan 10 mm masofa uzoqlikda bo‘lishi kerak. Izolatsiyalovchi dastalardan birortasida nuqson bo‘lmasligi kerak.
V. Qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari

Yüklə 32,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin