Qo`shilgan kapital va zaxira kapitalini shakllantirish va ishlatilishini hisobga olish



Yüklə 14,49 Kb.
səhifə2/2
tarix13.12.2022
ölçüsü14,49 Kb.
#74307
1   2
buxgalteriya hisobi(O.Shaxzod)

Zaxira kapitali xarakatini hisobda aks ettirish


Korxonalarning xususiy kapitalini shakllantirishda ustav kapitalidan tashqari qo‘shilgan kapital va rezerv kapitallari ham tashkil qilinadi.
Qo‘shilgan kapital hisobini yuritishdan maqsad xo‘jalik yurituvchi subyektning ro‘yxatga olingan sanasidan boshlab uning aksiyalarini joylashtirishgacha bo‘lgan davr mobaynida faoliyatning qonuniyligini, barqaror faoliyat olib borishi, raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni ta’minlashni investorlarga isbotlab, aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori sotilgan qismini hamda akqiyalarni sotishdagi kurs farqlarini hisobda to‘g‘ri aks ettirishdan iborat.
Qo‘shilgan kapital aksiyadorlik jamiyatlarida korxona aksiyalarining nominal qiymatidan ortiq narxda sotish natijasida olingan emissiya daromadidan tashkil etilsa, mulkchilikning boshqa shakllarida esa ta’sischilarning pul mablag‘laridan tashkil topadi.
Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar oddiy va imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan summalarning nominal qiymatidan oshiqcha summalarining, bundan tashqari bepul olingan mulklar qiymatining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Emission daromad - aksiyalarning nominal qiymatdan oshiqcha bahosi bo‘yicha birlamchi sotishdan olingan emissiya daromadini aks ettiradi.
Qo‘shilgan kapital - bu tashkil etilayotgan xo‘jalikning daromad (foyda) olish maqsadini ko‘zlab, kiritilgan va kiritilayotgan dastlabki mablag‘larning Respublikamiz yuqori tashkilotlari hamda bozor talablari asosida yuzaga kelgan mulk tafovutlarini, qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mablag‘lardir.
Bundan tashqari qo‘shilgan kapital schyotida ustav kapitaliga qo‘yilgan qo‘yilmalarni to‘lashda hosil bo‘ladigan kursdagi farqlar summasi ham hisobga olinadi.
Qo‘shilgan kapitalning mavjudligi va harakati quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
8410 - “Emissiya daromadi”
8420 - “Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqi”
8410 -“Emissiya daromadi” schyoti - aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Emissiya daromadi emitent tomonidan aksiyalar dastlabki egalariga aksiyalarning realizatsiya narxi bilan nominal qiymati o‘rtasidagi farq sifatida joylashtirilganda (sotilganda) yuzaga keladi.
8410 “Emissiya daromadi” schyoti aksiyalarni dastlabki sotishda nominal qiymatidan yuqori bahoda olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu mablag‘lar kelib tushganda 8410 “Emissiya daromadi” schyoti kreditlanib, xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish qiymati va nominal qiymati o‘rtasidagi farq qoplanganda esa ushbu schyot debetlanadi.
8410 “Emissiya daromadi” schyoti bo‘yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli aksiyalardan olingan daromadlar bo‘yicha alohida yuritiladi.

Yüklə 14,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin