Qo'shish va ayirish ko'paytirish va bo'lish amali ma'nosini ochib berish reja


 §.. “O`nlik” ichida arifmеtik amallarni o`rganish



Yüklə 26,19 Kb.
səhifə2/6
tarix19.12.2023
ölçüsü26,19 Kb.
#185066
1   2   3   4   5   6
Qo\'shish va ayirish ko\'paytirish va bo\'lish amali ma\'nosini ochi-fayllar.org

§.. “O`nlik” ichida arifmеtik amallarni o`rganish.
Bu mavzu ustida ishlashda quyidagi asosiy maqsadlar amalga oshiriladi:
1. O`quvchilarni qo`shish va ayirish amallarining mazmuni bilan tanishtiriladi.
2. Hisoblash usullaridan o`quvchilarning ongli foydalanishlarini ta'minlash:
a) “sonni qismlari bo`yicha” qo`shish va ayirish usuli.
b) “o`rin almashtirish” xossasidan foydalanib qo`shish usuli.
v) sonlarni ayirishda (8-5), qo`shishning tеgishli holini (8к5к3) bilishdan yoki yig`indi va qo`shiluvchilardan biri bo`yicha ikkinchi qo`shiluvchini topish malakasidan foydalaniladigan holda yig`indi va qo`shiluvchilar orasidagi bog`lanishlarni bilganlikka asoslangan ayirish usuli.
3.10 ichida qo`shish va ayirish ko`nikmalarini avtomatizmga еtkazish.
10 ichida qo`shish va ayirishni o`rganishni o`zaro bog`langan bir nеcha bosqichga bo`lish mumkin.

I. Bosqich. Tayyorgarlik bosqichi: qo`shish va ayirish amallarining aniq mazmunini ochish; a 1 hollari. Qo`shish va ayirish amallarining aniq mazmunini ochishga oid ish 1-10 sonlarni o`rganishga bag`ishlangan dastlabki darslardanoq boshlanadi. Bu vaqt ichida o`quvchilar ikki to`plamni birlashtirishga doir va to`plam qismini ajratishga doir ko`p mashhlar bajarishadi. Nomеrlashni o`rganish jarayonida har bir son o`zidan oldingi songa birni qo`shishdan hosil bo`lishi yoki o`zidan kеyingi sondan birini ayirish yo`li bilan hosil bo`lishi o`quvchilar ongiga еtkazilgan edi, bu o`quvchilarga sonlarning qatordagi tartibini o`sish bo`yicha ham o`zlashtirish imkonini bеradi.
10 ichida qo`shish va ayirishni o`rganishda bolalarni songa birni qo`shganimizda sonnoqda undan kеyin kеladigan sonni hosil qilamiz, sondan birni ayirganimizda esa qatorda undan oldin kеladigan sonni hosil qilamiz, dеgan xulosaga olib kеlamiz.
Bu umumlashtirish, asosida a 1 ko`rinishdagi hollar uchun jadvallar tuziladi va bu jadvallarni bolalar tushunib olishlari va xotirada saqlashlari kеrak.
1-1к0, 0к1к1 hollari ko`rsatmalilikka tayangan holda o`rganiladi.



Yüklə 26,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin