Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalar



Yüklə 41 Kb.
tarix12.10.2023
ölçüsü41 Kb.
#154725
Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalar-fayllar.org


Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalar

Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo’lgan gap sodda, ikki va undan ortiq soda gaplarning grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan butunlik qo’shma gap deyiladi.


Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va qo’shma gaplarga ajratishga asos bo’ladi.
Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalar:
  1. teng bog’lovchilar


  2. ergashtiruvchi bog’lovchilar


  3. nisbiy so’zlar


  4. ko’makchili qurilmalar


  5. shart mayli qo’shimchasi


  6. yuklamalar


  7. ohang

Qismlarining qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanishiga ko’ra qo’shma gaplar 3 xil:



  1. bog’langan qo’shma gap
  2. ergashgan qo’shma gap


  3. bog’lovchisiz qo’shma gap



Ergash gapning kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar orqali ifodalanganda shart mayli qo’shimchasi ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vosita hisoblanadi.

Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi ma’nosini izohlash uchun qo’llangan ergash gaplar bosh gapga –ki yuklamasi yordamida bog’lanadi.


Bosh gapga shart mayli qo’shimchasi yordamida bog’langan ergash gap bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqish shartini yoki paytini bildiradi.
Bosh gapda ifodalangan mazmunning maqsadini, sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga deb so’zi yordamida bog’lanadi.
Qismlari teng bog’lovchilar, bo’lsa, esa so’zlari, -u, yu, -da yuklamalari yordamida bog’langan gaplar bog’langan qo’shma gaplar deyiladi.

Biriktiruvchi bog’lovchilari va, hamda, shu bog’lovchilar vazifasidagi –u, -yu, -da yuklamalari yordamida bo’g’langan gaplar payt, sabab-natija munosabatini bildirib keladi.


Zidlov bog’lovchilari bog’langan qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga, ular o’rtasida zidlik munosabati mavjudligini ham bildiradi.
Ayiruv bog`lovlovchilari qo`shma gap qisimlarini bo`g`lash bilan birga voqea hodisalarning galma –gal ro`y berishini yoki ulardan biri amalga oshishini bildiradi.
Bosh gapda ifodalangan mazmunning sababini bildiruvchi ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, shu sababli, shu tufayli kabi ko`makchili qurilmalar yordamida bog`lanadi.
Ergashtiruvchi bog`lovchili ergashgan qo’shma gaplar bosh gapga sabab-chunki, negaki maqsad-toki shart-agar, basharti, mabodo qiyoslash-chog’ishtiruv-go’yo, xuddi bog’lovchilari yordamida bog’lanadi.
Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, shartini yoki qiyosini bildiradi.
Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalar:

  1. ergashtiruvchi bog’lovchilar


  2. ko’makchili qurilmalar


  3. yuklamalar


  4. nisbiy so’zlar


  5. shart mayli shakli



Qismlari ergashtiruvchi bog’lovchilar yoki shu bog’lovchilar vazifasidagi so’zlar yordamida bog’langan qo’shma gaplar ergashgan qo’shma gaplar deyiladi.
Bo’lsa, esa so’zlari qo’shma gap qismlarini bog’lash bilan birga ular o’rtasida qiyoslash, zodlash munosabati mavjudligini ifodalaydi. Bo’lsa, esa so’zlari qiyoslanuchi bo’lakdan keyin keladi.
Tarkibida ko’rsatish olmoshi mavjud bo’lgan ergash gapli qo’shma gaplar sodda gaplar bilan ma’nodosh bo’ladi. Bunda ergash gap ko’rsatish olmoshi o’rniga qo’yiladi.

Ergash gap tarkibida qo’llanuvchi kim, nima, qancha, qanday, qayer kabi so’roq olmoshlari bosh gap tarkibida shu, o’sha, shuncha, shunday olmoshlarini talab qiladi.


Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlagan ergash gap ega ergash gap deyiladi.
Ega ergash gap bosh gapga nisbiy so’zlar (-kim –o’sha, qayer-o’sha yer kabi) yoki bosh gap tarkibidagi – ki yuklamasi yordamida bog’lanadi.
Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo’llangan ko’rsatsh olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gap kesim ergash gap deyiladi.
Hol ergash gaplar o’z ichida payt, o’rin, sabab, maqsad, shart, daraja-miqdor ergash gaplar singari turlarga bo’linadi.
Hol ergash gap bosh gapda ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti, payti, holati, miqdor-daraja ma’nolarini bildiradi.
Tarkibidagi sodda gaplar bog’lovchi vositalarsiz faqat ohang yordamida bog’langan gaplar bog’lovchisiz qo’shma gaplar deyiladi.
Qo’shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir bo’ladigan voqea, hodisalarni ifodalasa, ular orasiga vergul qo’yiladi.
Qo’shma gap qismlari orasida o’xshatish, zidlash, shart munosabatlari ifodalansa, ular orasiga tire qo’yiladi. (hamal keldi-amal keldi)
Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmishining ma’nosini izohlagan gap aniqlovchi ergash gap deyiladi.
Bosh gap tarkibida to’ldiruvchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab kelgan gap to’ldiruvchi ergash gap deyiladi.
Birovning aynan keltirilgan gapi ko’chirma gap deyiladi. Ko’chirma gap doimo muallif gapi bilan qo’llanadi. So’zlovchining gapi muallif gapi hisoblanadi.
Ko’chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganida uning kesimi to’ldiruvchiga, egasi qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi. Muallif gapining kesimidagi dedi so’zi aytdi so’zi bilan almashadi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko’rinishi nutq uslubi deyiladi.

O’zbek ttilida quyidagi nutq uslublari mavjud:


  1. so’zlashuv uslubi


  2. publitsistik uslub


  3. ilmiy uslub


  4. rasmiy uslub


  5. badiiy uslub


Ommaviy axborot vositalari uslubi publitsistik uslubdir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish bo’lib, soddalikб tushunarlilik va ta’sirchanlik til me’yoriga amal qilishdir.


Ma’lum bir voqealikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo’l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi uslub badiiy uslub deyiladi.

Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o’ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq bayon qiluvchi uslub ilmiy uslub deyiladi.


Oilada, ko’cha-ko’yda kishilarning fikr almashishi jarayonidan qo’llanadigan nutq uslubi so’zlashuv uslubi deyiladi. Bu uslub adabiy va oddiy so’zlashuv uslublaridan iborat.

Ish yuritish hujjatlari maqsad va vazifalarga ko’ra 4 xil:


  1. tashkiliy hujjatlar


  2. farmoyish hujjatlari


  3. ma’lumot-axborot hujjatlari


  4. xizmat yozishmalari


Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo’lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllariga ega bo’lgan nutq uslubi rasmiy uslub deyiladi.


http://fayllar.org
Yüklə 41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin