Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning bog‘lanishidan tuzilgan sonlar: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. Tartib son



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə56/104
tarix25.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#102257
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   104
1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s

Ayiruv bog‘lovchilari:
Bu guruhga yo, yoki, yo..., yo, yoxud, dam..., dam, goh..., goh, xoh..., xoh, ba’zan..., ba’zan, bir-bir kabi so‘zlar kiradi.
Bu bog‘lovchilar narsa, voqea-hodisalarni boshqarishdan ajratish yoki ularning galma-gal bo‘lishini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi.
Bulardan yo, yoki, yo..., yo, xoh..., xoh bog‘lovchilari uyushgan bo‘laklarning birini ikkinchisidan, biror voqea, hodisa yoki ish-harakatni boshqasidan ayirib ko‘rsatish uchun ishlatiladi: Poshshaxon Umrinisabibining qizini yo ko‘rmadi, yo ko‘rsa ham nazarga ilmadi. (Cho‘lpon). «Yo podshoh biron erga chiqadi yoki elchi kelishi kutiladi», - dedi Zayniddin. (O.) Xoh ishoning, xoh ishonmang, birinchi kuniyoq to‘qqiz tonna paxta teribman. (S. A.)


Ba’zan..., ba’zan, dam..., dam, goh..., goh bog‘lovchilari esa galma-gallikni, navbat bilan almashinib, takrorlanib turishni ifodalaydi. Dam tekisliklar bo‘ylab balandga, dam pastga tushib boramiz. (O.) Nimqorong‘i shiftga tikilib yotgancha xayol suraman: goh katta shaharlarga borib qolaman, goh daryolarda suzaman. (O‘.Hoshimov) Hasanali eshitmadimi yoxud eshitsa ham eshitmaganga soldimi, har nechuk javob bermadi (A. Qod.)

Ergashtiruvchi bog‘lovchilar
Ergashtiruvchi bog‘lovchilar qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga tobelanish yo‘li bilan bog‘laydi.
Ergashtiruvchi bog‘lovchilar grammatik aloqalarni ifodalash va ma’nolariga qarab: 1) aniqlov bog‘lovchisi; 2) sabab bog‘lovchilari; 3) chog‘ishtiruv bog‘lovchilari; 4) maqsad bog‘lovchisi; 5) shart va to‘liqsizlik bog‘lovchilariga bo‘linadi.

Aniqlov bog‘lovchlari. Ya’ni, -ki (-kim) aniqlov bog‘lovchilari ergash gaplarni bosh gapga bog‘lash uchun qo‘llanadi. Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi. Mirzo Ulug‘bek joyiga o‘tirmagan ham ediki, saroybon kirib, ikkinchi nomani tutdi. (O.YO.)

Sabab bog‘lovchilari. Chunki, shuning uchun, negaki, zeroki, nainki. Bu bog‘lovchilar ergash gapni bosh gapga bog‘lab, sabab, payt ma’nolarini ifodalaydi. Chorasi bo‘lmagan ishga kirishma, chunki undan qutilib bo‘lmaydi. (Amir Temur o‘gitlari) Ko‘chadagi suv ariqning tegidan sayoz oqar, shuning uchun undan foydalanish qulay emas edi. (A.Qod.) U ikki, balki uch yildan buyon o‘z to‘yini kutar edi. (O.)

Chog‘ishtiruv bog‘lovchilarigo‘yo, go‘yoki. Bu bog‘lovchilar bosh gapda ifodalangan fikrni ergash gapdagi fikr bilan qiyoslab ko‘rsatadi. Sen menga baxsh etding ko‘rkam bir yoshlik, go‘yo qalbimda ulg‘aydi quyoshday viqor. (J.Jabborov). Nihoyat chollar jim bo‘lishadi, go‘yo yoshliklarini sog‘inganday boshlarini quyi solishadi (O.)

Maqsad bog‘lovchisi. Toki maqsad bog‘lovchisi qo‘shma gap tarkibidagi maqsad ma’nosini ifodalagan ergash gapni bosh gap bilan bog‘laydi. YOmonlarning jazosini berish kerak, toki ular yaxshilarning boshiga yomon kunlarni solmasinlar. (H.G‘.)

SHart va to‘liqsizlik bog‘lovchilari. Agar (gar), modomiki, basharti, garchi, garchand, mabodo, bordiyu.
Bu bog‘lovchilar shart va to‘liqsiz ergash gaplarning bosh gapga bo‘lgan munosabatdagi shartni, shu bilan birga to‘liqsizlik ma’nolarini anglatadi: Agar kishining hayoti biror maqsad, biror g‘oya uchun kurash bilan o‘tsa, bunday hayotga hech afsus qilmaslik kerak. (M.Ibr.) Bu oqshom, garchi tevarak tinch bo‘lsa ham, kechagidan ko‘ra qo‘rqinchliroq, ezuvchanroq tuyular edi. (O.)



Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin