Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning bog‘lanishidan tuzilgan sonlar: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. Tartib son



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə96/104
tarix25.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#102257
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   104
1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s

264-mashq. O‘qing. Holat ravishlarini aniqlab, so‘rog‘i va gapdagi vazifasini ayting; ularni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan ko‘chiring.
1. Toshpo‘latning yordamchilari birin-sirin kelishdi. (N.Biryukov.) 2. Gulzordagi anvoyi gullarning yaproqlarini birov erinmasdan bittalab artib chiqqanday. (H. G‘.) 3. Karima oshxonaga asta kirib ketdi. (H. G‘.) 4. Ular yonma-yon o‘tirdilar. (H. G‘.) 5. Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. (H. O.) 6. Ashula eshitayotgan bo‘lib, zimdan CHorini kuzatdi. (X. Deryaev.) 7. Siz bahuzur dam olib yotavering, darrov kelib ovqatga unnab yuboraman. (S. Ahm.) 8. ...Yarim kechagacha chuvalchangnamo harflarni o‘z qo‘li bilan terib, birinchi nutqini zo‘rg‘a yozib bo‘ldi. (A. Q.) 9. Halima o‘zining uchqo‘rg‘onlik ekanini bexosdan eslab qoldi. (N. Biryukov.)
265-mashq. O‘qing, miqdor va daraja ravishlarini topib, alohida-alohida ko‘chiring, ularning ma’no va grammatik jihatdan farqini, gapdagi vazifasini tushuntiring.
1. Saroy uchun allaqancha taxta, yog‘och, tunuka oldirib qo‘ygan. (S. Ahm.) 2. Bir oz sabr qilasiz. (I. R.) 3. Kolxoz idorasi xiyla balandroq yerda. (As. M.) 4. Samolyot uchishiga hali bir soatdan mo‘lroq vaqt bor, borib skameykaga o‘tirdik. (U. N.) 5. Mehmonni uyga olib kir, men otga picha yem tashlab qo‘yay. (S. Ahm.) 6. Suv sal taxchil bo‘lar deyman. (S. Ahm.) 7. Paxtachilikni mexanizatsiyalash, ayniqsa, terim mashinalarining tuzilishi, ishlash printsipi haqidagi broshyuralarni sira qo‘ymay o‘qidi. (S. Karomatov.)
266-mashq. O‘qing, payt va o‘rin ravishlarini topib, ma’nosi, qanday so‘roqqa javob bo‘lishi va gapdagi vazifasini aniqlang. Avval o‘rin ravishini, keyin payt ravishini o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring.
1. Ertagayoq Abduxalilni Quvasoyga jo‘nataman. (S. Ahm.) 2. Qadim-qadimlarda odamlar Mirzacho‘lni «balo cho‘li» deb ataganlar. (H. G‘.) 3. Tog‘a oldinda, Ikromjon keyinda bir-biri bilan gaplashmay katta ko‘chaga yetishdi. (S. Ahm.) 4. Yashil dala o‘rtasidagi selektsiya tajriba stantsiyasi uzoqdan dengizlardagi sokin orolga o‘xshaydi. (Mirm.) 5. Ro‘parada smenani tamomlab chiqqan bir to‘da ishchilar... taxta yonida maroqlanib kulishyapti. (As. M.) 7. Qalandarov burun rayonda bo‘lib turadigan majlislarda birinchi qatorda o‘tiradigan bo‘lsa, endi prezidiumga chiqadigan ...bo‘ldi. (A. Q.) 8. Hali u yerdan, hali bu yerdan gulduros chapaklar eshitiladi.(N. Biryukov.)

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin